• 12-rasm. Membranali transdermal terapevtik sistemaning tuzilishi
  • 13-rasm. Matritsali transdermal terapevtik sistemaning tuzilishi
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet457/517
    Sana01.07.2021
    Hajmi6,71 Mb.
    #15312
    1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   517
    Membranali TTS larning tuzilishi:

    1. Himoyalovchi o‘tkazmaydigan qavat;

    2. Dori moddani eritmasini saqlovchi rezervuar;

    3. Mikrog‘ovaq yarim o‘tkazuvchi membrana dori moddani chiqishini belgilangan tezlikda ta’minlaydi;



    4. Adgeziv qavat, sistemani teriga yopishtirish uchun.


    12-rasm. Membranali transdermal terapevtik sistemaning tuzilishi

    1-himoyalovchi qatlam; 2-dori moddani eritmasini saqlaydigan rezervuar;

    3- yarim-o‘tuazuvchi membrana; 4-adgezion qatlam

    Matritsali TTS ning tuzilishi:

    1. Dori modda bilan polimerli matritsa;

    2. Himoyalovchi o‘tkazmaydigan qavat;

    3. Adgeziv qavat, teriga yopishtirish uchun




    13-rasm. Matritsali transdermal terapevtik sistemaning tuzilishi

    1-himoyalovchi qatlam; 2-dori modda saqlovchi polimerli matritsa;

    3-adgezion qatlam

    TTS orqali yuboriladigan dori moddaga quyidagi talablar qo‘yiladi:

    - teridan yaxshi so‘rilishi:

    - kichik dozada yuqori ta’sirga egaligi:

    - teriga mos kelishi:

    - oldini olish, davolash va o‘rinbosar terapiyada ishlatilishi

    TTSlar yordamida dori moddani difffuziya orqali o‘tish yo‘llari asosan:

    - epidermis orqali -transdermal;

    - jung follikulalari orqali - transfollikulyar;

    - ter va eg‘ bezlari orqali -transglandulyar.

    Dori moddaning teridan o‘zidan o‘zi o‘tishi murakkab, shuning uchun har xil penetrantlar qo‘shiladi.

    Masalan DMSO, DMFA, N-metil 2 pirolidon. Nopolyar dodetsilaza siklogentanon, olein kislotasi, detsilmetil sulfoksid, anionli SFM lar, natriy laurilsulfat.

    Undan tashqari dori moddaning molekula og‘irligi ahamiyatga ega.

    Agar dori moddaning molekulyar og‘irligi 800-1000 bo‘lsa, teridan o‘tishi oson bo‘ladi, 3000 dan ko‘p bo‘lsa - o‘tmaydi.

    TTS larning surtma va kremlardan afzalligi: ta’sir etuvchi moddaning dozasi aniq.

    Birinchi TTS preparati - bu skopolaminlik-"Transderm-V" (skopoderm, TTS eki "transderm-skop"). Skopolamin alkaloidi keng ta’sirli hisoblanadi. Lekin uning qo‘shimcha nojo‘ya ta’siri ham bor.

    Skopolaminni teri orqali yaxshi o‘tishi ma’lum, ayniqsa quloq orqasi terisidan, chunki shu erda teri qavati yupqaroq va so‘rilish harakati balandroq.

    Transderm-skop - bu plastir bo‘lib, satxi 2,5 yoki 5,0 sm2, bir necha qavatdan iborat. Qavat qalinligi 0,2 mm, rangi teri rangida, tashqi muhitdan saqlaydi.

    Rezervuarga - skopolamin asosining yog‘dagi eritmasi kiritilgan. Membrana polivinilpirrolidondan iborat va belgilangan tezlikda moddani chiqishini ta’minlaydi.

    Dastlabki dori moddaning dozasi adgeziv qavatda bo‘lib, teri bilan birikadi. Hammasi bo‘lib TTS 1,5 mg skopolamin saqlaydi va 5,5-6,0 mkg/g uni 3 kun dovamida chiqarib turadi.

    AQSh, Shveysariya farmatsevtik firmalari hozirgi vaqtda nitroglitserin preparatlarini saqlagan bir necha transdermal terapevtik sistemalar ishlab chiqarmoqda. Ulardan, "Nitroderm", “Minitran”, "Deponit", "Nitrodur" nomli sistemalarni keltirish mumkin.

    Rossiya va boshqa davlatlarda ishlatishga ruhsat olgan hamda ishlab chiqarilishi turli bosqichlarda bo‘lgan transdermal terapevtik sistemalar nomenklaturasi 1-, 2- va 3-ilovalarda keltirilgan.





    Download 6,71 Mb.
    1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   517




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.