-rasm. “Oros “ sistemasining tuzilishi




Download 6,71 Mb.
bet460/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   ...   517
16-rasm. “Oros “ sistemasining tuzilishi

1-dori modda eritmasi; 2-tuz; 3-o‘tkazmaydigan egiluvchan membrana;



4-toza suv o‘tkazadigan mustahkam membrana.



17-rasm. Osmoik nasos sistemalarning tuzilishi

(Deen A. va boshq., 2003 )


  • Biologik suyusula ichiga kiradi, tashqariga chiqmaydi;

  • Birinchi kamerada osmotik faol modda – bo‘kuvchi polimer joylashgan;

  • Ikkinchi kameraga suv o‘tmaydi;

  • To‘ldiruvchi moddaning hajmi ortadi – osmotik bosim hosil bo‘lib, lazer nurlari bilan hosil qilgingan teshik (300 mkm) orqali dori moddaning aniq dozasini tashqariga itarib chiqaradi;

  • Ajralib chiqqan dori moddaning dozasi biologik suyuqlikning osmotik bosimiga (ionlar konsentratsiyasi, muhitning kislotaligi va b.) bog‘liq bo‘ladi.

TTS faqat teri ustiga emas, balki stomatologiya va oftalmologiyaga ham ishlatiladi. Stomatologiyada ishlatiladigan TS uzun bo‘laklardan iborat bo‘lib, u og‘iz shilliq pardasiga epishtiriladi.

Masalan, tarkibida natriy ftorid saqlovchi TS yaratilgan, u karies kasalliklariga qarshi mo‘ljallangan. Tish kasalligini davolash uchun TDS metilmetakrilat sopolimeri ishtirokida yupqa parda (membrana) holida chiqarilib o‘z tarkibidagi natriy ftorni kuniga 0,02-1,0 mg dan 3-6 oy mobaynida ajratib turadi.

Xuddi shunday TS oftalmologiyada glaukoma kasalligini davolash uchun taklif qilingan. Ularning tuzilishi shunday: ikki etilenvinildan yasalgan polimer membrana o‘rtasida pilokarpin salqovchi qavat bor.

Sistemalar "Ocusert-20" ,"Ocusert-40" nom bilan ataladi va ko‘zning shilliq pardasiga o‘rnatiladi. Shu sistema orqali ko‘zning ichiga polimer membrananing teshiklaridan 7 sutka davomida 20 mkg/soat yoki 40 mkg/soat pilokarpin ajralib chiqadi. 7 kundan so‘ng sistemani olib tashlab, boshqasini o‘rnatsa bo‘ladi.

Ko‘rinishidan shu TS polimer ko‘z pardasiga o‘xshaydi. Lekin farqi uning parchalanib ketmasligida va ta’sir etish vaqti uzoqligida. Demak shu sistemani afzallik tomoni shundan iboratki:

1. 7 kun ichida kasal ko‘ziga tomchilarni ishlatmaydi (qo‘shimcha ta’siri bo‘lmaydi, arzon, vaqtni kam oladi);

2. Pilokarpin dozasi bir tekis aniq ravishda uzluksiz bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda 1 yil mobaynida ishlatiladigan TS ham ishlab chiqarilgan (progesteron gormonning organizmga umumiy ta’sirini ta’minlaydi).

Terapevtik sistemalarni yana bir afzallik tomoni - ta’sir etuvchi dori modda kam sarflanib, isrof bo‘lmaydi, chunki jigar, oshqozon fermentlarining ta’siriga uchramaydi. Shuning uchun kasalni davolash uchun umumiy dorini miqdori kam ketadi. Bu esa katta iqtisodiy ahamiyatga ega.


Download 6,71 Mb.
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. “Oros “ sistemasining tuzilishi

Download 6,71 Mb.