|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 443/517 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #15312 |
Vaziyatli masalalar:
“Spansula va medulalar tuzilishida farq bormi?” – degan savolga talaba “Farqi yoq. Ikkalasi ham qattiq qopqoqli jelatina kapsulaga joylangan turli qalinlikdagi qobiq bilan qoplangan mikrokapsulalar yoki mikrodrajelardan tashkil topgan” – deb javob berdi. Bu to‘g‘rimi?
Membrana tuzilishdagi TTS quyidagi qatlamlardan tashkil topgan: dori modda saqlagan polimer matritsa, himoyalovchi qatlam, adgezion qatlam. Bu to‘g‘rimi?
Matritca tuzilishdagi TTS quyidagi qatlamlardan tashkil topgan: dori modda saqlagan polimer rezervuar, himoyalovchi qatlam, adgezion qatlam va membrana. Bu to‘g‘rimi?
“Retard, durula, lontab va dupleks turdagi tabletkalarni keksa yoshdagi bemorlarga berish uchun dozasini kamaytirish maqsadida nechta qismga bo‘lish mumkin?” – degan savolga talaba: “2, 3 yoki 4 qismga bo‘lish mumkin” – deb javob berdi. Javob to‘g‘rimi?
|
| |