Peroral ta’siri uzaytirilgan dori turlari
Ta’siri uzaytirilgan peroral dorilar davomli dorilarning asosiy qismini tashkil etadi.
Spansula dori turi. Spansulalar deb qopqoqli qattiq jelatinli kapsulani ichini dori moddaning mayda mikrokapsula yoki mikrodrajesi bilan to‘lg‘azilgan dori turiga aytiladi.
Spansulalardagi dori moddaning ta’sir muddati uzaytirilishi, jela-tinli kapsulani ichiga, qobig‘i har xil qalinlikda bo‘lgan, dori moddaning mikrokapsulalarini joylashtirish hisobiga ta’minlanadi. Spansulalar-ning tashqi ko‘rinishi va ularda dori moddalarni ta’siri uzaytirilish prinsipi 2- va 3-rasmlarda ifodalangan.
|