• 3.Meva va sabzovotlar konservalarining assortimenti.
  • Mavzu: Konservalangan mahsulotlar texnologiyasi. Tomat mahsulotlari tayorlanish texnologiyasi




    Download 32,26 Kb.
    bet1/5
    Sana15.01.2024
    Hajmi32,26 Kb.
    #137421
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Reja Konservalash tog risida umumiy malumot. Konservalashning u-fayllar.org


    Reja: Konservalash tog’risida umumiy malumot. Konservalashning umumiy texnologik jarayonlari

    Mavzu: Konservalangan mahsulotlar texnologiyasi. Tomat mahsulotlari tayorlanish texnologiyasi.

    REJA:

    1.Konservalash tog’risida umumiy malumot.

    2.Konservalashning umumiy texnologik jarayonlari.

    3.Meva va sabzovotlar konservalarining assortimenti.

    KONSERVALASH TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.

    SHAHRISABZ KONSERVA" AKSIYADORLIK JAMIYATI — oziq ovqat sanoati korxonasi. Shahrisabz shahrida joylashgan. "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat xolding" kompaniyasi tarkibiga kiradi. Asosan., qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan: tomat pastasi, meva va uzum sharbatlari, sabzavot konservalari ishlab chiqaradi. Korxona qurilishi 1943-yilda boshlangan, 1947-yilda dastlabki konserva mahsulotlari ishlab chiqargan. 1994-yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. 1996-yilda korxonada "Mevalar kamalagi" Oʻzbekiston—Britaniya qoʻshma korxonasi tashkil etildi. Korxonaning ishlab chiqarish tizimida pomidor sexi (sutkalik quvvati 1131,2 t pomidorni qayta ishlash; tomat pastasi), meva sexi (olma, behi, nok, shaftoli kompotlari), sharbat sexi (olma, uzum, rovoch sharbati), sabzavot sexi (bodring va pomidor konservalari) va boshqalar yordamchi sexlar mavjud. Shahrisabz konserva aksiyadorlik jamiyati sexlari 90-yillardan boshlab Italiya, Vengriya, Germaniyada ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Shuningdek, korxonada yiliga 750 ming dona tunuka banka tayyorlaydigan sex bor. Tayyorlangan mahsulotlar, asosan, ichki bozorda sotiladi, chet ellarga — Rossiya, Ukraina, Belarus davlatlariga (tomat pastaning 30%) eksport qilinadi.

    Bir yilda 42834,1 ming shartli banka konserva, shu jumladan, 2197,4 ming banka sabzavot, 33548 ming banka tomat, 7088 ming banka meva konservalari ishlab chiqarildi.

    Inson qishloq xo‘jalik mahsulotlarini iste’mol qila boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanib kelmoqda. Yetishtirilgan mahsulotni nes-nobud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash, undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlaridan biri bo‘lgan. Ko‘chmanchi xalqlar yig‘ilgan meva va urug'larni saqlash uchun maxsus yerto‘lalar qurishgan. Qabilalar o‘troq bo‘lib yashay boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarni saqlab, zararkunandalardan himoya qila boshlashgan. O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston sharoitida ham qadimdan qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga e’tibor berib kelingan. Mintaqamizda ob-havo yil va bir kecha-kunduz davomida o‘zgaruvchan bo‘lganligi sababli go‘sht, yog‘, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar issiqda tez ayniydi, juda qattiq sovuqda esa sabzavot va mevalar muzlab qoladi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaIik mahsulotlari saqlashning eng qadimgi usullaridan ko'mib yoki osib saqlash, qoqi qilish, quritish kabilar keng qo‘llaniladi. Mahsulotlarni saqlash, qayta achitish, sabzavot, don, meva, go‘sht, qazi va tuxumni ko‘mib saqlash, poliz mahsulotlarini, osib saqlash, turli meva, qovun, pomidordan qoqi tayyorlash, uzum, ukrop, kashnich, rayhon, jambil va qizil qalampirni quritish amalda keng qo‘llanib kelingan. Asosan, quruq mahsulotlar tez buzilmaydigan mahsulotlar hisoblanib, ular quruq joyda, shisha, chinni yoki sopol idishlarda, yopiladigan qog‘oz qutilarda saqlangan. Ma’lumki, qishloq xo'jalik mahsulotlari yilning muayyan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil qilmay turib, aholini yil bo‘yi turli mahsulotlar bilan ta’minlash masalasini hal qilib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishiab chiqarish ko'paygan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashtirilmoqda, yangi zamonaviy omborxonalar qurilmoqda. Konservalash bu oziq-ovqat mahsulotlarini buzilishdan saqlash va yaroqlilik muddatini uzaytirish maqsadida ishlov berish usulidir. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yig'ish, tashish, saqlash va konservalash ilmiy tashkil qilinsa, bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilg‘or tajribaga tayanib ish ko‘rilsa, mahsulotning isrof bo‘lishi ancha kamayadi, Shu hisobdan aholi 20% va undan ham ko'proq qo‘shimcha qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan ta’minlanishi mumkin.




    Download 32,26 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 32,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Konservalangan mahsulotlar texnologiyasi. Tomat mahsulotlari tayorlanish texnologiyasi

    Download 32,26 Kb.