Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




Download 6,71 Mb.
bet102/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   517
Kosmetik surtmalar tasnifi

I. Teri uchun ishlatishda:

1. Terini yumshatish

2. Dog‘larni ketkazish

3. Sepkilni ketkazish

4. Terini himoyalash

5. Terini oziqlantirish

6. Terini davolash

II. Soch va bosh terisi uchun ishlatishda:


  • Sochvaboshterisini davolash

  • Sochni to‘kish

  • Sochni o‘stirish

  • Bosh terisiga har xil insektitsid moddalar surtish

Ko‘pincha, kosmetologik surtmalar quyidagi maqsadda qo‘llaniladi:

  • Terini ko‘chirish

  • Terini tinchlantirish

  • Epitelizatsiya uchun (yunglarni tushirish)

  • YUmshatish

  • Teriga moddalar so‘riltirish

Kosmetologik surtmalarning ta’sir etish mexanizmi quyidagicha:

Turli kosmetik surtmalarda albatta asosi bor, ko‘pincha yog‘li asoslar ishlatiladi.

Kosmetik surtma teriga surtilgandan so‘ng, o‘sha terini issiq chiqazish xossasi kamayadi, teri isiydi va giperemiya paydo bo‘ladi (teri qizaradi). Surtma tagidan suv uchmaydi, epidermisning ustki qatlami bo‘kadi (matseratsiya) va terining ichiga surtmadagi har xil dorivor moddalarning so‘rilishiga yordam beradi.

Surtmalar – sirtga ishlatish uchun mo‘ljallangan, qovushqoq konsistensiyaga ega yumshoq dori turi. Kosmetik surtmalar yoki “Kremlar” yuz, qo‘l, oyoq va bosh terisini parvarish qilishga mo‘ljallangan yumshoq (mayin) kosistensiyaga ega bo‘lib, tarkibida bir yoki bir nechta dori moddalar va yordamchi modda – asoslardan tashkil topgan.

Bugungi kunda kosmetika sanoatida ishlab chiqariladigan surtmalar (kremlar)ni quyidagi guruhlarga tasniflash mumkin:

1. Yog‘li (noemulsion) kremlar. Ushbu kosmetik surtmalarni “krem” holatida bo‘lishi, surtmatarkibiga kiruvchi yog‘ va yog‘simon moddalar (vazelin, parfyumer moylar va h.k.) yoki ularning aralashmasiga bog‘liq.

2. Emulsion kremlar. Ushbu kosmetik surtmalarni konsistensiyasi tarkibidagi yog‘ va suv miqdoriga bog‘liqbo‘ladi.

3. Yog‘siz kremlar yoki gellar – kolloidlar (gidrozol, jele), yog‘ kislotalari yoki mumlarni suvdagi yuqa dispersli osilmalari (suspenziyalari) bo‘lib, ular tarkibida yog‘lar juda oz miqdorda bo‘ladi yoki umuman bo‘lmaydi.

Qo‘llanilishi bo‘yicha kosmetik surtmalarni (kremlar) gigienik (profilaktik: shamol, namlik, quyosh nurlaridan himoyalovchi yoki oziqlantiruvchi hamda teri faoliyatini faollashtiruvchi) va davolovchi (maxsus: xusunbuzar, qorayish, dog‘hosil bo‘lishi, seboreya, terlashni davolashga mo‘ljallangan)larga tasniflash mumkin.

XI-DF ko‘rsatmasi bo‘yicha dori moddalar surtmalar tarkibiga ularni fizik-kimyoviy holatiga asoslangan holda kiritiladi.

Asosda eriydigan dori moddalarni surtma asosida eritish lozim. Yog‘li asosda eriydigan dori moddalarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin: anestezin, benzoy kislotasi, betanaftol, kamfora, mentol, timol, fenol, fenilsalitsilat (salol), follikulin, xloralgidrat. Shuningdek, suvda yaxshi eriydigan dori moddalar (kaliy yodid, rezorsin, sulfatsil natriy (albutsid), novokain gidroxlorid, efedrin gidroxlorid)ni PEG., MS., Na-KMS va boshqa gidrofil asosolarga suvda erigan holda qo‘shiladi, ularni ham gomogen tipdagi surtmalarga kiritish mumkin.

Uchuvchan moddalar surtma tarkibiga oxirgi navbatda kiritiladi. Surtmalar massa bo‘yicha tayyorlanadi. Dori moddani asosda tarqalishi bo‘yicha va hosil bo‘ladigan dispers tizimning turi bo‘yicha gomogen va getrogen surtmalarni farqlash mumkin. Ayrim adabiyotlarda keltirilishi bo‘yicha gomogen kosmetik surtmalarda dori modda asos tarkibida eritma yoki qotishma (molekula yoki mitsella maydalik darajasida) bo‘ladi, ya’ni surtmalarda dori modda va asos alohida-alohida fazalarga bo‘linmaydi deb keltirilgan. Biroq gomogen surtmalar har doim ham bir fazali bo‘lavermaydi, aksariyat hollarda asoslarni o‘zi ham strukturalangan, ya’ni kamida ikki fazadan tashkil topgan bo‘ladi; masalan, vazelin va suvsiz lanolin. Ular mikro yoki ultramikro zarrachalardan tashkil topib, surtmani qovushqoqligini ta’minlaydi. Aksariyat surtma asoslari nonyuton tanalar guruhiga mansub bo‘lib, to‘rsimon tuzilishga egadirlar. Olinishi bo‘yicha gomogen surtmalar

1) qotishma;

2) eritma;

3) ekstraksionga tasniflash mumkin.

Qotishma tipdagi surtmalar bir nechta o‘zaro eriydigan tarkibiy qismdan tashkil topgan bo‘lib, ular yog‘, mum, uglevodorod, smola, yuqori molekulyar yog‘ kislotalarni bir-biri bilan birikishi orqali hosil bo‘ladi. Ularni ayrimlari qattiq, ayrimlari yumshoq, ayrimlari esa suyuq bo‘lishi mumkin. Ushbu guruhga kiruvchi surtmalarni tayyorlashda avval qiyin, so‘ng o‘rta va oxirida oson eriydigan moddalarni eritish tavsiya etiladi. Shunda oson eruvchan moddalarni ortiqcha qizishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Eritma tipidagi surtmalarda dori modda asosda erishi kuzatiladi. Ularni tayyorlashda oldin asos eritiladi, so‘ng dori modda qo‘shilib, erib ketgunicha aralashtiriladi.

Shuningdek o‘simlik yoki hayvon xom ashyosida ta’sir etuvchi moddani surtma asos yordamida ajratib olingan ekstraksion surtmalar ham gomogen tipdagi surtmalarga tasniflanadi. Gomogen tipdagi aralashma hosil qilishida ko‘p dori moddalar evtektik aralashma hosil qiladilar, ya’ni ularni erish harorati bir qancha pasayshi kuzatiladi. Bunday kosmetik surtmalarni qovishqoqligini oshirish uchun ular tarkibiga strukturalovchi (lanolin, mum, serezin, parafin) kabi moddalar qo‘shiladi.

Geterogen kosmetik surtmalar suspenzion (trituratsion yoki osilma tipdagi), emulsion va aralash tipdagiga tasniflanadi.

Agar dori modda yog‘li (moyli) asosda yoki suvda erimasa, shuningdek suvda yaxshi eriydigan moddalar ko‘p miqdorda berilgan yoki ta’siri bo‘yicha eritish ta’qiqlangan bo‘lsa, ularni maydalab, kukun holida asosga kiritish lozim. Suvda yaxshi erisa ham biroq asosga suspenziya holida kiritiladigan dori moddalarga misol qilib qo‘yidagilarni keltirish mumkin:

a) rezorsin,rux sulfat, penitsillin (rezorsin va penitsillin suvda yaxshi erishiga qaramasdan surtma tarkibiga suspenziya holida oz miqdorda mineral moyi yordamida maydalab, kiritiladi, aks holda ushbu moddalarni suvli eritmalari teriga toksik ta’sir (qitiqlashi, to‘qima nekrozini chaqirishi) kuzatiladi. Bundan ko‘z uchun tayyorlanadigan surtmalar istisno;

b) surtma tarkibiga suspenziya holida kiritiladigan, suvda qiyin eriydigan moddalar: borat kislotasi, natriy tetraborat (bura), levomitsetin, metiluratsil, furatsilin, etakridin laktat va h.k.;

v) suvda va asosda erimaydigan moddalar: vismut subnitrat, dermatol, kalsiy karbonat, salitsil kislotasi, kraxmal, kseroform, tozalangan oltingugurt, sulfanilamid preparatlari (streptotsid, norsulfazol va h.k.), talk, rux oksidi suspenziya tipida kiritiladi.

Suspenzion (trituratsion) surtma tarkibiga kiruvchi qattiq dori modda miqdori surtmaning massasiga nisbatan 5% dan kam bo‘lsa, dori modda asosga qo‘shilishdan oldin, uning miqdoriga yarim barobar miqdorda surtma asosiga mos bo‘lgan yordamchi suyuqlik bilan maydalanadi. Masalan, surtma asosi uglevodorod tabiatga ega bo‘lsa, maydalash uchun yordamchi suyuqlik sifatida vazelin moyi, yog‘li asoslar uchun o‘simlik moylari (kungaboqar, shaftoli, bodom); gidrofil asoslar uchun – tozalangan suv, glitserin ishlatiladi.

Agar suspenzion surtma takibiga kiruvchi qattiq dori modda miqdori surtmaning massasiga nisbatan 5% va undan ko‘p bo‘lsa, surtma tarkibiga kiritishdan oldin issiq havonchada (50-600 S) suyultirilgan surtma asosi bilan maydalanadi (qattiq dori modda miqdoriga yarim barobar nisbatda). Bunda maydalash uchun suyuq yordamchi moddani qo‘shilishi maqsadga muvofiq emas, chunki surtmani suyulishi va dori moddani konsentratsiyasi pasayishi, dori modda miqdordan chetlanishi mezoniga to‘g‘ri kelmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tarkibida 25% va undan ko‘p miqdorda qattiq fazali dori moddalar saqlagan surtmalar pasta deb ataladi. Ular quyuq (hamirsimon) konsistensiyaga ega bo‘lib, ular tarkibiga kiruvchi dori moddalarni yuqori dispersligini ta’minlash uchun, ular isitilgan havonchada suyultirilgan asos bilan yaxshilab maydalanadi (qattiq faza miqdoriga yarim barobar miqdorda), so‘ng suyultirilgan asosni qolgan qismi qo‘shiladi va surtma sovigunicha maydalanadi.


Pasta —tarkibida 25% dan ko’p talqonsimon dori moddalar saqlagan quyuq surtma dori. Pastalar konsistensiyasi bo’yicha xamirga yaqin turadigan sirtga ishlatiladi surtma dorilar

Emulsion kosmetik surtmalar tarkibida suyuq komponent borligi va u asosda emulsiya tipi bo‘yicha tarqalganligi bilan ifodalanadi. Emulsiya hosil bo‘lishi va ushbu sistemalarni hossalari emulsiyalarni umumiy qonunlariga bo‘ysinadi. Barqaror emulsion sistemalarni hosil qilish uchun tarkibga emulgatorlar kiritiladi. Emulgatorlar ikki faza (moy/suv yoki suv/moy) orasida taqsimlanib, sirtki erkin energiyaning zahirasini pasaytiradi. Hosil bo‘ladigan emulsiyaning tipi asosan asosan emulgator xossasi bilan belgilanadi.

Emulsion kosmetik kremlarda asosan oleofil tabiatli emulgatorlar qo‘llaniladi, ular suvli eritmalarni yog‘li yoki yog‘simon muhitda emulgirlaydilar. Emulsion kosmetik kremlarda eng ko‘p qo‘llaniladigan emulgatorlardan biri bu sterinlar – xolesterin, izoxolesterin va boshqa yuqori molekulyar spirtlar (setil, stearil) va ularni saqlovchi murakkab tarkibli xom ashyolar (lanolin, mum), ishqoriy metallar tuzlarini saqalagn sovunlar, qo‘rg‘oshin malhami (qo‘rg‘oshin sovuni). Bularga nisbatan kamroq metall rezinatlari (mum kislotalarning tuzlari), yog‘ kislotalarning glitserin yoki poliglitserinlar (T-1 va T-2) bilan hosil qilgan to‘lmagan murakkab efirlari qo‘llaniladi. Chet davlatlarda palmitin va stearin kislotalarning anilidlari (R-CO-NH2), kislotali setil, stearil, lauril (C12H25OH) sulfoefirlarni ishqoriy tuzlari bilan hosil qilgan alkogollari; diglikol-oleat, sorbitol-monolaurat, polioksil-stearat H(OCH2- CH2)n.OCOC17H35, lennet mumlari (yog‘ kislotalari aralashmalarini gidrirlash bilan olinadigan to‘yingan yuqorimolekulyar alkogollarning aralashmalari). Ayrim hollarada emulgator sifatida leysetin ham qo‘llaniladi.

Kosmetik M/S tipidagi emulsion surtmalarini hosil qilishda asosan gidrofil emulgatorlar – agar-agar, tragakant, jelatina, kazein, gummiarabik kabi moddalar qo‘llaniladi. Keltirilgan emulgatorlar yordamida olingan kosmetik surtmalar deyarli turg‘un emas: tez qatlamga ajraladilar, tez mikroblar ta’sirida bijg‘ib qoladilar va suvni yo‘qotishi sababli tez qurib qoladilar. Kosmetik kremlarni tayyorlashda murakkab tarkibli gidrofillashtirilgan asoslar qo‘llaniladi.



Krem (fr. krem – qaymoq asosida tayyorlanadigan desert taom) - yumshoq, mayin konsistensiyaga ega kosmetik maqsadda qo’llaniladigan surtma. Ko‘p hollarda kosmetik kremlar emulsion asosda tayyorlanadi, shuningdek ularni tayyorlashda lanolin, spermatset, mum, glitserin, bodom, kokos va boshqa o’simlik hamda turli xushbuy efir moylari ishlatiladi. Kremlar mayin bo‘lib, ular qo‘l, bosh va yuz terisini parvarishi uchun keng qo‘llaniladigan kosmetik vosita

Emulsion kosmetik kremlar teriga surtilganida tez rezorbsiyalanadi va tez faolligini namoish qiladilar. Tarkibida suv saqlaganligi sababli emulgirlangan kremlar yog‘li va yog‘simon moddalarni dispersligini kamaytiradilar. Emulgirlangan kremlar oq rangda, elastik va yumshoq mayin konsistensiyaga ega bo‘ladilar, ularning konsistensiyasi suvsiz kremlardan farqli harorat ta’siriga bog‘liq emas, shuningdek teriga oson surtiladilar va yaxshi estetik ko‘rinishga ega bo‘ladilar. Teriga surtilganida (asosan m/s tipdagi kremlar) muzlatish xossaga ega bo‘ladilar.

Kosmetik kremlar o‘z tarixini K.Galendan (m.o.165 y) boshlaydi. U birinchi bo‘lib sovutish xossasiga ega krem – Ceratumlenientes* s. refrigerans (bugungi kold-kremlar – “sovuq qaymoq”) tarkibi va texnologiyasini taklif etgan. Zamonaviy kold-kremlar m/s yoki s/m tipidagi emulsiyalar bo‘lib, ularning tarkibida emulgatorlar bo‘lmaydi, konsistensiyasi tarkibdagi mum bilan me’yorlanadi.



Download 6,71 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

Download 6,71 Mb.