• Matseratsiya
  • Nastoykalar. Ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja




    Download 400,93 Kb.
    bet2/5
    Sana27.08.2024
    Hajmi400,93 Kb.
    #269951
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Nastoykalar.Ularni ishlab chiqarish texnologiyasi.

    Nastoykalar
    Nastoykalar tiniq, spirtli, spirt-suvli ajratmalar bo’lib, dorivor o’simlpk va hayvon organlari xom ashyosidan qizdirmasdan tayyorlanadi. Nastoykalar kuchli ta‘sir etuvchi xom ashyolardan 1:10, qolganlaridan esa 1:5 (og’irlik-hajm) nisbatda tayyorlanadi.
    Qalampir yalpiz (1:20) va yapon soforasi (1:2) nastoykalari bundan mustasnodir. Nastoykalar olishda ajratuvchi sifatida xar xil quvvatli (40%, 60%, 70%, ba‘zan 30%, 90%, 95%) etil spirti ishlatiladi.

    1. DF da nastoykalar bo’yicha 10 ta modda keltirilgan. Undan tashqari, vaqtincha farmakopeya moddalari bo’yicha 50 dan ortiq nastoyka ishlab chiqariladi.

    Nastoyka olish xom ashyo va ajratuvchini tayyorlash, ajratma olish, yot moddalardan tozalash, baholash va qadoqlash bosqichlaridan iborat.

    1. DF bo’yicha nastoykalar rasmiy matseratsiya, kasrli matseratsiya, ajratuvchini majburan aylanishini ta‘minlovchi matseratsiya (matseratsiya-sirkulyasiya), perkolyasiya (siqib chiqarish), girdob, norasmiy zamonaviy tezlashtirilgan usullar (ultratovush, Farmatsiya ilmiy tekshirish oliygohi (VNIIF), markazdan qochish kuchiga asoslangan) bilan olinadi.

    Matseratsiya — namlash so’zidan olingan. G’alvirsimon tub ustiga maydalangan xom ashyo (1— 8 mm), ko’rsatilgan miqdordagi ajratuvchi solinib, 15—20°S xaroratda, vaqti ko’rsatilmagan bo’lsa, 7 kunga qoldiriladi xamda vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Ko’rsatilgan vaqt o’tgandan so’ng ajratma quyib olinadi. Qoldiq siqiladi. Xom ashyo oz-roq toza ajratuvchi bilan chayib olinib, yana siqib olinadi. Ajratmalar birlashtiriladi va toza ajratuvchi bilan kerakli hajmga etkaziladi.
    Bu oddiy usul bo’lib, murakkab asbob-uskuna talab etmaydi. Kamchiligi: o’simlik xom ashyosidan ta‘sir etuvchi modda to’liq ajralib chiqmaydi. Jarayon uzoq davom etadi.
    Matseratsiya idishi zanglalgaydigan po’lat yoki alyuminiydan yasalgan bo’lib, aralashtirgichi, ostki tubida g’alvirsimon tubi va jo’mragi bo’ladi.
    Kasrli matseratsiya yordamida xujayralardagi biologik faol moddalarni tez va to’liqroq ajratib olish uchun ajratuvchini ikki yoki uch kismga bo’lib, xar safar xom ashyoga toza ajratuvchi bilan ishlov beriladi va ajratma quyib olinadi.
    Matseratsiya-sirkulyasiya usulida ajratuvchining aylanma xarakatini so’rg’ich (nasos) yordamida oshirish mumkin. Bunda ajratuvchi qayta-qayta so’rg’ich bilan so’rib olinib, asbobning idishiga qaytarib solinadi.
    Bu ikkala usulda ham konsentratsiyalar farqi xisobiga jarayon tezlashadi.
    Perkolyasiya — rangsizlantirish, siqib chiqarish so’zidan olingan bo’lib, xar xil tuzilishga ega bo’lgai maxsus idishlar — perkolyatorlarda olib boriladi. Perkolyatorning tubida g’alvirsimon tubi bo’lib, ustiga mato qo’yiladi. Xom ashyo (1—8 mm) 50—100% mikdoridagi ajratuvchi bilan bo’ktirish uchun qoldiriladi. So’ng bo’kkan xom ashyo jo’mragi ochiq perkolyatorga o’tkaziladi. Ustiga «oynasimon yuza» (3—4 sm kavat) xosil bo’lguncha ajratuvchi quyiladi, oqib chiqqan ajratma kaytib perkolyatorga quyiladi va ma‘lum vaqtga qolidiriladi. So’ngra jo’mrakdan ma‘lum tezlikda ajratma quyib olinadi. Ajratma olish tezligi soatiga perkolyator xajmining 1/24 yoki 1/48 qismini tashkil etib litrda xisoblanadi.
    Xuddi shu tezlikda perkolyatorning yutqori qismidan ajratuvchi quyib turiladi. Bu jarayon perkolyatordagi xom ashyo tarkibida ta‘sir etuvchi moddasi tugaguncha (1:5 yoki 1:10 nisbatdan oshmaslik sharti bilan) davom etadi. Ta‘sir etuvchi modda tugaganini oqib tushayotgan ajratmaning rangsizlanganligidan yoki sifat reaksiyasidan bilib olish mumkin. Xom ashyo oldindan namlab qo’yilsa, perkolyatorga xom ashyo bir tekis joylashadi va ajratma olish jarayoni bir me‘yorda bo’lishi ta‘minlanadi, aks xolda xom ashyo «oynasimon yuza» dan chiqib ketishi mumkin. Bu esa jarayonning uzoq davom etishi va ajratuvchini ko’p sarflanishiga olib keladi. Perkolyasiya usulining matseratsiyadan afzalligi: jarayon nisbatan tez ketadi, biofaol moddalar to’laroq ajraladi, ajratuvchi kamroq sarflanadi. SHuning uchun korxona sharoitida ko’proq, shu usul qo’llaniladi. I
    Girdob usuli. Bu usul ajratma olish jarayonini tezlashtirish maqsadida CHexoslovakiyalik olim Melvxar va boshqalar tomonidan taklif qilingan. Kamchiligi ajratma loyqa bo’ladi, uni tindirish ma‘lum sharoit va qo’shimcha vaqt talab qiladi. Sanoat miqyosida bu usul keng qo’llanilishi kerak. Zamonaviy tezlashtirilgan usullar. Moskvadagi ilmiy-tekshirish farmatsiya oliygoxi usuli. Bu usulda muayyan mikdordagi xom ashyo perkolyatorga solinadi, ustiga
    «oynasimoi yuza» xosil bo’lguncha ajratuvchi quyiladi va 24 soatga qoldiriladi. So’ng tayyor maxsulotning to’rtdan bir qism miqdorida ajratma quyib olinadi. Perkolyatorga «oynasimon yuza» xosil bo’lguncha ajratuvchi quyib 1; 1,5; 2 yoki 4 soatga qoldiriladi va yana tayyor maxsulotning to’rtdan bir qismicha ajratma quyib olinadi. Bu jarayon yana uch marta takrorlanadi. Ajratma-lar jamlanib, yot moddalardan tozalash uchun salqin joyga qo’yiladi.


    Download 400,93 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 400,93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nastoykalar. Ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja

    Download 400,93 Kb.