|
-rasm. Aralashtirgichli perkolyator
|
bet | 3/5 | Sana | 27.08.2024 | Hajmi | 400,93 Kb. | | #269951 |
Bog'liq Nastoykalar.Ularni ishlab chiqarish texnologiyasi. 1 -rasm. Aralashtirgichli perkolyator.
1- korpus; 2- g’alvirsimon tub; 3- xomashyoni solish uchun lyuk;
4-ishlatilgan xom ashyoni olish uchun lyuk;n 5-majratuvchi bug’larini kondensatordan uzatuvchi nay; 6-parni ilonsimon isitgichga uzatuvchi nay; 7-
Kondensatni chiqarib yuborish uchun nay; 8-issiq bug’ni uzatuvchi nay; 9-shtutser;
10- quyidan ajratuvchini uzatuvchi nay; 11- ajratuvchini yuqoridan uzatuvchi nay; 12- aralashtirgich
Markazdan kochuvchi kuch ta‘sirida (majburan) ajratma olish. Bu usuni A. I. Gengrinovich va N. N. Nishonovlar taklif qilgan bo’lib, xom ashyo 0,1—0,25 mm kattalikda maydalanadn, ustiga xisoblangan miqdordagi ajratuvchini quyib aralashtiriladi va ma‘lum vaqtga qoldiriladi. Bu muddat xom ashyoning xususiyatiga bog’liq bo’lib, belladonna, qizilpoycha, ermon uchun 5 dakiqa, arslonquyruq uchun 20 daqiqani tashkil etadi. Ko’rsatilgan vaqt o’tgandai so’ng xom ashyo sharbat ajratgich asbob (sokovijimalka) ning elaksimon idishiga joylash-tiriladi. Idishga oldindan suzgich material sifatida 1 qavat belting joylashtirilgan bo’lishi kerak. Asbob rotori aylanganda tebranmasligi (zirillamasligi) uchun suzgich materiallar va xom ashyo bir tekis joylashtirilishi lozim. Asbobning aylanish tezligi daqiqasiga 3000—8000 marta bo’lishi mumkin. Ish jarayonida aylanish tezligi daqiqasiga 3000 marta bo’lganda 60 soniya 8000 marta bo’lganda 30 soniya davom etadi. Bunda markazdan qochish kuchi ta‘sirida xom ashyo asbob devori yuzasi tomon xarakatlanib, siqiladi. Natijada ajratma suzgichlar va asbob devori teshikchalaridan o’tib, jo’mrak orqali to’plagichga o’tadi. Bu usulda ajratma olish jarayonining tez ketishi xom ashyo o’ta maydalanganligi tufayli parchalangan xujayralardan biologik faol moddalarning yuvilib chiqishiga asoslangan. Bunda dializ, osmos, diffuziya kabi xodisalar asosiy omil hisoblanmaydi. Bu usul texnika xavfsizligi tomonidan noqulay, jarayon uzluksiz hamda ko’p qo’l kuchi talab etadigan bo’lganligi uchun ishlab chiqarishga tadbiq etilmagan. Ultratovush yordamida ajratma olish. Ultratovush usulida nastoykalar sharbat ajratgich yordamida olinadi.
Bu usulda ajratma olish jarayoni tezlashadi. Bunda ultratovush to’lqinlari tezligiga mos ravishda butun idish hajmida xatto xujayralar ichida ham galma-galdan siqilishi (bosim) yuzaga keladi.
Sanoat mikyosida bu usul Xarkovda plantaglyusid olishga tadbiq, etilgan. Bu usul ishlayotgan xodimlar sog’ligiga salbiy ta‘sir etishi, xom ashyodagi ayrim biofaol moddalarni ul‘tratovush ta‘sirida parchalanishiga olib kelishi mumknn. SHu sababli xa:r bir xom ashyo uchun o’ziga xos alohida texnologiya ishlab chiqish kerak bo’ladi.
|
| |