Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




Download 6.71 Mb.
bet327/517
Sana01.07.2021
Hajmi6.71 Mb.
#15312
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   517
TOPSHIRIQLAR

Keltirilgan texnologiyalarni nazariy asoslab bering:

Bajarish uchun topshiriqlar: **

1. Qotishma turdagi gomogen surtmalarni tayyorlang va sifatini baholang:

a) Oling: Asalari mumi 2,0 g

Spermatset 2,0 g

Shaftoli moyi 6,0 g

Surtma hosil bo‘lgunicha aralshtiring.

Bering. Belgilang. Oziqlantiruvchi krem.

Pasport: Asalari mumi 2,0 g

Spermatset 2,0 g



Shaftoli moyi 6,0 g

Umumiy massa 10,0 g


Texnologiyasi: Tarkibda o‘zaro eriydigan moddalar keltirilgan. Asalari mo‘mining erish harorati 63-650S, spermatsetning esa – 45-540S. SHaftoli moyi xona haroratida suyuq holda bo‘ladi. CHinni kosachada suv hammomida asalari mumi eritiladi. Erigan mum suv hammomidan olinib, ozgina soviganidan so‘ng spermatset qo‘shiladi va erigunicha aralashtiriladi. Erigan aralashma hovonchaga o‘tkaziladi va oz-ozdan shaftoli moyi qo‘shilib, aralashtirilib boriladi. Surtma sovigunicha aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan qotishma tipdagi gomogen kosmetik surtmaning sifati baholanadi va og‘zi keng burama qopqoqli idishga qadoqlanadi va “Sirtki”, “Salqin joyda saqlansin” degan yorliqlar bilan jihozlanadi.

b) Oling: Asalari mumi 0,5 g

Parafin 3,0 g

Vazelin 35,0 g

Surtma hosil bo‘lgunicha aralshtiring.

Bering. Belgilang. Terini tozalovchi krem.

Pasport: Asalari mumi 0,5 g

Parafin 3,0 g



Vazelin 35,0 g

Umumiy massa 38,5 g


Texnologiyasi: Tarkibda o‘zaro eriydigan moddalar keltirilgan. Parafinni erish harorati 50-57 0S, asalari mo‘mining erish harorati - 63-650S. CHinni kosachada asalari mumi va parafin eritiladi. Aralashma eriganidan so‘ng hovonchaga o‘tkazilib, oz-ozdan vazelin qo‘shiladi va sovigunicha aralashtiriladi. Agar surtma sovigunicha aralashtirilmasa yaltiro, qattiq, surtilishi qiyin bo‘lgan massa hosil bo‘ladi va bunday surtmani surtishdan oldin eritish kerak bo‘ladi. YUmshoq konsistensiyadagi surtma hosil bo‘lishi uchun albatta surtma sovigunicha aralashtirilishi lozim. Tayyorlangan qotishma turdagi gomogen kosmetik surtmani sifati baholanadi va “Sirtki”, “Salqin joyda saqlansin” degan yorliqlar bilan jihozlanadi.
1. Quyida keltirilgan suvda gel hosil qiluvchi moddalardan kosmetik gellarni tayyorlang va sifatini baholang:

a) Oling: Moychechak damlamasi 30,0 ml

Agar-agar 0,8 g

Glitserin 10,0 g

Sorbin kislotasi 0,08 g

Surtma hosil bo’lgunicha aralshtiring.

Bering. Belgilang. Qizargan teriga surtma.

Pasport: Moychechak guli 3,0 g

Tozalangan suv 40,2 ml

Agar-agar 0,8 g

Glitserin 10,0 g

Sorbin kislotasi 0,08 g



Eozinat natriy 1:100 eritmasi 2 tomchi

Umumiy massasi 41,0 g



Texnologiyasi: Moychechak damlamasidan 30,0 ml tayyorlab olinadi: 3,0 g gullarga (moychechak gullarining suv shimish koeffitsienti 3X3,410,2; 3010,240,2) 40,2 ml xona haroratidagi tozalangan suv qo‘shiladi va infundir apparatida 15 daqiqa damlanadi va 45 daqiqa xona haroratida sovutiladi, suzib olinadi, ajratmaning hajmi berilgan miqdorgacha etkaziladi. 2% kosmetik gelni tayyorlash uchun 0,8 g agar-agar olinadi va ustiga 30,0 ml moychechak damlamasiga solinadi va bo’kish uchun 30-40 daqiqaga qoldiriladi. So’ng 2-3 daqiqa 30 ml moychechak damlamasida bo‘ktirilgan 0,8 g agar-agar va 10,0 g glitserin suv hammomida qaynatiladi, eritma suv bilan belgisigacha etkaziladi, aralashtiriladi va 2 tomchi buyovchi modda – eozinat natriy eritmasi (1:100) qo’shiladi. Kosmetik gelni sifati baholanadi va oђzi keng burama qopqoqli idishaga qadoqlanadi va “Sirtki”, “Qoroђi va salqin joyda saqlansin!” degan yorliqlar bilan jihozlanadi.



Download 6.71 Mb.
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   517




Download 6.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

Download 6.71 Mb.