8-ma’ruza. Yong’in paytida odamlarni binolardan evakuatsiya qilish
Reja:
Mazkur bo‘lim talablari odamlarni o‘z vaqtida va uzluksiz evakuatsiya qilishga yo‘naltirilgan:
Evakuatsiya yo‘llari
Zina va zina kataklari bo`yicha evakuatsiya
Tayanch so’z va iboralar: Evakuatsiya, mexanizmlar, yonish, alangalanish chegaralari, xavflilik darajasi,yonish tezligi,tarqalish tezligi, katta diapazon,kuchlanish,muhofaza qobig'i,uchqun, shikastlanish,evakuatsiya chiqish yo‘llari.
Kutilmaganda va birdan mavjud bo`lgan xavfli vaziyatlarda (yong`in, portlash, avariya, yer qimirlashi) korxonadan barcha ishlovchilarni tezda va xavfsiz evakuatsiya qilish talab qilinadi. Bunda odatda, evakuatsiya qilish qisqa vaqt ichida barcha ishlovchilarni bino yoki xonadan tashkariga yo`naltirish kerak bo’ladi. To`qimachilik korxonalarida mashinalar ancha zich joylashtirish tufayli va texnologik jarayonning birmuncha murakkabligi, ya’ni odamlarning ko`pligi tufayli evakuatsiya talablari xam o`ziga xos murakkabliklarga ega. Xavfsiz evakuatsiya qilishda vaqt asosiy talablar ana shundan kelib chiqadi. Bu talablar evakuatsiya yulaklarining uzunligi, kengligi, ularning soni, qulayligi, joylashtirilishi va shunga o`xshashlardir. Eng uzoq ish joylaridan evakuatsiya eshigigacha bo`lgan masofa ishlab chiqarishning toifasiga, binoning o’tga chidamlilik darajasiga va uning necha qavatli ekanligiga bog’liq. Ma’lumki, to’qimachilik sanoatining asosiy sexlari “V” toifasiga mansubdir. Shuning uchun bir qavatli binolarda bu masofa 50-100 m, ko’p qavatli binolarda esa 30-75 ni tashkil etadi.Vestibyul, zinapoyalarning yoki tashqariga olib chiqadigan koridorning xona eshigidan uzunligi 25 m dan oshmasligi kerak. Koridorlardan kamida ikkita evakuatsiya chiqish yo’li bo’lmog’i kerak. Evakuatsiya uchun xizmat qiladigan yo’laklar, zinapoya maydonchalarining kengligi xisoblab topiladi, lekin ular bir metrdan, koridorlarning kengligi esa 1,4 m dan kam bo’lmasligi kerak. Marshlarning eni 1,4 m dan kam bo’lmasligi kerak. Marshlarning eni 1,05-2,4 m, eshiklarning eni 0,8-2,4 m bo’lib binodan tashqariga ochilishi kerak. Evakuatsiya zinapoyalari kishilarni xavfsiz evakuatsyai qilinishini, ularning tartibli xarakatini, yong’in vaqtida o’t o’chiruvchi qismlarning erkin xarakat qila olishini ta’minlash kerak. Bu maqsadda qurilgan zinapoya kataklari, odatda atrofi yopiq va tabiiy yorug’lik tushadigan qilib hamda yonmaydigan qurilish materiallaridan ishlatilgan xolda ko’riladi.
Ishlab chiqarish korxonalarining yordamchi binolari uchun (ma’muriy, konstruktorlik byurosi, maishiy, umumiy ovqatlanish, tibbiy punkt va shunga o’xshash) yong’inga qarshi talablar SNiP II-92-76 da belgilangandir. Sexlardan evakuatsiya maqsadida chiqish eshiklari ikkitadan kam bo’lmasligi kerak. Bitta chiqish eshigi faqatgina sexdagi odamlar soni 50 tadan kam bo’lgan xoldagina bo’lishi mumkin. Evakuatsiya yo’laklari (zinapoya kataklari, yo’laklar, lift oldi maydonchalarida pardozlash uchun yonuvchi materiallar ishlatish taqiqlanadi.
Mazkur bo‘lim talablari odamlarni o‘z vaqtida va uzluksiz evakuatsiya qilishga yo‘naltirilgan:
- Yong‘inning xavfli omillari ta’siriga yo‘liqishi mumkin bo‘lgan odamlarni qutqarishga;
- odamlarni evakuatsiya yo‘llarida yong‘inning xavfli omillari ta’siridan himoyalash;
Odamlarni mustaqil tashkillashtirilgan holda yong‘inni xavfli omillari mavjud xonadan tashqariga chiqish harakati evakuatsiya jarayoni xisoblanadi. Axolining kam harakatlanishi guruhiga kiruvchi odamlarning xizmat ham evakuatsiya hisoblanadi. Evakuatsiya - evakuatsiya chiqish yo‘llari orqali amalga oshiriladi.
Odamlarga yong‘inning xavfli omillari ta’sir etganda yoki, shunday ta’sir xavfi bevosita taxlid solganda majburiy harajatlanishi, qutqarishga kiradi. Qutqarish ishlari ham yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yordamida yoki maxsus o‘rgatilgan xodimlar tomonidan, shu jumladan, maxsus qutqaruv vositalaridan foydalanilgan holda evakuatsiya va avariya chiqishlari orqali mustaqil amalga oshiriladi. Odamlarni evakuatsiya yo‘llarida himoya qilish xajmiy-rejaviy, iqtisodiy, konstruktiv, muxandislik-texnik va tashkiliy tadbirlar majmuasi bilan ta’minlanadi. Xona miqiyosida evakuatsiya yo‘llari, shu xonadan evakuatsiya chiqish yo‘llari orqali, ularda yong‘in o‘chirish va tutunga qarshi himoya vositalari hisobga olmagan holda odamlarni bexatar evakuatsiya qilishi ta’minlashi lozim. Xonalar tashqarisida evakuatsiya yo‘llarini himoyasi odamlarni bexatar evakuatsiya qilish sharoitidan kelib chiqib, evakuatsiya yo‘liga chiqadigan xonalarning funksional yong‘in xavfi evakuatsiya qilinuvchilar soni, binoning yong‘in bardoshlik darajasi va konstruktiv yong‘in xavflik sinfi, qavatdan va butun binodan evakuatsiya chiqish sonini hisobga olgan holda nazarda tutish kerak. Xonalar va xonalardan tashqaridagi evakuatsiya Yo‘llaridagi konstruksiyalarning yuza qatlamlari uchun qo‘llaniladigan (pardozlov va qoplamalar) qurilish ashyolarining yong‘in xavfi, xona va binoning funksional yong‘inga xavfi va evakuatsiya Yo‘llarini himoyalash bo`yicha boshqa tadbirlarni hisobga olgan holda cheklanishi lozim.
Quyidagi talabga mos kelmagan odamlarni qutqarishga mo‘ljallangan tadbirlar va vositalar, hamda chiqishlar, barcha xonalar va binolardan evakuatsiya jarayonini tashkil etishda va loyihalashda e’tiborga olinmaydi.
A va B toifadagi F5 sinfga mansub xonalarni bir vaqtni 50 dan ortiq odam to‘planishi uchun mo‘ljallangan xona ostida, hamda yerto‘la va sokol qavatlarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
F1.1, F1.2, va F1.3. sinfga mansub xonalarni yerto‘la va sokolqavatlarida joylashtirishga yo‘l ko‘yilmaydi.
Binolarni tutunga qarshi himoyasi KMK 2.04.05-96 ga binoan bajarilishi lozim. Bunda yong‘in vaqtida tutunga qarshi himoya vositalari (tutun chiqarish qopqoqlari, tusiqlar havo bosimi xosil qilish va tutun tortish ventilyatorlari) saqlash uchun, avtomat tarzda ishga tushishi kerak. Yong‘inni bildirmoq tartibi xozirgi meyoriy xujjatlar talablariga qarab bajarmoqligi lozim. Yong‘in vaqtida odamlar xavfsizligi taminlash bo‘yicha tadbirlarning samaradorligi xisoblash yo‘li bilan baholanishi mumkin.
Evakuatsiya va avariya chiqish yo‘llari
Chiqish Yo‘llari evakuatsiya yo‘li bo‘lib xisoblanadi, agar ular olib chiqsa:
a) 1 qavat xonasidan tashqariga
- bevosita;
- Yo‘lak orqali;
- vestibyul orqali (foye);
- zina katagi orqali;
- Yo‘lak va vestibyul (foye) orqali;
- Yo‘lak va zina katagi orqali.
b) birinchidan tashqari, istalgan qavatdagi xonasidan:
- bevosita zina katagiga Yoki 3-turdagi zinaga;
- bevosita zina katagiga Yoki 3-turdagi zinaga olib chiquvchi yo‘lakka;
- bevosita zina katagiga Yoki 3-turdagi zinaga chiqishi bo‘lgan xol (foye)ga.
v) a) va b) da ko‘rsatilgan chiqish yo‘li bilan ta’minlangan, Shu qavatdagi qo‘shni xonaga (A va B toifadagi F5 sinfiga mansub xonadan tashqari ) A va B toifadagi xonaga chiqish, evakuatsiya xisoblanishiga yo‘l qo‘yiladi, agar u yuqorida eslatilgan A va B toifadagi xonalarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, doimiy ishchi o‘rinlarisiz texnik xonadan olib chiqsa. YErto‘la va sokolqavatdan evakuatsiya xisoblanadigan chiqish yo‘llarini, odatda, binoning umumiy zina kataklaridan aloxida, bevosita tashqariga chiqishi nazarda tutilishi lozim.
Yo‘l qo‘yiladi:
- er to‘ladan evakuatsion chiqish Yo‘llarini umumiy zina kataklari orqali, tashqariga aloxida chiqishi Yo‘li nazarda to‘tilishiga, agar zina katagi boshqa qismlardan 1-turdagi Yong‘inga qarshi to`siq devor bilan ajratilgan bo‘lsa:
- V, G va D toifadagi xonalar joylashgan erto‘la va sokol qavatlardagi evakuatsiya joylari, F5 sinfiga mansub binolarning birinchi qavatida joylashgan G, D xonalarga va vestibyul orqali nazarda tutilgan bo‘lsa va 6.29 talabnomiga rioya qilishi zarur:
- F2, F3 va F4 sinfiga mansub binolarning yerto‘la va sokol qavatlarida joylashgan foye, yechinish xonalari, chekish xonalari va sanitariya qismlaridan evakuatsiya chiqish joylari, aloxida 2- turdagi zinalar bo‘yicha birinchi qavatlagi vestibyul orqali nazarda tutilgan bo‘lsa;
-xonalardan evakuatsiya chiqish Yo‘llari 2-turdagi zinaga, Yo‘lak orqali (foye, vestibyul) bu zinaga olib boruvchi bo‘lishi kerak lekin meyoriy xujjatlarning talablarida ko‘rsatilgan bo‘lsa.
- binodan, erto‘la va sokol qavatdan bevosita tashqariga chiqish joyini tambur bilan jixozlashgan. Evakuatsiya chiqish yo‘llari bo`lib xisoblanmaydi, agar ularning bo‘shliqlarida suruluvchi va ko‘tarilib-tushuvchi eshiklar va temir Yo‘l harakatli tarkibi uchun darvozalar, aylanuvchi eshiklar va turniketlar o‘rnatilgan bo‘lsa. Temir yo‘l harakatli tarkib uchun mo‘ljalangan darvozalar o‘zidagi ochiluvchi eshiklar evakuatsiya chiqish yo‘llari xisoblanishi mumkin.
Xonalardan, qavatlardan va binolardan evakuatsiya chiqish yo‘llarini soni va umumiy kengligi, ular orqali evakuatsiya qilinishi extimoli bo‘lgan odamlarning maksimal soniga va odamlar mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan (ishchi joyidan ) eng yaqin evakuatsiya chiqish joyigacha bo‘lgan eng uzoq masofaga bog‘liq. Turli funksional yong‘in xavfiga ega va yong‘inga qarshi to‘siqlar bilan ajratirilgan bino qismlari mustaqil evakuatsiya chiqish yo‘llari bilan ta’minlanishi shart.
Ikkitadan kam bo‘lmagan evakuatsiya chiqish yo‘llari bo‘lishi kerak:
- bir vaqtni uzida 10 dan ortiq odamni bo‘lishi mo‘ljallangan F1.1. sinfga mansub xonalardan, smenada ishlovchilarni eng ko‘p soni 5 kishidan ortiq bo‘lgan A va B toifadagi F5 sinfga mansub, V toifadagi xonadan:
- 25 kishidan ko‘p yoki maydoni 1000 kv m ortiq xonadan;
- bir vaqtni o‘zida 6 tadan 15 odam bo‘lishiga mo‘ljallangan erto‘la va sokol qavatdagi xonalardan bunda ikkitadan bita chiqish 5.20 «d» band talabiga binoan nazarda tutishga yo‘l qo‘yiladi;
- bir vaqtda 50 dan ortiq odam bo‘lishiga mo‘ljallangan xonalardan;
- jixozlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan F5 sinfiga mansub xonalardagi ochiq javonlar va maydonchalardan, bunda yarus pol maydoni -100 kv.m. dan ortiq bo‘lganda- A va B toifadagi xonalar uchun va 400 kv.m. ortiq bo‘lganda –ikkala toifadagi xonalar uchun.
Ikki qavatda joylashgan F1.3. sinfga mansub xonalar (xonadonlar), yuqori qavat 15 m dan baland joylashganda, har birqavatdan evakuatsiya chiqish joyiga ega bo‘lishi lozim. qavatlari kamida ikki evakuatsiya chiqish joylariga ega bo‘lishi kerak:
- F1.1;F1.2; F2.1;F2.2; F3; F4. sinfga mansub binolar;
-qavatdagi kvartiralar umumiy maydonidan kelib chiqib F1.3. sinfga mansub binolar, seksiya turdagi binolar uchun seksiya qavatida -500 kv.m. dan ortiq bo‘lsa; maydoni kam bo‘lganda (qavatdan bita evakuatsiya chiqish Yo‘li
bo‘lganda) 15 metrdan ortiq, balandlikda joylashgan xar bir kvartira 5.20 band bo‘yicha evakuatsiya chiqish joyidan tashqari, avariya xolati chiqish joyiga ega bo‘lishi kerak;
- A va B toifasi mavjud F5 sinfiga mansub binolar, bunda ishlovchilar soni eng ko‘p smenada 5 tadan ortiq odamni tashqil qilsa, V toifada 25 ta odamni tashkil qilsa;
Erto‘la va sokolqavatlari maydoni 300 kv. m. dan ortiq bo‘lganda, yoki bir vaqtni o‘zida 15 tadan ortiq odam mavjud bo‘lishi uchun mo‘ljallanganda 2 tadan kam bo‘lmagan evakuatsiya chiqish Yo‘llariga ega bo‘lishi kerak.
Balandligi 15 metrdan ortiq bo‘lmagan F1.2; F 3 va F 4.3. sinfiga mansub va maydoni 300 kv.metrdan ortiq bo‘lmagan, hamda odam soni 20 -ta dan ortiq bo‘lmagan hamda zina katagiga chiquvchi 2-turdagi eshik bilan (2-chi jadval bo`yicha) jixozlagan bino qavatlaridan (Yoki qavatning boshqa qismidan yong‘inga qarishi tusiq bilan ajratilgan qavat qismidan) bita evakuatsiya chiqish yo‘li o‘rnatishga ruxsat beriladi.
Qo‘llanish:
1.Binoning balandligi yuqori qavatning joylashtirish joyidan balandligi deb, tepadagi texnik qavatning hisobga olmagan holatda hisoblanadi.
2.Qavatning balandligi yong‘in mashinalar yurgan yuzidan tashqari devordagi derazaning ochiq bo‘lgan xolatdagi chegarasigacha masofasi xisoblanadi.
Qavat ikkitadan kam bo‘lmagan evakuatsiya chiqish joyiga ega bo‘lishi kerak, agar qavatda 2ta dan kam bo‘lmagan evakuatsiya chiqish yo‘liga ega bo‘luvchi xona joylashgan bo‘lsa.
Binodan evakuatsiya chiqish joylari va yo‘llarning soni, binoning istalganqavatidagi evakuatsiya chiqish joylari sonidan kam bo‘lmasligi kerak. Ikki va undan ortiq evakuatsiya chiqish yo‘llari mavjud bo‘lsa ular tarqatilgan holda joylanishi kerak.
Ikki evakuatsiya chiqish joylari o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda ularning har biri xonada, qavatda Yoki binoda mavjud bo‘lgan hamma odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilinishini ta’minlash lozim.
Barcha uzoq masofali evakuatsiya chiqish joyilaridan eng kichik «L» uzunligi pastda kursatilgan tenglamalar Yordamida topiladi:
L > binoning xona ichidan
L > bino yo‘lakdan
bu erda: P – xonaning perimetrii (to‘rtta devorning uzunglingning yig‘indisi);
n - evakuatsiya chiqish joylarning soni;
D – Yo‘lak uzunlini, m.
Ikkitadan ortiq evakuatsiya chiqish joylari mavjud bo‘lsa, xonadagi, qavatdagi Yoki binodagi hamma odamlarni bexatar evakuatsiya qilish ularning har biridan tashqari, hamma evakuatsiya chiqish joylari bilan ta’minlanishi kerak.
Evakuatsiya chiqish joylari balandligi 1.9 m dan, eni esa kam bo‘lmasligi kerak:
- 1.2 m dan – F1.1 sinfga mansub xonadan evakuatsiya qilinadiganlar soni 15 kishidan ortiq bo‘lganda, boshqa vazifaviy Yong‘inga xavfli xona va binolardan, F1.3 sinfga mansublari-50 kishidan ortiq bo‘lganda bundan mustasno.
- 0.8m dan – bo‘lgan hamma xollarda.
Zina kataklari tashqi tarafdagi eshiklari va zina kataklaridan vestibyuldan chiquvchi eshiklar eni xisob buyicha, Yoki zinapoya eni 5.29 banda belgilangan zinapoya enidan kam bo‘lmasligi lozim. Barcha xolatlarda ham evakuatsiya chiqish Yo‘llarning eni Shunday bo‘lishi kerakki, ochiq joy yoki eshik orqali o‘tuvchi evakuatsiya yo‘lini geometriyasini hisobga olgan holda, odam yotgan zambilni bemalol olib o‘tish mumkin bo‘lsin. Evakuatsiya chiqish joylaridagi eshiklar va evakuatsiya Yo‘lidagi boshqa eshiklar binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi lozim.
Eshiklarni ochilish yo‘nalishi meyorlanmaydi:
a) F1.3 va F1.4 sinfga mansub xonalar uchun;
b) bir vaqtda 15 dan ortiq kishi to‘planmaydigan xonalar uchun, A va B toifadagi xonalar bundan mustasno;
v) satxi 200 kv m dan ortiq bo‘lmagan, doimiy ishchi o‘rini bo‘lmagan omborxonalar uchun;
g) sanitariya qismlari uchun;
d) 3-turdagi zina maydonchasiga chiqish uchun;
e) shimoliy qurilish iqlimli mintaqasida joylashgan binolar tashqi eshiklari uchun.
Qavatlararo yo‘laklardan, xollardan, foyelardan, vestibyullardan va zina kataklaridan evakuatsiya chiqish Yo‘llari eshiklari, ularni kalitsiz erkin ochilishiga xalakat beruvchi to‘siqlar bo‘lmasligi lozim.
Balandligi 15 m. dan ortiq binolarda xonalardan tashqari bu eshiklar ochilmagan yoki qalin oynadan bo‘lishi kerak. Zina kataklarida eshiklar o‘z-o‘zidan yopilishi uchun moslamalar va zichlagichlariga ega bo‘lishishart. Tashqariga yoki xonalarga olib boradigan eshiklar zina kataklar tomonidan o‘z-o‘zidan yopiladigan va zichlagichlar uchun asboblar bo‘lishi shart emas. Umumiy yo‘laklarga olib chiquvchi zina kataklari eshiklari, lift xollari eshiklari, doimiy havo bosimi bo‘lgan shlyuz-tambur eshiklari o‘z-o‘zidan yopilishi uchun moslamalar va zichlagichlarga ega bo‘lishi lozim, yong‘in vaqtida havo bosimi bo‘lgan tambur-shlyuz eshiklari va majburiy tutunga qarshi himoyali xonalar eshiklari, esa ularni o‘t tushgan vaqtda Yopilishi uchun avtamatikaga ega bo‘lishi kerak. Evakuatsiya chiqish joylari, talablarga javob bermaydigan chiqishlarga avariyaviy sifatida qaralishi mumkin va yong‘in vaqtida odamlar xavfsizligini oshirish uchun mo‘ljallanishi mumkin. O‘t tushgan chog‘da avariya chiqish joylari evakuatsiya vaqtida hisobga olinmaydi.
Avariya chiqish joylariga kiradi:
a).eshik yoki lyuk o`lchamlari va zina bo‘lishi «d» band bo`yicha;
b).ochiq balkonga yoki lodjiyaga eni 1.2 m dan kam bo‘lmagan, balkon Yonidan, deraza bo‘shlig‘igacha (oynavand eshik) tuynuksiz pardevorli Yoki oynavand bo‘shliqlar orasi eni 1.6m dan kam bo‘lmagan (lodjiyaga) chiquvchichiqish joylari;
v).eni 0.6 m dan kam bo‘lmagan F1.3. sinfga mansub binoning tutash bo‘limiga ochiq o‘tish joyiga yoki havo mintaqasi orqali tutash yong‘in bo‘linmasiga olib chiqish joyi;
g). balkon va lodjiyalarni qavatma-qavat bog‘lovchi tashqi zina bilan jixozlangan, balkon va lodjiga chiqish joyi;
d).pol satxi-4,5 metrdan past va + 5.0 m dan baland bo‘lmagan, o‘lchamlari 0,75x1,5m dan kam bo‘lmagan deraza yoki eshik orqali, hamda o‘lchamlari 0,6x0,8m dan kam bo‘lmagan lyuk orqali, bunda chiqish xonadagi lyuk-zina orqali, bevosita xonadan tashqariga chiqish joylari; bu zinalarning qiyaligi meyorlanmaydi;
e) o‘lchamlari va zinalari I bo‘yicha, deraza, eshik yoki lyuk orqali, Yong‘inbardoshliligi I va II darajali SO va S1 sinfga mansub bino tomiga chiqish.
Faqat muxandislik tarmoqlari o‘tkazish uchun mo‘ljallangan texnik qavatlardan, o‘lchamlari 0,75x1,5 m dan kam bo‘lmagan eshiklar orqali, hamda 0,6x0,8m dan kam bo‘lmagan yuklar orqali evakuatsiya chiqish joylarisiz, avariya chiqish joylari nazarda to‘tilishiga yo‘l qo‘yiladi. Texnik qavat maydoni 300 m2gacha bo‘lganda bir chiqish joyi mo‘ljallanishiga ruxsat etiladi, keyingi har bir, to‘la yoki to‘liqsiz 2000 m2 maydonga, yana kamida bir chiqish joyi ko‘zda tutilishi lozim.Texnik qavatlarda evakuatsiya chiqish joyilari 1,8 m dan kam bo‘lishi mumkin emas.Bu chiqish joylarini texnik yerto‘lalarda, binodan chiqish joylaridan aloxida bo‘lishi va bevosita tashqariga olib chiqishi lozim.
Nazorat savollari
Evakuatsiya yo‘llari haqida ayting.
2. Zina va zina kataklari bo`yicha evakuatsiya qilishda nimaga ahamiyat berish kerak?
|