Polimer pardalarning tashqi ko‘rinishi




Download 6,71 Mb.
bet431/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   517
Polimer pardalarning tashqi ko‘rinishi vizual baholanadi. Bunda PDP ning rangiga, tiniqligiga, o‘lchamiga, bir xilligiga, havo pufakchalari va mexanik aralashmalar bo‘lmasligiga e’tiborni qaratiladi. Adabiyotlarda keltirilgan usullar yordamida PDP rangi va tiniqligi aniqlanadi.

Og‘irligi. O‘rtacha og‘irligini aniqlashda tortish usulidan foydalaniladi. Har bir tayyorlangan polimer parda tarozida aniq tortiladi.

pH ko‘rsatkichini aniqlash. Polimer pardaning pH ko‘rsatkichi muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri bo’lib, uni aniqlash uchun PDPning 1:10 nisbatdagi suvli eritmasida DF XI bo‘yicha potensiometrik usulda aniqlanadi. Masalan, anilokain saqlovchi, og‘irligi 0,5 g bo‘lgan polimer parda namunasi 50 ml xona haroratidagi tozalangan suvda eritildi, aralashtirildi va parda eritmasining pH ko‘rsatkichi potensiometrik usulda aniqlandi. Apilak saqlovchi ko‘z dori pardasining pH ko‘rsatkichini aniqlash uchun esa 5 ta polimer parda 10 ml tozalangan suvda eritiladi va uni pH ko‘rsatkichi potensiometrik usulda aniqlanadi. Eritmaning pH ko‘rsatkich 4,5 – 5,5 ga teng bo‘lishi aniqlandi.

Alxidin saqlovchi stomatologik 2 ta parda 20 ml distillangan suvda eritiladi va eritmaning pH 5,5 – 7,5 ga teng ekanligi aniqlandi.

Metronidazol PDP ni pH ko‘rsatgichini aniqlash uchun PDP yarmini kolbaga solib 50 ml tozalangan suvda 370 S da eritiladi. So‘ng filtr qog‘oz orqali filtrlandi. Filtrat pH ko‘rsatkichi pontensiometrik yoki lakmus іndikator qog‘ozi yordamida aniqlanadi.


Download 6,71 Mb.
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Polimer pardalarning tashqi ko‘rinishi

Download 6,71 Mb.