10-rasm. Dupleks turdagi tabletkalar tuzilishi
1- sirtki qobiq (ko‘pincha shakarli); 2-dorivor moddani dastlabki dozasini saqlovchi , oshqozonda eriydigan qatlam; 3-himoyalovchi
(enterosolyubil qobiq); 4-ta’sir etuvchi moddaning ikkinchi dozasini saqlovchi tabletkaning yadrosi, ichakda eriydi
Dupleks turdagi tabletkalar qobiq va yadrodan iborat va ta’sir etuvchi moddaning dastlabki dozasi qobiqda joylashgan bo‘lib, u oshqozonda eriydi. Keyingi qavat (enterosolyubil) himoyalovchi, yadroni oshqozonda erimasligi ta’minlaydi. Tabletkaning yadrosi dorivor moddaning ikkinchi dozasini saqlaydi va ichak yo‘lida eriydi. Misol sifatida Gastripon dupleks preparatini keltirish mumkin.
|