Gomeopatik shamchalarning umumiy texnologiyasi




Download 6,71 Mb.
bet49/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   517
Gomeopatik shamchalarning umumiy texnologiyasi

Gomeopatiya shamchalari DF X1 da keltirilgan qoidalarga asoslanib tayyorlanadi. Gomeopatiya shamchalari allopatiya shamchalaridan farqi - bu shamchalar turli xil gomeopatik tinktura va suyuq ekstraktlardan kakao moyi va boshqa asoslar bilan aralashtirib tayyorlanadi.

Gomeopatiya farmakopeyasi bo‘yicha har bir shamchaga 2 tomchi suyuq ekstrakti yoki 20 tomchi gomeopatik tinktura qo‘shib tayyorlanadi. Asosga qo‘shishdan oldin tinktura va suyuq ekstrakt quyuqlashtiriladi /suv hammomida spirtni o‘chirish yo‘li bilan/. Kerak bo‘lsa, shamcha massasiga, qovushqoqligini oshirishi uchun, suvsiz lanolin qo‘shiladi (o‘rtacha 30 g massaga 1g gacha lanolin). Kakao moyidan shamchalar juvalash usuli bilan, boshqa asoslardan bo‘lsa - quyush usulida tayyorlanadi.

Misol: 10 dona Aloe gomeopatik shamchalarini tayyorlash. Dori modda sifatida Aloening quyultirilgan shirasidan 60% spirt yordamida olingan tinkturasi ishlatiladi. Tinkturani miqdori 1-ta shamchaga 20 tomchi bo‘lsa, demak 10 tasiga 200 tomchi olinishi kerak. Olingan tinktura bo‘g‘latiladi, so‘ng kakao moyi bilan aralashtiriladi. Kerak bo‘lsa suvsiz lanolin qo‘shiladi. Shamchalar juvalash usuli bilan tayyorlanadi.

Yuqorida keltirilgan shamchalarni jelatin-glitserinli asosida quyush usulida ham tayyorlasa bo‘ladi. Tayyor shamchalar bir xil, shaklli, qattiq-yumshoqligi qo‘llanishiga mos keladigan bo‘lishi kerak. Shamchalarning o‘rtacha og‘irligini 20 dona shamchani 0,01g aniqlikda tortib topiladi. O‘rtacha og‘irlikdan shamchalarni massasining chetga og‘ishi 5% dan oshmasligi kerak. Shamchlarni deformatsiyaga uchrash vaqti DF XI keltirilgan usul bo‘yicha aniqlanadi va 15 daqiqadan dan oshmasligi kerak.

Agar shamchalar gidrofil asosda tayyorlangan bo‘lsa, ular 100ml hajmli kolbadaa 50 ml 370C haroratli suvda eritib ko‘riladi. Erib ketish vaqti 1 soatdan oshmasligi kerak. Dori moddalarning miqdoriy tahlili ham o‘tkaziladi.




Download 6,71 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gomeopatik shamchalarning umumiy texnologiyasi

Download 6,71 Mb.