|
Nastoykalar. Ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 400,93 Kb. | | #269951 |
Bog'liq Nastoykalar.Ularni ishlab chiqarish texnologiyasi.
Nastoykalar.Ularni ishlab chiqarish texnologiyasi.
Reja
Kirish
Mavzuning dolzarbligi
Galen preparatlarini kelib chiqish tarixi.
Ajratma olishda yuz beradigan hodisalar.
Molekulyar diffuziya.
Konvektiv diffuziya.
Massa almashinish jarayoni.
Nastoykalar ifodasi.
Nastoykalar olish usullari, texnologik bosqichlari.
Nastoyka olish usullari.
Matseratsiya usuli.
Kasrli matseratsiya.
Matseratsiya sirkulyasiya.
Girdob.
Perkolyasiya usuli.
VNIIF usuli.
Ultratovush yordamida nastoyka olish.
Markazdan qochish kuchiga asoslangan nastoyka olish.
Nastoykalarni yot moddalardan tozalash.
Nastoykalarni standartlash. Ajratilgan vaqt: 2 soat
Ma‘ruza maqsadi: Talabalarni nastoykalarni tarixi, olish usullari, ajratuvchilar va sifatini baholash bilan tanishtirish.
Tayanch so‘z va iboralar: nastoyka, ajratuvchi, texnologiya, sifat.
Bu guruh preparatlarga ekstraktlar, nastoykalar, o’ta tozalangan (novogalen) preparatlar, fitonsidlar, biogen stimulyatorlar, yangi yig’ib olingan o’simliklardan tayyorlanadigan, xayvon organlaridan olinadigan preparatlar kiradi. Bularga eramizdan oldin 201—131 yillarda Rimda yashab ijod etgan shifokor va dorishunos olim: Klavdiy Galen asos solganligi uchun Galen preparatlari deyiladp. Uning ta‘limotyaga binoan, o’simlik va hayvon xom ashyolarida ta‘sir etuvchi moddalardan tashqari, keraksiz yot moddadar ham bo’lganligi sababli ulardan ajratma olish lozimligi ta‘kidlangan. Bu fikr o’z davrinipg katta yutuqlaridan biri bo’ldi. Bu ta‘limotni keyinchalik tibbiyot ilmi bilimdoni Abu Ali ibn Sino rivojlantirdi va davom ettirdi. Amaliyotda bu guruh preparatlarini olish usullari va ishlatiladigan ajratuvchilar u davrdagidan butunlay farq qiladi, lekin ularni olishda Galen ta‘limotiga amal qilinganligi uchun ularning nomi shartli ravishda saqlanib qolgan. fitopreparatlar yoki kimyofarmatsevtika preparatlari deb ham yuritiladi.
O’simliklardan tayyorlangan preparatlarga xozir xalq tabobati va ilmiy tibbiyotda qiziqish ortib bormoqda.
Fitopreparatlar tarkibida turli sinfga mansub bo’lgan kimyoviy birikmalar bo’ladi (yurak glikozidlari, steoritlar, antraxinon, pektin, fenol va x.k.). Sanoat miqiyosida ular sun‘iy usulda olinmaydi. Fitopreparatlarning afzalligi ular tarkibida ma‘lum biofaol moddalar borligidadir. Ular tanada oson zararsizlantiriladi, shuning uchun zaxarli hisoblanmaydi. Modda almashish jarayonida faol ishtirok etadi, allnrgenlik xususiyati sun‘iy preparatlarnikidan bir necha marotaba kam bo’ladi. Bu xossasi xozirgi vaqtda allergiya kassalligi keng tarqalgan davr uchun ayniqsa muhimdir. SHunga qaramay fitopreparatlar ishlab chiqarish o’ziga xos kamchiliklardan holi emas.
biofaol moddaning faqat 50-60% gina ajratib olinadi.
40% dan ko’proq fitopreparatlarning xaqqoniy baholash usullari ishlab chiqilmagan. SHuning uchun ular ular son ko’rsatkichlari bilan baholanib kelinmoqda.
ba‘zi dorivor o’simlik turlari kamayib ketgan (Kavkaz dioskereyasi-diosponin olinadi, keng bargli krestovnik-platifillin va boshq.)
texnologik jarayonlarni takomillashtirish, sirt faoll moddalar, suyultirilgan karbonat angidridini ishlatish, xom ashyoning maydalik darajasini oshirish
xalq tibbiyotida ishlatiladin dorivor o’simliklarni ilmiy asosda o’rganish, ularni madaniylashtirish va etishtirishda agrotexnika qoidalariga amal qilish
mahsulot sifatini baholashning haqqoniy usullarini ishlab chiqish va chiqindisiz texnologik jarayonlarni yo’lga qo’yish.
Ajratuvchilar (ekstragentlar). Sanoat miqiyosida fitipreparatlar ishlab chiqarishda ularning turg’unligini ta‘minlovchi ajratuvchilarni tanlab olish muhim ahamiyatga ega.
Fitopreparatlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan ajratuvchilarga quyidagi talablar qo’yiladi.
ta‘sir etuvchi moddani yaxshi ajratib olish (diifuzion qobiliyati yuqori bo’lishi)
ta‘sir etuvchi modda va asbob uskunalarga salbiy ta‘sir etmasligi
zaxarli va oson alangalanuvchan bo’lmasligi, xidsiz, rangsiz, mazasiz va arzon bo’lishi kerak.
nisbatan past xaroratda oson uchuvchan, lekin turg’un bo’lishi kerak.
Farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan ajratuvchilar yuqoridagi talabalrning xammasiga javob bera olmaydi. SHu sababli muayyan sharoitda u yoki bu ajratuvchi ba‘zan ularning xar xil aralashmalari ishlatiladi. Lekin fitopreparatlar ishlab chiqarishda asosiy ajratuvchi bo’lib, xar xil kuvvatli etil spirti ishlatiladi. O’simlik xom ashyolaridan ajratma olishda ishlatiladigan asosiy ajratuvchilarning xossalari jadvalda keltirilgan.
Korxona sharoitida ajratma olish uchun xom ashyo tarkibida qaysi guruh ta‘sir etuvchi moddalari borligi, ishlatiladigan asbob-uskunalar va boshka jixatlar hisobga olingan xolda ajratuvchi tanlanadi.
Ajratma olishning nazariy asoslari. Ajratma olish murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo’lib, erish, diffuziya, osmos, dializ, massa almashish kabi xodisalar yuz beradi. Bularning mexanizmini bitta nazariya bilan tushuntirish qiyin. Bu soxoani nazariy tomondan boyitishda I. A. Muravev, V. D. Ponomarev, YU. G. Pshukov kabi olimlar o’z xissalarini qo’shganlar. Ajratma olishning nazariy jixatdai asoslashda molekulyar va konvektiv diffuziya xamda massa almashish jarayonlariga asosiy omillar bo’lib xisoblanadi.
Molekulyar diffuziya molekulalarning tartibsiz xarakati natijasida bir-birining ichiga o’tishini ta‘minlovchi jarayondir. Diffuziyaning tezligi molekulalarning kinetik energiyasiga bog’liq. Diffuziya jarayonining xarakatlantiruvchi kuchi bir-biriga tegib turgan qatlamlardagi erigan moddalar konsentratsiyalari farqidir. Bu jarayon bir kator omillarga bog’liq bo’lib, FIK tenglamasi bo’yicha ifodalanadi.
Konvektiv diffuziya — aralashtirish yoki aralashtirishga sabab bo’ladigan, harorat o’zgarishi va boshqa sabablar tufayli vujudga keladigan jarayon. Konvektiv diffuziya tufayli moddalar erigan xolda bir qatlamdan boshqa katlamga o’tadi. O’tayotgan qatlam ichida molekulyar diffuziya ham sodir bo’ladi. Konvektiv diffuziya tenglama ifodalanadi:
Demak, ajralib chiqqan modda miqdori konvektiv diffuziya koeffitsientiga, qatlam yuzasiga, konsentratsiya farqi va jarayon davom etgan vaqtga to’g’ri mutanosib ekan. «Ichki» diffuziya xom ashyo xujayralaridagi moddalarni tashqariga olib chiqish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlarni qamrab oladi. Bunda xarakatlantiruvchi kuch molekulyar diffuziyaning «ichki» koeffitsientidir.
Ajratma olish jarayoni uch bosqichdan iborat: Xom ashyo to’qimalari va ularning yuzasi o’rtasidagi molekulyar diffuziya (ichki diffuziya). Diffuziya kechadigan yuzalar oralig’idan moddalarning o’tishi. Bunda asosiy, omil diffuziya koeffitsientidir. Xarakatdagi ajratuvchi oqimida moddalarni oqib o’tishi tezlashadi. Bunda asosiy omil konvektiv diffuziya koeffitsientidir.
Umumiy ajralib chiqqan modda miqdori massa almashinish deb ataladi
Massa almashinish koeffitsienti (K) 1 m2 yuzadagi kon-sentratsiyalar farqi 1kg/m3 bo’lganda 1 soniyada ajralib chiqqan modda miqdorini ifodalaydi. Vaqt birligida bir fazadan ikkinchisiga o’tgan modda miqdori massa almashinish koeffitsienti, qatlam yuzasi, jarayon davom etgan vaqt va konsentratsiyalar farqiga to’g’ri mutanosibdir.
Demak, diffuziya jarayonining asosiy omili konsentratsiyalar farqi bo’lib, korxonalarda ishlab chiqariщ jarayonini tashkil kilish, asbob-uskunalarni tanlash shunga asoslanadi.
|
| |