Mustaqil bajarish uchun vazifalar




Download 6,71 Mb.
bet436/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   517

Mustaqil bajarish uchun vazifalar


  1. Vazifa. Pedagogik texnologiyaning «Klaster» usulida «Polimer dori pardalar texnologiyasi» bog‘lamini yarating.

2. Vazifa. Furatsilindan dermotologik polimer pardani tayyorlash:

Tarkib:


Furatsilin 0.02g

Jelatin 10,0 g yoki MS 3,0 g

Glitserin 2,0 g

Tozalangan suv 100,0 g gacha

Texnologiya: Laboratoriya sharoitida pardani tayyorlash uchun oldin furatsilin issiq suvda eritiladi va hosil bo‘lgan eritmada polimer modda eritiladi. Buning uchun jelatin furatsilinning eritmasi bilan 45-60 daqiqaga bo‘ktirib qo‘yiladi, so‘ng glitserin qo‘shilib, polimer modda eriguncha aralashma suv hammomida qizdiriladi. Hosil bo‘lgan eritma yupqa qavat qilib Petri idishchalariga quyiladi va quritish uchun uy haroratida qoldiriladi.


  1. Vazifa. Furatsilindan dermotologik polimer pardani tayyorlash:

Tarkib:

Furatsillin 0,002 g

NaKMS 2,8 g

Glitserin 1,0 g

Tozalangan suv 96,2 g

Texnologiya: furatsillin issiq suvda eritiladi. 2,8 g NaKMS shisha stakanga joylashtiriladi va unga furatsellining iliq eritmasi quyiladi va 30 daqiqaga bo‘kish uchun qoldiriladi. So‘ng aralashma suv xammomida isitilib turgan xolda gomogenlashtiriladi. Bir xil gomogen massaga glitserin qo‘shiladi, aralashtiriladi va Petri idishchalariga quyiladi va uy xaroratida quritiladi.



3. Vazifa. Etakridin laktatdan dermotologik polimer tayyorlash:

Tarkib:


Etakridin laktat 0,2

PVP (yoki jelatin) 10,0

Glitserin 2,0

Tozalangan suv 100,0 g gacha

Texnologiya:

a. Dori moddani suvdagi eritmasini olish: etakridin laktat issiq suvda eritiladi va suziladi.

b. Tayyorlangan eritmada polimerni eritish. Tortilgan polimerga (PVP yoki jelatin) etakridin laktatning suvli eritmasi qo‘shiladi va 30 daqiqaga qoldiriladi, so‘ng glitserin qo‘shib suv hammomida eriguncha aralashtiriladi.

v. Sistemani yupqa qavat qilib quyish;

g. Quritish (uy haroratida) va jihozlash

4. Vazifa. Etakridin laktatdan dermotologik polimer tayyorlash:

Tarkib:


Etakridin laktat 0,2

MS 3,5


Glitserin 1,0

Tozalangan suv 95,3 ml

Texnologiya: 0,2 etakridin laktat 95,3 ml issiq suvda eritiladi. Undan keyin 3,5 g MS ga tayyorlangan issiq eritmaning yarmi qo‘shiladi va 35-40 daqiqaga qoldiriladi (bo‘kish uchun). Bo‘kkan massaga eritmaning qolgan qismi qo‘shiladi va bir xil gomogen massa xosil bo‘lguncha aralashtiriladi va oxirida 1,0 glitserin qo‘shilib massa Petri idishchalariga quyiladi va uy xaroratida 40-48 soat quritiladi.


Download 6,71 Mb.
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   517




Download 6,71 Mb.