Lontab turdagi tabletkalar. Bu kompleksli tabletkalar bo‘lib, qobiq va yadrodan iborat. Tashqi qobiqda ta’sir etuvchi moddaning birlamchi miqdori saqlanib, tabletka qabul qilingandan so‘ng bir necha daqiqada oshqozonda eriydi va tanada dori moddaning davolovchi konsentratsiyasini hosil qiladi.
Tabletkaning yadrosi esa durula turida, ya’ni karkaslidir, va dori moddaning keyingi 2-chi va 3-chi dozalarni saqlaydi. Lontab turidagi tabletkalarning tuzilishi 9-rasmda keltirilgan.
9-rasm. Lontab turdagi tabletkalar tuzilishi
1-ta’sir etuvchi moddaning dastlabki miqdorini saqlovchi qobiq;
2-tabletkaning yadrosi, dorivor moddaning 2 va 3 dozalarni saqlaydi
Dupleks turdagi tabletkalar. Bu tabletkalarni takroriy yoki ketma-ketlik bilan ta’sir qiladigan dori turlari guruhiga kiritish mumkin.
Bunday tabletkalar dorivor moddaning ikkita dazasini o‘zida saqlaydi va ular bir biridan o‘zaro himoya qobiq bilan bo‘lingan bo‘ladi. Dupleks turdagi tabletkalar tuzilishi 10-rasmda keltirilgan.
|