• Tuzuvchi: A.B.Nabiyev
  • Kafedra mudiri
  • Fakultet dekani: ____________ A. Sayfitdinov 1-ma’ruza. Tez alangalanuvchi suyuqlik moddalarni tashish va tushirish jarayonida yong’in-portlash xavfini kamaytirish usullari
  • 4.Meyoriy hujjat talablari
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasi yong’in va yonish-portlash xavfsizligi namangan-2022




    Download 4,59 Mb.
    bet1/13
    Sana14.05.2024
    Hajmi4,59 Mb.
    #232051
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Yong\'in va yonish-portlash xavfsizligi — 4-kurs (6)





    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


    HAYOTIY FAOLIYAT XAVFSIZLIGI
    KAFEDRASI


    YONG’IN VA YONISH-PORTLASH XAVFSIZLIGI


    Namangan-2022

    Fanning O’quv-uslubiy majmuasi NamDU Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan, fakultet kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan o’quv dasturi asosida tuzilgan.




    Tuzuvchi: A.B.Nabiyev - texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD, dosent

    Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi Namangan davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasida muhokama qilingan hamda fakultet ilmiy kengashi tomonidan ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilgan (2022-yil “__” “___________dagi ___- sonli bayonnoma).




    Kafedra mudiri: __________ A.Nabiyev

    Fanning o‘quv uslubiy majmuasi Namangan davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti ilmiy kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan (2022-yil “___” “____________dagi ___- sonli bayonnoma).



    Fakultet dekani: ____________ A. Sayfitdinov
    1-ma’ruza. Tez alangalanuvchi suyuqlik moddalarni tashish va tushirish jarayonida yong’in-portlash xavfini kamaytirish usullari
    1.Yong'in xavfini tug'diruvchi asosiy vositalar.
    2. Yong'inga qarshi oraliqlar.
    3. Neft va neft mahsulotlari omborlari. Neft va neft mahsulotlarini saqlash parklari.
    4.Meyoriy hujjat talablari

    Korxonalarni loyihalash va qurish jarayonida yong'inga qarshi chora-tadbirlar belgilanadi. Bu chora-tadbirlar sanoat korxonasi bosh rejasiga kiritiladi. Ularning eng muhimlaridan biri sanoat korxonasi majmualarini va binolarini bajariladigan ishi va yong'inga xavfliligini hisobga olgan holda joylashtirishdir. Bunda o'ta yong'inga xavfli majmualarni, albatta, hududning shamol yo'nalishiga qarama-qarshi tomonida joylashtirish taisiya etiladi..


    Sanoat korxonalarini zonalashtirishda korxona joylashgan joyning baland-pastligi, shamolning asosiy yo`nalishi va kuchi hi­sobga olinadi. Yengil alangalanuvchi suyuqliklarni hududning quyiroq qismlariga joylashtirish tavsiya etiladi. Aks holda yong'in sodir bo'lgan taqdirda yengil alangalanuvchi suyuqlik past tomonga oqib, alanganing umuman hamma maydonlariga tarqalib ketishi xavfi tug'iladi. Sanoat korxonalarini isitish vositalari, qozon qurilmalari, odatda ochiq alanga bilan ishlatiladi va ulardan chiqish mumkin bo'lgan uchqunlar yong'in xavfini tug'diruvchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday vositalar shamol yo'nalishiga qarama-qarshi tomonda yengil alangalanuvchi suyuqliklar, suyultirilgan va siqilgan gazlarning o'rnini hisobga olgani holda joylashtiriladi.
    Yong'in xavfsizligini ta'minlashda zavod hududidagi avtomobil harakatlanish yo'llarini to'g'ri ta'mirlash katta ahamiyatga ega. Chunki yong'in vaqtida o't o'chirish mashinasi hech qanday to'siqsiz istalgan joygacha bora olishi muhimdir. Shuningdek, korxona hududidagi yong'inga qarshi deponi joylashtirish ham ahamiyatlidir.
    Sanoat korxonasining bir tomonidan kirish yo'li, albatta, umumiy foydalanish uchun mo'ljallangan ko'chaga chiqadigan bo’lishi kerak.
    Yong'inga qarshi oraliqlar.Yong'in bo'lgan taqdirda alanga bir binodan ikkinchi binoga o'tib ketmasligini ta'minlash maqsadida yong'inga qarshi oraliqlar tashkil qilinadi. Bunday oraliqlar belgilanganda asosan yonma-yon joylashishi mumkin bo'lgan binolarning yong'inga xavflilik darajasi, toifasi, konstruksiyalarining o'tga chidamliligi, alangalanish may-doni, yong'inga qarshi to'siqlarning mavjudligi, binoning tuzilishi, ob-havo sharoitlari va boshqalar hisobga olinadi.
    Yong'inga qarshi oraliqlar tashkil qilishda binolarning o'tga chidamliligi darajasini hisobga olish juda muhimdir.
    Sanoat korxonalari asosiy binolari yordamchi xonalari, ombor qurilishlari orasidagi normalashtirilgan oraliqlarning binolarning o'tga chidamlilik darajasiga nisbati quyidagi 3-jalvalda keltirilgan.

    3-jadval


    Bir binoning o'tga chidam­lilik darajasi



    O'tga chidamlilik darajasi asosida binolar o'rtasidagi yong'inga qarshi oraliq, m

    I va II



    III



    IV va V



    I va II



    9



    9



    12



    III



    9



    12



    15



    IV va V



    12



    15



    18



    Shuningdek, va toifadagi sanoat korxonalari, ularning o'tga chidamlilik darajasi IvaII bo'lsa va tomi yonmaydigan materiallar bilan yopilgan, shuningdek, tashqidevorlari yong'inga qarshi to'siq sifatida qurilgan bo'lsa, yong'inga qarshi oraliq belgilanmasligi mumkin.


    Yong'inga qarshi to'siq.Sanoatkorxonalarini loyihalash-qurish jarayonida yong'inga qarshi tashkiliy ishlar amalga oshiriladi. Bu tashkiliy ishlar qatoriga yong'inga qarshi to'siqlarni ko'rsatish mumkin. Bularga yong'inga qarshi devor, eshik darvoza, lyuk tambur-shlyuzlar va derazalar kiradi.
    Yong'ingaqarshi to'siq vositalar iyonmaydigan materiallardan tayyorlangan bo'lishi va quyidagicha o'tga chidamlilik chegarasiga ega bo'lishi kerak (soatlarda).
    Yong'inga qarshi asosiy devor-2,5soat. Yong'inga qarshi devorlarda bo'lgan eshik, deraza va darvozalar-1,2 soat. Asosiy bo'lmagan devor-0,75 soat. Asosiy bo'lmagan devordagi eshik, derazalar, shuningdek, tambur, shlyuzlar 0,6 soat. Bu yerda shuni ta'kidlash kerakki, tosh va boshqa tabiiy minerallardan qilingan devorlar o'tga chidamlilik chegarasi bo'yicha qo'yilgan yuqoridagi talablarni bajaradi. Agar devorlar mabodo sinchli bo'lsa, uning asosiga ishlatilgan sinchning va orasiga urilgan devorlarning o'tgachidamlilik chegarasi hisobga olinadi.
    Neft va neft mahsulotlari omborlari. Neft va neft mahsulotlarini saqlash parklari. Meyoriy hujjat talablari
    Omborlarga neft va neft mahsulotlarini temir yo’l, avtomobil, suv va quvur yo’llar orqali keltirilib qabul qilish, saqlash va tarqatish uchun mo’ljallangan inshoot va uskunalar majmuasi kiradi.
    Qurilish me’yorlari va qoidalari (QMQ) bo’limiga asosan neft mahsulotlari omborlari faoliyati va saqlash hajmiga qarab ikki guruhga ajratiladi.
    Birinchi guruhga turli ta’minotchilarni neft va neft mahsulotlari bilan mustaqil ravishda ta’minlaydigan omborlar, tovar xomashyo omborlari (rezervurlar parki), neftni qayta ishlash va neftkimyo korxonalari, neft va neft mahsulotlari o’tishiga mo’ljallangan magistral quvurlar, nasos stantsiyasining rezervuarlar parki hamda dovonlardagi neft va neft mahsulotlari omborlari (bazalari) kiradi.
    Birinchi guruh omborlari hajmiga ko’ra uch toifaga bo’linadi:
    I-toifaga 100 000 m3 va undan ortiq;
    II-toifaga 20 000 dan 100 000 m3 gacha (100000 m3ham kiradi);
    III-toifaga 20 000 m3gacha (20000 m3 ham kiradi) bo’lgan omborlar kiradi.
    Ikkinchi guruhga sanoat, energetika va boshqa korxonalar tasarrufidagi neft va neft mahsulotlarini, ya’ni yengil alangalanuvchi suyuqliklarni yer ustida 2000 m3 gacha va yer ostida 4000 m3gacha, shuningdek, yonuvchi suyuqliklarni yer ustida 10.000 m3 gacha va yer ostida 20.000 m3 gacha bo’lgan hajmdagi rezervuar va sig’imlarda saqlash omborlari kiradi. Agar loyihalashda umumiy saqlash hajmi belgilangan ko’rsatkichdan yuqori bo’lsa, u holda ushbu omborlarni birinchi turga kiritish kerak (bunda saqlash hajmi 1 m3 bo’lgan yengil alangalanuvchi suyuqlik 5 m3 yonuvchi suyuqlikka teng deb hisobga olinadi).
    Omborlarning asosiy inshootlariga to’kish va quyish qurilmalari, nasos stantsiyalari, neft va neft mahsulotlarini saqlash inshootlari kiradi.
    Omborlarda neft va neft mahsulotlarini saqlash inshootlari asosiy o’rin tutadi. Ular alohida o’rnatilgan rezervuarlar (rezervuarlar parki), ko’chma tarada saqlanadigan omborlar, bino va inshootlar. Neft va neft mahsulotlarining inshootlari yer ustida va yer ostida joylashishi mumkin. Yer ostida saqlanganda ombordagi suyuqliklarning eng yuqori sathi, yaqin atrofdagi maydonning eng past yuza sathidan 0.2 m dan kam bo’lmagan darajada past bo’lishi shart (rezervuar yoki bino va inshoot devorlaridan 3 metr uzoqlikdagi hisobi bilan).
    Mahsulotlarni saqlashda po’lat yoki temir-betondan yasalgan rezervuarlardan foydalaniladi. SHakli bo’yicha rezervuarlar tsilindr (vertikal yoki gorizontal holda), to’g’ri burchakli, shar ko’rinishida va tomchi ko’rinishida bo’lishi mumkin.
    Neft va neft mahsulotlari iqlim sharoiti, tara turi va saqlanayotgan mahsulot turiga qarab tarada saqlash omborlari, bino va inshootlarda (ayvon ostida yoki ochiq maydonda) saqlanadi. Tara sifatida bochka, kanistra, maxsus konteynerlar, flyaga, bidon va boshqa turli kichik hajmdagi idishlardan foydalaniladi.
    Rezervuarlarning ichidagi yonuvchi gaz kontsentratsiyasini oldini olish uchun amalda bug’li havo qatlamini yo’qotish va gazni nazorat qilish tizimidan foydalaniladi.
    Suzib yuruvchi panton va tom qoplamasini hamda gazni nazorat qilish tizimidan foydalanish yonuvchi kontsentratsiyani hosil bo’lishini oldini olishdan tashqari saqlanayotgan suyuqlik bug’larini tashqariga chiqishini oldini oladi. Bu holat hududni shamol bo’lmagan holatda ham yonuvchi bug’lar bilan ifloslanish xavfini kamaytiradi.
    Qo’zg’almas tom qoplamali rezervuarlarni asosan qish kunlari nafas olish klapanlarining tarelkalari va alangato’sqich kassetalarini muzlab qolishi sababli ish tartibini buzilishi oqibatida bosimning oshib ketishi yoki vakuum hosil bo’lishi natijasida shikastlanish holatlari yuz beradi.
    Neft va neft mahsulotlari omborlaridagi yondirish manbalariga asosan yashinning to’g’ri urishi, statik elektr razryadlari, mexanik urilishdagi uchqunlar, pirofor qatlamlarning o’z-o’zidan yonishi, ishga tushirish, boshqarish apparaturalari, elektr ochib-yopish moslamalari va boshqa elektr jihozlaridagi uchqunlar kirishi mumkin.
    Statik elektr zaryadlaridan himoya sifatida rezervuarlar, boshqa sig’imlar va ularga ulangan quvurlar ishonchli ravishda yerga o’tkazib yuborish moslamasi bilan jihozlanadi. SHuning uchun hajmi 50 m3 dan yuqori bo’lgan rezervuarlar va boshqa sig’imlar ikkitadan kam bo’lmagan nuqtada yerga o’tkazib yuborish moslamasiga ulanadi.
    Rezervuarlarni to’ldirish jarayoni xavfli hisoblanadi, negaki rezervuarga to’ldirilayotgan suyuqlikning harakatlanishi davomida hosil bo’layotgan statik elektr zaryadlar eng yuqori potentsial darajasiga ko’tarilishi mumkin. SHuning uchun bu holatlardan rezervuarlarni suyuqlik qatlami ostida bir tomonga aylanma harakat holatida (turbulentli holatini kamaytirish uchun), suyuqlikni quyish tezligini kamaytirish yo’li bilan bajariladi.
    Korxona bilan axoli punktlari urtasidagi sanitar ximoya zonalari o’lchamlari ishlab chikarish turiga va quvvatiga bog’lik xolda ajratilgan moddalar turlari bo’yicha belgilanadi. SN-245-71 bo’yicha ishlab chiqarish korxonalari zararliligi bo’yicha 5-sinfga bo’linadi:
    1 sinfga kiruvchi ishlab chiqarish korxonalari uchun sanitar ximoya zamonasini kengligi 1000m ni tashkil etadi;
    2 sinfga kiruvchi ishlab chiqarish korxonalari uchun sanitar ximoya zamonasini kengligi 500 m ni tashkil etadi;
    3 sinfga kiruvchi ishlab chiqarish korxonalari uchun sanitar ximoya zamonasini kengligi 300 m ni tashkil etadi;
    4 sinfga kiruvchi ishlab chiqarish korxonalari uchun sanitar ximoya zamonasini kengligi 100 m ni tashkil etadi;
    5 sinfga kiruvchi ishlab chikarish korxonalari uchun sanitar ximoya zamonasini kengligi 50 m ni tashkil etadi.
    1,2,3 - sinfga kimyo va metallurgiya sanoti korxonalari kiradi. 1 - sinfga esa baьzi bir ximiya va metallurgiya sanoati korxonalaridan tashqari mashina va asbob uskunalar ishlab chiqarish elektrotexnika sanoati korxonalari kiradi.
    Suyultirilgan gazlarni saqlashda sig’im idishlarni portlash xavfini oldini olish.
    Sig’im – idishlarni ishlatish, suyultirilgan neftli gazlarni saqlash va tashishda xavfsizlik qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi shart.
    Harorat 15 0S va undan yuqori holatdagi mahsulotlar bilan sig’im –idishni to’ldirishning maksimal kattaligi 83% dan oshmasligi shart. Mahsulotlarning 15 0S dan past bo’lgan haroratida, maksimal to’ldirish kattaligi quyidagi xisob-kitobda belgilanadi: propan gaz uchun-425 kg/m3, butan gazi uchun – 486 kg/m3 .
    Erkin otilib tushuvchi holatda mahsulotlarni quyish man etiladi.
    Ta’mirdan so’ng, birinchi to’ldirilishda yoki apparatni ochgan holda ko’rikdan o’tkazishda, portlash xavfi yuqori aralashmalar xosil bo’lishini oldini oluvchi choralarni ko’rish zarur.
    Haydab olinadigan mahsulot harorati bug’lar taranglisi sig’im – idish (ishchi) uchun ruxsat etilgan bosimdan oshadigan haroratdan yuqori bo’lmasligi kerak.
    Namuna olish, sig’im – idishda mahsulotlarning maksimal bosimiga xisob – kitob qilingan namuna olgichlarda amalga oshirilishi kerak.
    Sig’im – idishdan suvlarni tashlash shtutseri, muzlamaydigan klapan bilan jihozlangan bo’lishi shart.
    Sig’im – idishlarda mahsulotlarni 45 0S dan yuqori holatda qizdirish mumkin bo’lgan joylarda, sig’im – idishni qizib ketishini oldini olish uchun choralar ko’rilgan bo’lishi shart.
    Agar zich yopilganligi buzilib 15 mm ga yakin teshik xosil bo’lsa, bosimi 20 MPa ga teng bo’lgan idishdan otilib chikayotgan okim xosil kilgan reaktiv kuch 3,5 kN ni tashkil kiladi va bu kuch 70 kg ogirlikdagi balonga 5,9 m/s boshlangich tezlanish berishi mumkin. Bu tezlanish balonni bir necha metr masofaga siljishiga olib keladi.
    Ma`lumki, xamma suyuklik va gazlar bir joydan ikkinchi joyga quvirlar orkali yuboriladi. GOST 14202 - 69 ga asosan kuvirlar orkali yuborilayotgan moddalarga karab, turli ranglar bilan ajratib ko’yiladi.
    1. Suv - yashil
    2. Bug - kizil
    3. Xavo - ko’k
    4. Yonadigan va yonmaydigan gazlar - sarik
    5. Kislotalar - to’k sarik
    7. Ishkorlar - binafsha rang
    8. Yonadigan va yonmaydigan suyukliklar - jigarrang
    9. Boshka moddalar - kulrang
    Paxtani qayta ishlash va paxta tayyorlash punktlarida paxta buntlarini tayyorlash uchun XPP rusumli paxta yuklagichlardan, TLX-18, TLX-15, TXG, PTX-20 rusumli transportyorlar va KLP-650 lentali konveyerlardan foydalaniladi.
    Buntlarni buzish yoki yopiq omborlardagi paxta g’aramlaridan paxtani olib pnevmatik quvurlar orqali quritish va tozalash-quritish tsexlariga yuborish uchun RB, RP, RBX-20 rusumidagi o’zi yurar paxta buntini buzgichlardan foydalaniladi.
    QMQ 2.10.01-96 «Qishloq xo’jaligi korxonalarining bosh tarhlari»ning 3.19-bandi bo’yicha paxta xomashyosini ochiq maydonlarda saqlayotgan buntlar va bunt guruhlari orasidagi yong’inga qarshi oraliq masofa 3.1 jadval bo’yicha belgilanadi.
    1.jadval



    Yong’inga qarshi oraliq masofa nomi

    Yong’inga qarshi oraliq

    1.

    Buntning bo’yi tarafdan

    30 metr

    2.

    Buntining eni tarafdan

    20 metr

    3.

    Buntning bo’yi va eni tarafdan

    30 metr

    4.

    Bunt guruhlari orasi

    30 metr

    Izoh: Buntning o’lchami 25 14 bo’lganda guruhdagi buntlar soni 4 tadan, 22 11 bo’lganda 6 tadan oshmasligi lozim.

    Paxta xom-ashyosi uyumlaridan buntlargacha bo’lgan yong’indan saqlash masofasi 20 metrdan kam bo’lmasligi kerak


    3.20 bandi bo’yicha paxta xom-ashyosi saqlanayotgan buntlardan bino va inshootlarga qadar bo’lgan masofa 3.2. jadval bo’yicha belgilanadi.
    2. jadval



    Yong’inga qarshi oraliq masofa nomi

    Yong’inga qarshi oraliq

    1.

    I-II darajadagi bino va inshootlaridan

    30 metr

    2.

    III darajadagi bino va inshootlaridan

    40 metr

    3.

    IV-V darajadagi bino va inshootlaridan

    50 metr

    4.

    Elektr yorish tayanchlaridan

    Tayanch balandligini kamida
    1.5 barobari

    5.

    Engil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar saqlash omborlaridan

    50 metr

    6.

    Tashkillashtirilgan temir yo’ldan

    50 metr

    7.

    Zavodning ichki temir yo’lidan

    30 metr

    8.

    Avtomobil yo’llaridan

    10 metr

    Paxtani qayta ishlash korxonalari va paxta tayyorlash punktlari hududidagi yopiq omborlardan qozonxonaning o’choq bo’limigacha bo’lgan oraliq masofa 20 metrdan kam bo’lmasligi kerak.

    Paxta tolasini saqlash jarayonining yong’in xavfsizligi


    Paxta tolasining tuzilishi alohida xususiyati va ularning yong’in xavfi paxtani saqlash joylarda yong’in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilinishini talab qilinadi.
    Paxtani qayta ishlash korxonalarida paxta tolalari yopiq binolar; bostirmalar, ochiq-maydonlarda taxlangan holatda (shtabellarda) saqlanadi.
    Paxta tolasi saqlanadigan yopiq binolar, bostirmalar yonuvchan va qiyin yonuvchan materiallardan qurilgan bo’lishi mumkin.
    Yopiq omborlarning paxta tolasi saqlanadigan bo’lim maydoni olov bardoshlik darajasiga qarab qabul qilinadi:
    I va II olov bardoshlik darajasida bo’lgan ombor binosi uchun –
    3000 m2;
    III-IIIB olov bardoshlik darajasida bo’lgan ombor binosi uchun –
    2000 m2.
    I–II olov bardoshlik darajasida bo’lgan omborlarda omborlar soni chegaralanmaydi, III-IIIB olov bardoshlik darajasida bo’lgan omborlarda ular soni 4 dan ortmasligi kerak.
    Korxonalardagi bostirmalarda saqlanadigan paxta tolasidan, ortish platformalardan va ochiq maydondagi paxta tolasi saqlanayotgan shtabellardan bino va inshootlariga qadar bo’lgan yong’inga qarshi masofa QMQ 2.10.01-96 ning 3.21-bandi 3.3-jadvali bo’yicha quyidagicha belgilanadi.
    Barcha yong’inga chidamlik darajadagi yopiq turdagi omborlar va bostirmalar, ochiq maydonda taxlangan paxta shtabellari tagidagi asoslari yonmaydigan materialdan tayyorlanishi shart.
    Ochiq maydonlarda paxta xom-ashyosini saqlash joylarining asosini balandligi yer sathidan 20 sm dan kam bo’lmasligi kerak.
    Ochiq maydondagi og’irligi 300 tonnagacha bo’lgan paxta xomashyosi saqlanadigan shtabellarning o’lchami uzunasiga 22 metr, kengligi 11 metr va balandligi 8 metrgacha bo’lishi lozim (25x14x8).
    Paxta tolalari faqat toy holatida saqlanadi, ochilib ketgan toylar (uringan toylar) alohida shtabellarga joylashtirilishi lozim.
    Yopiq turdagi omborlarda paxta tolalari yonmaydigan materialdan tayyorlangan taglik ustiga joylashtiriladi, bunda o’rtadan uzunasiga 2 metr kenglikda yo’lak qoldiriladi, va har bir eshik qarshisida ham hududi shunday kenglikdagi ko’ndalang yo’laklar qoldirilishi kerak. Paxta tolasi taxlanganda uning yuqorigi qismidan ombor tomidagi yonuvchan konstruktsiyalarigacha bo’lgan masofa 1 metrdan kam bo’lmasligi zarur.
    Paxta tolalari saqlanadigan bostirma polining maydoni 300 dan 600 m2 gacha bo’lsa, bunda kengligi 2 metrdan kam bo’lmagan bitta ko’ndalang yo’lak qoldiriladi. Agar maydon yuzasi 1200 m2 gacha bo’lsa 3 ta yo’lak, 1800 m2 gacha bo’lsa oralig’i bir xil bo’lgan 4 ta yo’lak qoldiriladi. Bostirmalarda saqlanadigan paxta tolasining yuqori qismidan tomning yonuvchi konstruktsiyalari o’rtasidagi oraliq 1 metrdan kam bo’lmasligi kerak.
    Paxtani qayta ishlash korxonalarida yuqori yong’in xavfini tug’diruvchi yonuvchan materiallarning (paxta, momiq va chang, yoqilg’i bilan ishlaydigan issiqlik agregatlari) tasnifini, shuningdek qayta ishlash vaqtidagi yong’inning sodir bo’lishiga sabab bo’luvchi manbalari mavjud.
    Paxtani qayta ishlash korxonalarida yong’inning chiqish sabablari:
    - elektr qurilmalarni yig’ishda va foydalanishda yong’in xavfsizligi qoidalarining buzilishi;
    - kichik mexanizatsiya vositalarining nosozligi;
    - paxtani quritish jarayonini buzilishi;
    - yong’inga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo’lishi;
    - avtotraktor texnikasi tutun quvuridan chiquvchi uchqun va hokazolar.
    Paxta - tolali yonuvchan modda, qo’yidagi asosiy yong’in xavfi harorat ko’rsatkichlari bilan ta’riflanadi:
    - alangalanish harorati - 2100S ;
    - o’z-o’zidan alangalanish harorati - 470-4310 S ;
    - o’zi yonish vaqtidagi cho’g’lash harorati - 2070 S.
    Turli yog’lar shimdirilgan paxta o’zi yonib ketish yuqori moyillikka ega.
    Toylar turkumi orasida YoQ oraliqlar kattaligi 30 m ga teng bo’lishi kerak.
    Toylarning yon tomonlari orasida YoQ oraliqlar kattaligi 20 m ga teng bo’lishi kerak.
    Paxta xom- ashyosi toylar saqlashga maydoncha 25x14m kattaligi bo’lganda toylar soni guruhda ko’pi bilan 4 toy bo’lishi kerak.
    Paxta xom ashyosi toylar saqlashga maydoncha 22x11m kattaligi bo’lganda toylar soni guruhda ko’pi bilan 6 toy bo’lishi kerak.
    Paxta buntning balandligi 8 metrgacha bo’lishi kerak.
    Yuqori kuchlanishli elektr liniyasidan paxta xirmoniga qadar xavfsizlik masofasi tayanch balandligini 1,5 baravar uzunlikda bo’lishi kerak.
    Korxonaning harakatdagi ichki temir yo’lidan paxta saqlash joyiga qadar bo’lgan xavfsizlik masofasi 30 metr bo’lishi kerak.
    Bunt va paxta saqlanayotgan ayvonlardan quritish – tozalash tsexi (SOTS)ga qadar bo’lgan xavfsizlik masofasi 30 metr bo’lishi kerak.
    Tayyor mahsulot ombori maydoni 1500 m2 dan oshmasligi kerak.
    3.1.2. Korxona hududi balandligi kamida 2 m li yonmaydigan materialdan yasalgan devor bilan o’ralishi kerak.
    3.1.3. Yo’llar va o’tish joylari avtotransport vositalari harakati uchun ochiq bo’lishi kerak. Avtomobil va traktorlarni paxta xirmonidan 100 metrdan kam bo’lmagan masofada ta’mirlashlari kerak.
    3.5.5. Korxona hududiga shaxsiy avtomobillarning kirishi taqiqlanadi.
    3.1.6. Korxona hududida vaqtinchalik inshootlar qurish, turar-joy binolari qurish taqiqlanadi.
    3.1.7. Korxona hududida quyidagi maqsadlar uchun darvozalar bo’lishi kerak:
    - avtotransport va o’t o’chirish mashinalari uchun;
    - temir-yo’l vagonlari o’tishi uchun;
    - odamlar o’tishi uchun.
    Ular doimo qo’riqlab turilishi yoki qulflab qo’yilishi kerak.
    Ularning kaliti esa qorovulxonada saqlanishi kerak.
    3.1.8. Temir yo’lning kesib o’tish joylariga, relьslarning yuzasi bilan barobar qilib yog’och to’shama solish kerak. O’tish joylarida vagonlar va harakatlanuvchi qismlarning to’xtab turishi taqiqlanadi.
    3.1.9. Kirish-chiqish darvozalarining eni kamida 4,5 m, balandligi esa 5 m bo’lishi kerak. Ularning tavaqalari ochiq holda ushlab turadigan moslama bilan ta’minlanishi kerak.
    3.1.10. Har bir paxta tayyorlash punkti, paxta tozalash zavodi va kanop zavodi hududi 5 ga dan katta bo’lsa, transport uchun kamida ikkita darvoza bilan ta’minlanadi.
    3.1.13. Suv havzalariga yoki tabiiy suv manbalariga borish uchun eni 3,75 m dan kam bo’lmagan qattiq yuzali yo’l va 12x12 m o’lchamli maydon qilinadi.
    3.1.14. Korxona hududida amaldagi standartlar talablariga binoan xavfsizlik belgilari, chiziqlar, kommunikatsiya va binolarga, inshootlarga, paxta va zig’ir g’aramlariga, suv havzalariga kelish yo’llari qulay bo’lishi kerak va h.k.
    3.2.2. Ishlab chiqarish chiqindilari korxona hududidan olib chiqib ketguncha maxsus bunker yoki transport vositalarida yig’ilishi kerak. Ularni yerga to’plash va korxona hududida yoki undan 150 m yaqinda yoqib yuborish taqiqlanadi.
    3.2.3. Barcha bino va inshootlarga kelish yo’llari ochiq bo’lishi kerak. Binolar orasidagi yong’inga qarshi oraliqlarga xom ashyo, tayyor mahsulot, material va boshqa narsalarni taxlab qo’yish, avtotransport, traktor, kombayn va boshqa qishloq-xo’jalik texnika vositalarini joylashtirish mumkin emas.
    3.2.4. Yoz oylarida bu oraliqdagi o’tlarni vaqti-vaqti bilan o’rib turish kerak. Lekin o’rilgan o’tlarni u yerda quritish va to’plab qo’yish taqiqlanadi.
    3.2.5. Yo’llarni sozlash ishlari faqat korxona rahbarining ruxsati bilan yong’in xavfsizligi boshlig’i ogohlantirilgan holda olib boriladi.
    3.2.6. Korxona hududida qurilish materiallarini, mahsulot, detallar, mashina mexanizmlari va x.k. larni betartib saqlash taqiqlanadi.
    3.2.7. Korxona hududida nosoz lokomotiv (teplovoz, motovoz)lardan foydalanish taqiqlanadi.
    3.3.8. O’tni to’suvchi devorlar va shiplar alanganing tarqalishiga to’sqinlik qiluvchi moslamalar (yong’inga qarshi eshik, shiber, zaslonka, tutunga qarshi moslama) bilan ta’minlanishi kerak.

    Nazorat savollari.


    1.Yong'in xavfini tug'diruvchi asosiy vositalar nimalardan iborat?
    2. Yong'inga qarshi oraliqlar deganda nimani tushunasiz?
    3. Neft va neft mahsulotlari omborlari va neft mahsulotlarini saqlash parklari haqida ayting
    4. Qanday Meyoriy hujjat talablarini bilasiz?

    Download 4,59 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 4,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasi yong’in va yonish-portlash xavfsizligi namangan-2022

    Download 4,59 Mb.