|
PDP lardagi erish vaqti ko‘rsatkichi
|
bet | 432/517 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #15312 |
PDP lardagi erish vaqti ko‘rsatkichi ham boshqa ko‘rsatkichlardan kam ahamiyatga ega emasdir. Bu ko‘rsatkichni aniqlash sharoiti va pardaning erish vaqti adabiyotdagi manbalarda keltirilgan. Masalan, alxidin saqlovchi pardani erish vaqti quyidagicha aniqlandi: 1 ta parda 5 ml suvda eritildi va 5 daqiqa davomida vaqti-vaqti bilan chayqatib turildi. Bunda pardaning erish vaqti xona haroratida 1 soat atrofida bo‘ldi. Apilak saqlovchi 2 ta parda probirkaga solindi va ustiga 1 ml tozalangan suv qo‘shildi. Pardani 5 daqiqa davomida vaqti-vaqti bilan chayqatib turildi. Shunda pardani erish vaqti 2 soat atrofida bo‘lishi aniqlandi. Anilokain saqlovchi o‘lchami 1 x 2 sm li parda namunasi 2,5 ml xona haroratidagi suvda eritildi va vaqti-vaqti bilan chayqatib turilib pardani butunlay erish vaqti belgilandi. Yod saqlovchi vinil spirtining sopolimeri asosli, yuzasi 1 sm2 bo‘lgan parda namunasiga 1 sm3 tozalangan suv quyildi va 40°S da ushlab turildi. Bunda parda 1soat davomida erib ketgan.
Metronidazol PDP ni erish vaqtini aniqlash. Buning uchun PDP ni pardani 50 ml hajmdagi kolbaga solinadi. Unga 25 ml tozalangan suv (37o-400S gacha qizdirilgan) qo‘yiladi va soniyasiga 1-2 marta chayqatib turiladi. Parda to‘liq erib ketishini soniya bo‘yicha belgilanadi.
Polimer pardalarning yana bir aniqlanadigan xossasi bu - adgezion xususiyati va suvni absorbsiyalash darajasi.
Adgeziya bu - patologik o‘choqda ta’sir etishini davomlililigini va samaraliligini aniqlovchi substrat bilan pardani bog‘lanish kuchidir.
Suvni absorbsiyalash darajasi bu-yutilgan suyuqlikning pardaning fizik-kimyoviy xususiyalariga katta ta’sir qilib, biologik faol birikmalar diffuziya yo‘li bilan ko‘chirilishidir, bu esa PDP ni suvni yutish xususiyatiga bog‘liqligidadir.va u maxsus adabiyotlarda keltirilgan usul bo‘yicha baholanadi.
|
| |