|
Nastoykalar. Ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. Reja
|
bet | 5/5 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 400,93 Kb. | | #269951 |
Bog'liq Nastoykalar.Ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. Oddiy nastoykalar. Bularga sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotgan ko’pchilik nastoykalar misol bo’la oladi.
Ekstraktiv moddalar 13—17%, spirt 14% dan kam bo’lmasligi, zichligi 1,021 —1,050 bo’lishi kerak. YUmshatuvchi dori sifatida ishlatiladi.
Nastoykalarni baholash. Nastoykalar sifati davlat farmakopeyasi va normativ texnik hujjatlar asosida tekshiriladi. Nastoykalarning tashqi ko’rinishi, spirt quvvati yoki zichligi, quruq qoldiq, og’ir metallar va ta‘sir etuvchi modda miqdori tekshiriladi. Nastoykalar xidi va mazasi xom ashyo bilan bir xil va tiniq bo’lishi kerak. Nastoykalar tarkibida spirt quvvati rasmiy usulda qaynash xarorati bo’yicha, haydash usulida (distillyasiya usuli) va norasmiy — refraktometrik, quruq qoldiq bo’yicha va xloroform yordamida aniqlanadi.
Nastoykadagi spirt quvvatini qaynash harorati bo’yicha aniqlash. Bu usul ma‘lum quvvatli spirt-suvli aralashmaning qaynash xarorati bilan, shu quvvatdagi spirtda tayyorlangan nastoykaning qaynash haroratining mos kelishiga asoslangan.
Nastoykadagi quruq qoldiq miqdori. Quruq qoldiqni aniqlash uchun 5 ml nastoyka doimiy og’irlikkacha keltirilgan byuksga solinadi va suv hammomida bug’latiladi, so’ng 102,5±2,5°S haroratda 2 soat davomida quritiladi. Quruq qoldiq torozida tortilib, 100 ml nastoykadagi quruq qoldiq miqdori xisoblanadi.
Og’ir metall tuzlarini miqdorini aniqlash —5 ml nastoyka quruq xoliga keltirilib, qoldiqqa 1 ml kuchli sulfat kislotasi qo’shib, extiyotlik bilan yondiriladi va kuydiriladi. Xosil bo’lgan kul ammoniy atsetatning 5 ml to’yingan eritmasi bilan qizdirilib ishlov beriladi, kul suzgich orqali suziladn, suzgichdagi qoldiq 5 ml suv bilan yuvib olinib, suyuklikka suv qo’shib, 100 ml ga etkaziladi. SHuncha miqdor (etalon) suyuslikdan og’ir metallar saqlamasligi kerak, ya‘ni 0T001% (DF I 1juz, 165-bet).
Ta‘sir etuvchi modda miqdori — NTH ko’rsatmasiga binoan ma‘lum usullarda aniqlaniladi. SHisha idishlarda salqin, korong’i joyda saqlanadi. Saklanish jarayonida nastoykalarda cho’kma hosil bo’lishi mumkin, bunda uni xona haroratiga keltirib chayqatiladi va baxolanadi.
|
| |