Bo’tqalar. (Electuaria). Xamir konsistentsiyasiga ega bo’lgan ichga ishlatish uchun mo’ljallangan dori turi. Ko’pincha cho’chqa, otlarga beriladi. Bo’tqalar quyuq (electuaria spissa) va quyuqroq (Electuaria tenua) konsistentsiyada bo’ladi. Quyuq bo’tqa qoshiqdan oqmaydi, quyuqrog’i esa qoshiqdan shinniga o’xshab oqadi. Bo’tqalarda zaharli va kuchli ta'sir etuvchi dorivor moddalar yozilmaydi, chunki dozalarga bo’lish qiyin. Shuningdek, yomon yoqimsiz xidli, ta'mli tez parchalanadigan moddalar ham bo’tqalarga qo’shilmaydi
Yordamchi moddalar sifatida chuchkmiyani poroshogi, gulhayri ildizi poroshogi, un, shakar qiyomi, asal, o’simlik ekstrakti va sharbatlari, moylar, balzamlar, smolalar ishlatiladi.
I.Е.Mozgov taklifiga ko’ra quyidagi miqdorda olinadi: agar bo’tqalar o’simlik porshogidan tayyorlansa
- Shilimshiq moddalar 1/5-1/2, qiyom va asal - 1/2-3/4, moylar - 1 qism.
Agar bo’tqalar noorganik birikmalardan tayyorlansa - shilimshiq moddalar 1/2-1/3, o’simlik ekstrakti va sharbatlar -1/2-3/4, qiyom va asal - 1 qism.
Agar bo’tqalar balzam va yoqlardan tayyorlansa - o’simlik porshogi -1/2-1/3 olinadi.
|