-rasm. Ko‘p qavatli tabletkani olish sxemasi




Download 6,71 Mb.
bet452/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   517
8-rasm. Ko‘p qavatli tabletkani olish sxemasi
Erimaydigan karkasli tabletkalarni olish sxemasi quyidagilardan iborat: dastlab matritsaga (a) granulyatning birinchi miqdori solinadi (1) va presslab qo‘p qavatli tabletkani pastki qismi hosil qilinadi (2). Ushbu qatlamda dori va karkas hosil qiluvchi moddalar bo‘lmaydi, aksincha, qand, kraxmal, natriy xlorid yoki laktoza saqlashi mumkin. So‘ng (3) pastki puanson (b) presslangan pastki qatlam bilan pastga tushiriladi va hosil bo‘lgan bo‘shliqqa boshqa granulyat – dori va karkas hosil qiluvchi moddalar solinadi. So‘ng (4) granulyat pastki qatlam ustiga presslanadi, bundan keyin ustki qatlam (5, 6,) presslanadi. Ustki qatlam ham pastki qatlamga o‘xshab qand, kraxmal, natriy xlorid yoki laktoza saqlashi mumkin. Presslash jarayoni yakunida pastki puanson tayyor bo‘lgan uch qavatli tabletkani itarib chiqaradi (7). Shunday qilib karkasli tabletka ikki chetidan himoyalovchi (odatda ushbu qatlamlar bo‘yalgan bo‘ladi) qatlamlar bilan qoplanadi. Karkasli taboletka qabul qilinganida, dori modda avval ochiq tomonidan, so‘ng himoya qatlami erib ketganidan keyin yon tomondan eriydi.

Shuningdek, bunday tabletkalar bir nechta qavatdan iborat bo‘lib ularga turli xil dorivor moddalar kiritilgan bo‘lishi mumkin. Misol sifatida meksaza preparatini keltiriz mumkin. Meksazaning birinchi qavatiga bromelin kiritilgan bo‘lib, u oshqozonda eriydi va oqsillarni parchalanishida ishtirok etadi. Ikkinchi qavatidagi pankreatin ichakning yuqori qismida erib, uglevod, eg‘lar va oqsillarni hazm bo‘lishiga yordam beradi. Tabletkaning uchinchi qavatidagi ta’sir etuvchi moda enteroseptol bo‘lib, ichakning pastki qismida eriydi va antibakterial xususiyatiga egadir.




Download 6,71 Mb.
1   ...   448   449   450   451   452   453   454   455   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Ko‘p qavatli tabletkani olish sxemasi

Download 6,71 Mb.