|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 451/517 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #15312 |
Tushuntirish matni
Durula turdagi tabletkalar. Bunday tabletkalar “karkasli” yoki “skeletli” deb ataladi, chunki ular qattiq erimaydigan skelet asosida olinadi. Ta’sir etuvchi modda qattiq erimaydigan skelet asosi bilan preslanib olinadi. Skelet materiali sifatida noorganik birikmalar (gips, titan oksidi, bariy sulfat, kalsiy fosfat) va organik birikmalar (PE, PVX) ishlatiladi. Shu birikmalar presslashda tabletkada g‘ovakli tizim hosil qiladi. Durula turdagi tabletkalar tuzilishi 4-rasmda ifodalangan.
7-rasm. Durula turdagi tabletkalar tuzilishi
Ta’sir etuvchi modda (7-rasmda qora rangda) g‘ovakli tizimdan me’da ichak shiralariga diffuziyalanadi. Ko‘pincha, bunday tabletkalar oshqozon- ichak yo‘llaridan o‘z shaklini o‘zgartirmay (maydalanmay) but butunligicha o‘tadi. Ushbu tabletkalarni teshiklari dori modda va oson eruvchan to‘ldiruvchilar (laktoza, mannit va b.) aralashmasi bilan to‘ldirilgan gubkaga o‘xshatish mumkin.
Erimaydigan karkasli tabletkalar karkas hosil qiluvchi modda va dori modda bilan birgalikda oddiy yoki ko‘p qavatli tabletka olinadigan mashinalarda presslab olinadi (8-rasm).
|
| |