Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




Download 6.71 Mb.
bet326/517
Sana01.07.2021
Hajmi6.71 Mb.
#15312
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   517
Tushuntirish matni

Kosmetil gellar. Zamonaviy kosmetikada jelesimon vositalar – niqoblar, krem va shampunlar keng miqyosda qo‘llaniladi. Gelni aniq ta’rifini keltirish qiyin. Ayrim adabiyotlarda gellar (liq-liq) –jelesimon konsistensiyaga ega bo‘lgan, ma’lum bir shakl hosil qiluvchi, tarang va qovishqoq sirtga ishlatishga mo‘ljallangan zich kolloid eritma holidagi yumshoq dori turi. Demak, gellar kolloid sistema bo‘lib, eng kamida ikkita tarkibli – qattiq va suyuq (suv va yuqori molekulyar birikmalar), yoki ikkita o‘ta qovushqoq fazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Gellar mustahkamlik va boshqa qattiq moddalarga hos mexanik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, ular yaxshi bog‘lash hususiyatiga ega konsistensiyali va shu bilan birga elastikligi bilan ajralib turadi. Ikkala faza ham o‘ta dispersligi natijasida gellar monolit tizimli birikmaga o‘xshab turadilar.

Gellar uchun qattiq fazani suyuq fazada disperglanganligi va bunda pretsipitatlar hosil qilmasdan, butun massada bir me’yorda tarqalgan to‘rsimon struktura tizimini paydo bo‘lishi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Aksariyat hollarda gel dispers fazani eruvchanligini yuqori harorat yoki rN qiymatini o‘zgarishi, elektrolit qo‘shilishi yoki ma’lum kimyoviy reaksiyalarni ketishi natijasida kamayishi tufayli hosil bo‘ladi.

Dispers tizimi bo‘yicha ikki turdagi gellarni farqlash mumkin:

1 – gidrofil;

2 – gidrofob.

Gidrofil gel hosil qiluvchi moddalarni quyidagilarga tasniflash mumkin:



  1. Tabbiy gel hosil qiluvchi moddalar:

    1. Suvo‘tlaridan olinadigan moddalar; agar-agar, Fucus avlodi suvo‘tlaridan ekstraksiya qilib olingan alginatlar; karagenatlar - island lishaynigidan ekstraksiya qilingan polisaxaridlar. Suv-glitserinli agar-agar gellari qimmat mahsulot hisoblanadi, shuning uchun faqat kosmetik kremlarni tayyorlash uchun ishlatiladi.

    2. O‘simlik xom ashyosidan olingan moddalar: ohor (kraxmal); Leguiminosae oilasiga mansub akatsiyadan olingan gummiarabik.

    3. Hayvon xom ashyosidan olingan moddalar: jelatina.

2. YArimsintetik maxsulotlar: glyukoza polimeri bo‘lmish sellyuloza maxsulotlari. Kosmetik gellarni hosil qilishda asosan 4 hil sellyuloza hosilalaridan foydalaniladi: MS, MKS, KMS va ES.

3. Montmorionitlar guruhining mineral mahulotlari: o‘z tarkibida suv ushlab qolish hossasiga ega yuqa qatlamli gillar: bentonitlar – ishqoriy metall va temir aralashmasini tarkibida saqlagan alyumosilikatlar; veegumit – tarkibida alyuminiy va magniy saqlaydigan kremniy kislotasining kompleks tuzi.



  1. Sintetik mahsulotlar:

    1. Vinil va poliakril hosilalari – karbopol (karboksiakril hosilalari – karbopol 934, 940 va 941).

    2. Propilenglikol oksietilirlangan.

    3. Etanolamidlangan yog‘lar.

    4. Glitserin va yuqorimolekulyar spritlarni efirlari.

Gelsimon preparatlar kosmetika amaliyotida katta amaliy ahamiyatga ega, chunki gel hosil qiluvchi moddalar terini yumshatadi, shuningdek tez va oson qurib qoladilar. SHuning uchun teridagi ajinllarni yo‘qotish uchun ishlatiladigan gellarni oldindan sovutilgan holda ist’emol qilish tavsiya etiladi. Gellar qurib qolmasligi uchun ularning tarkibiga glitserin yoki boshqa gigroskopik moddalarni qo‘shish kerak. Gellar asosan sirtga ta’sir ko‘rsatadilar, chunki yuqori molekulali gel hosil qiluvchi moddalar teri teshiklaridan o‘tmaydi.

Kosmetik gellarni estetik holatini tuzatish maqsadida, ularning tarkibiga turli bo‘yovchi (suvda eriydigan bo‘yoqlar – gensianviolet, brilliant ko‘ki va h.k.) va hushbo‘y xidli moddalarni qo‘shish tavsiya etiladi.

Gellarni barqarorligini ta’minlash uchun esa, ularning tarkibiga mikroblarga qarshi ta’sirga ega stabilizatorlar - konservantlar qo‘shish mumkin. Kosmetik vositalarga qo‘shiladigan konservantlarni ta’siri bo‘yicha quyidagi guruhlarga tasniflash mumkin:


  • bakteriostatik ta’sirga ega konservantlar – mikroorganizmni bartaraf etishga mo‘ljallangan moddalar;

  • bakteritsid ta’sirga ega konservantlar – mikroorganizmlarni rivojlanishini tugatadigan moddalar;

  • fungitsidlar – zamburug‘larga qarshi ta’sirga ega vositalar;

  • antioksidantlar – kosmetik vositalarni oksidlanishiga qarshi vositalar, masalan, havo ta’sirida moylarni achishini oldini oladigan moddalar.

Konservantlar turli kimyoviy guruhdagi moddalar:

  1. Benzoy kislotasi xosilalari – parabenlar (metilparaben, propilparaben, etilparaben, butilparaben), ular sinergik ta’sir etishi sababli va konservantlarni oz miqdorda qo‘shish maqsadida asosan ularning aralashmalari ishlatiladi. Masalan 1% metilparaben o‘rniga ularning aralashmasi 25-30% kuchli bo‘lganligi sababli, shuncha kam miqdorda olinishi mumkin.

2. Benzol va toluol aralashmasi bo‘lmish butilgidroksitoluol (VNT) i butilgidroksianizol (VNA). Alohida-alohida yoki birgalikda ko‘z atrofi va bolalar uchun mo‘ljallangan kosmetik vositalarga qo‘shiladi.

3. Organik kislotalar - limon, benzoy, salitsil kislotalari. Sifatli konservalash natijasiga erishish uchun ularni ko‘p miqdorda qo‘shish zarur, shuning uchun ular yordamchi vosita sifatida boshqa konservantlar bilar birga ishlatiladi.

4. Mochevina hosilalari (imidazolidinil urea) bu moddalar ham katta miqdorda ishlatilishi sababli, yakka tartibda kam ishlatiladi. Ularni oqsil saqlovchi kosmetik vositalar tarkibiga boshqa konservantlar bilan birga qo‘shish mumkin.
5. Efir moylari konservant sifatida nisbatan kam ishlatiladi, asosan aromaterapiya kosmetik vositalar tarkibiga qo‘shiladi. CHunki ularni hidi hammaga ham yoqavermaydi va konservalash uchun ularni ko‘p miqdorda ishlatish kerak.

6. Antioksidantlar (EDTA, vitamin E, vitamin S, fenol xosilalari, bioflavonoidlar va h.k.) ularni konservantlar bilan qo‘shishdan maqsad kosmetik vositalarni oksidlanishini, yog‘li asosni (ko‘pincha o‘simlik moylarini) bijishdan saqlash.

XI-DF siga dori moddalar tarkibiga antiseptik vosita sifatida xlorbutanolgidrat (0,05 – 0,5%); fenol (0,25 – 0,3%); xloroform (0,5%); mertiolat (0,01%) nipagin (0,1%); nipazol, sorbin kislotasi (0,1 – 0,2%) va boshqalar tavsiya etilgan. Bundan tashqari simobning metalloorganik birikmasi bo‘lmish – mertiolat kiritilgan. U yuqori antimikrob hossaga ega bo‘lib, kichik dozalari odam uchun mutlaqo bezazardir. Mertiolat ko‘z tomchilarida (0,005%), qo‘z surtmalarida (0,002%), in’eksion eritmalarida (0,01%), surtmalarda (0,1%) ishlatiladi.

Organik birikmalardan spirtlar (etil, benzil, xlorbutanolgidrat); fenollar (fenol, xlorkrezol); organik kislotalar (benzoy, sorbin); paragidroksibenzoy kislotasining murakkab efirlari; to‘rtlamchi ammoniy birikmalarining tuzlari; efir moylari. Etil spirti nastoyka, ekstraktlarni olishda ajratuvchi va konservant sifatida ishlatiladi; emulsiyalarda etanol 10-12% qo‘shilganida, galen va novogalen preparatlarda 20% gacha qo‘shilganida konservant vazifasini bajaradi. Eng yaxshi antiseptik xossasin 70% etanol namoyon etadi.

Benzil spirti hushbo‘y xidli suyuqlik bo‘lib ko‘z tomchilariga va emulsion surtma asoslariga 0,9% gacha qo‘shiladi.

Xlorbutanolgidrat – kamfora hidli rangsiz kristallar bo‘lib ekstraksion, organopreparatlar va sharbatlarni konservalash uchun ishlatiladi.

Fenolninng 0,25 – 0,5% eritmalari insulin, vaqsina va zardoblarni konservatsiyalash uchun ishlatiladi.


Xlorkrezol fenolga nisbatan 10 – 13 marta faolroq bo‘lib kam zaharli. Ko‘z tomchilarni konservatsiyalash uchun - 0,05%; in’eksion eritmalarda 0,1%, surtmalarda 0,1–0,2% ishlatiladi.

Benzoy kislotasini natriyli tuzi qand qiyomi, emulsiya va suspenziyalarni konservalash uchun ishlatiladi


Sorbin kislotasi oziq-ovqat maxsulotlarini konservalashda ishlatiladi, ko‘p miqdorda ham zaharli emas. Farmatsevtika sanoatida qiyom, ekstrakt, natriy bromid, kalsiy xlorid, surtma va linimentlarni konservalash uchun qo‘llaniladi.

Paragidroksibenzoy kislotasining murakkab efirlari - parabenlar. Metil efiri – nipagin va propil efiri – nipazol. Bu konservantlarni aralashmasi: 0,025 g propil va 0,075 g metil efirlari (1:3). Parabenlarni kam zaharliligi ishchish uchun mo‘ljallangan dori turlarini konservatsiyalashda ishlatishga imkon beradi: qiyomlar, nastoykalar, damlama, qaynatma, peroral emulsiyalar, jelatin kapsulalari, surtmalarda.


To‘rtlamchi ammoniy tuzlaridan bo‘lmish benzalkoniy xlorid ko‘pgina gramm musbat va gramm manfiy bakteriyalarga qarshi qo‘laniladi. Ularni ko‘z, burun tomchilari, ya’ni qitiqlovchi hossa namoyon bo‘lmasligi kerakli joylarga qo‘llaniladi va ular tez bakteritsid faollikni namoyon etadilar. Masalan, dimetildodetsilbenzilammoniy xlorid (DMDBAX). Sirtki dori vositalarini (surtma, emulsiya, linimentlar) konservatsiyalash uchun ishlatiladigan efir moylari tarkibida fenol birikmalarini saqlaydilar: lavr, ukrop, lavanda, atirgul, arpabodiyon, limon va h.k. Ular nafaqat konservatsiyalash, balki bakteritsid faollikga (zamburug‘larga qarshi) ham ega.


Download 6.71 Mb.
1   ...   322   323   324   325   326   327   328   329   ...   517




Download 6.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

Download 6.71 Mb.