Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




Download 6,71 Mb.
bet329/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   517
LABORATORIYA ISHI

1. Eritma turdagi gomogen surtmalarni tayyorlang va sifatini baholang:

a) Oling: Mentol 0,1 g

Suvsiz lanolin 5,0 g

Vazelin 10,0 g

Surtma hosil bqlgunicha aralshtiring.

Bering. Belgilang. Teri uchun kosmetik surtma.

Pasport: Mentol 0,1 g

Suvsiz lanolin 5,0 g

Vazelin 10,0 g

Umumiy massa 15,1 g


Texnologiyasi: Tarkibda o‘zaro eriydigan moddalar keltirilgan. CHinni kosachaga 10,0 g vazelin (erish xarorati 37-500S) va 5,0 g suvsiz lanolin (erish xarorati 36-420S) solib, suv hammomida eritiladi. Erigan aralashma suv hammomidan olinib, bir oz sovitiladi va 0,1 g mentol (erish xarorati 45-500S, uchuvchan modda!) solib, erib ketgunicha aralashtiriladi. Surtmani sifati baholanadi va qo‘ng‘ir rangli og‘zi keng burama plastmassa qopqoqli idishga solinadi. “Sirtki”, “Salqin va qorong‘i joyda saqlansin” degan yorliqlar bilan jihozlanadi.

b) Oling: Kamfora 0,3 g

Sariq asalari mumi 2,0 g

Vazelin 10,0 g

Surtma hosil bo‘lgunicha aralshtiring.

Bering. Belgilang. Oyoq uchun surtma.

Pasport: Kamfora 0,3 g

Sariq asalari mumi 2,0 g



Vazelin 10,0 g

Umumiy massa 12,3 g


Texnologiyasi: Tarkibda o‘zaro eriydigan moddalar keltirilgan. CHinni kosachaga 2,0 g sariq asalari mumii (erish xarorati 37-500S) va 10,0 g vazelin solinib, suv hammomida eritiladi. Erigan asoslar aralashmasi suv xammomidan olib aralashtiriladi va ozgina sovib qolganida unga 0,3 g kamfora (erish xarorati 45-500S, uchuvchan modda!) solib, erib ketgunicha aralashtiriladi. Surtmani sifati baholanadi va qo‘ng‘ir rangli og‘zi keng burama plastmassa qopqoqli idishga solinadi. “Sirtki”, “Salqin va qorong‘i joyda saqlansin” degan yorliqlar bilan jihozlanadi.

Gellar texnologiyasi

1. Oling: Aloy ekstrakti 5,0 g

Jelatina 1,0 g

Glitserin 10,0 g

Nipagin 0,025 g

Nipazol 0,015 g

Tozalangan suv 40,0 ml

Surtma hosil bo’lgunicha aralshtiring.

Bering. Belgilang. Ajin tushgan yuz terisiga surtish uchun niqob (teriga suyultirilgan holda surtiladi).

Pasport: Aloy ekstrakti 5,0 g

Jelatina 1,0 g

Glitserin 10,0 g

Nipagin 0,025 g

Nipazol 0,015 g

Tozalangan suv 40,0 ml

Umumiy massa 56,0 4 g



Texnologiyasi. 1,0 g jelatina maydalanadi va chinni kosachaga solinadi va 4-10 marta ko‘p hajmdagi xona haroratidagi tozalangan suvda 30-60 daqiqaga bo‘kish uchun qoldiriladi. So‘ng qolgan suv qo‘shiladi, suv hammomida (40-500S) 10,0 g glitserin qo‘shib, bir hil qorishma hosil bo‘lgunicha aralashtirilib eritiladi. Lozim bo‘lsa marli orqali suzib olinishi mumkin. Eritma sag‘al sovigach aloy ekstrakti qo‘shiladi. Tayyor bo’lgan surtmani sifati baholanadi va burama qopqoqli qo’nђir rangli shishi idishaga qadoqlanadi va “Sirtki”, “Qoroђi va salqin joyda saqlansin!” degan yorliqlar bilan jihozlanadi. Niqob ishlatilishi oldidan issiq suv xammomida eritilishi lozim (370S).

v) Oling: Ruh oksidi

Jelatin 5,0 g dan

Glitserin 20,0 g

Tozalangan suv 20,0 g

Bering. Belgilang. Himoyalovchi krem (teriga suyultirilgan

holda surtiladi).

Pasport: Ruh oksidi

Jelatin 5,0 g dan

Glitserin 20,0 g



Tozalangan suv 20,0 g

Umumiy massa 45,0 g



Texnologiyasi: Maydalangan jelatin tozalangan suvda 30-60 daqiqaga bo’ktirib qo’yiladi, so’ng tarkibda berilgan glitserinning yarmi solinib, suv hammomida aralashtiriladi. Issiq hovonchaga 5,0 g ruh oksidi solinadi va glitserinni qolgan qismi bilan (2,5 g) yaxshilab aralashtiriladi, so’ng oz-ozdan jelatin eritmasi qo’shib boriladi, qo’nђir rangli burama plastmassa qopqoqli shisha idishga qadoqlanadi va tez sovutiladi. Hosil bo’lgan gel tarang, oq rangli. Gelni sifati baholanadi va “Sirtki”, “Salqin va qoronђi joyda saqlansin” “Ishlatishdan oldin isitilsin!” degan yorliqlar bilan jihozlanadi.

g) Oling: Kalendula damlamasi 37,0 ml

Metilsellyuloza 3,0 g

Glitserin 10,0 g

Surtma hosil bo’lgunicha aralshtiring.

Bering. Belgilang. YOђli teriga surtish uchun niqob.

Pasport: Kalendula gullari 3,7 g

Tozalangan suv 37,0 ml

Metilsellyuloza 3,0 g

Glitserin 10,0 g

Umumiy massa 50,0 g



Texnologiyasi: Kalendula damlamasidan 37,0 ml tayyorlab olinadi: 3,7 g gullarga (kalendula gullarining suv shimish koeffitsienti - 2,0. 3,7X2,07,4; 377,444,4) 40,2 ml xona haroratidagi tozalangan suv solamiz va infundir apparatida 15 daqiqa damlanadi va 45 daqiqa 60-700 S gradusgacha sovutiladi, suzib olinadi, ajratmaning hajmi berilgan miqdorgacha etkaziladi.

6% kosmetik gelni tayyorlash uchun 3,0 g MS olinadi va ustiga 60-700 S gradusdagi kalendula damlamasining yarmi solinadi va 30-40 daqiqaga bo‘ktirib qo‘yiladigacha So’ng kalendula damlamasining qolgan qismi qo‘shiladi (xona haroratida) va MI-2 mexanik aralashtirgichda 3000 aylan/daq. aralashtiriladi. Oxirida glitserin qo‘shiladi (gel qurib qolmasligi uchun) va yana aralashtiriladi. Kosmetik gelni sifati baholanadi va oђzi keng burama qopqoqli idishaga qadoqlanadi va “Sirtki”, “Qoroђi va salqin joyda saqlansin!” degan yorliqlar bilan jihozlanadi.

MS geli mikroorganizmlar ta’siriga turg‘un. Gel teriga tez shimiladi. Biroq ayrim suvda yaxshi eriydigan dori moddalar (rezorsin, tanin, oxak suvi, ammiak eritmasi, yodni 5 va 10% eritmasi) MS geli bilan mos kelmaydi. Suvda yaxshi erimaydigan moddalar MS geli bilan (asosan 3%) trituratsion surtmalarni hosil qiladi (ruh oksidi, oltingugurt salitsil kislotasi).


Download 6,71 Mb.
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

Download 6,71 Mb.