MEVA VA SABZOVOTLAR KONSERVALARINING ASSORTIMENTI




Download 32,26 Kb.
bet4/5
Sana15.01.2024
Hajmi32,26 Kb.
#137421
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Konservalash tog risida umumiy malumot. Konservalashning u-fayllar.org

MEVA VA SABZOVOTLAR KONSERVALARINING ASSORTIMENTI
Mevarezavorli konservalar. Kompotlar. Mevarezavorlardan shakar eritmasi (qiyom) qo‘shib tayyorlangan mahsulotlar kompot deyiladi. Ular xomashyoning bir turi yoki bir necha turidan tayyorlanadi (assorti). Kompotlarning bir turi meva va rezavorning ustiga meva asl sharbatini quyib tayyorlanadi. Kompotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo o‘lchamlari, shakli, pishganligi, rangi bo‘yicha saralanadi, yuviladi, tozalanadi, blanshirlanadi, kerak bo'lganda danaklari olib tashlanadi, ustiga shakar qiyomi quyiladi, bankalar mahkam yopilgandan keyin sterilizatsiyalanadi. Meva va rezavorlardan marinadlar. Meva va rezavorlarning bir turidan yoki turli meva va rezavorning aralashmasidan tayyorlanadi (assorti). Dastlabki tayyorlov jarayonlaridan keyin mevalar bankalarga solinadi va ustiga tarkibiga sirka, shakar hamda ziravorlar kiritilgan marinad eritmasi quyiladi. Uzum, olxo‘ri, olcha, krijovnik, qorag‘at kabi kuchsiz nordon marinadlarda sirka kislotasi miqdori 0,2-0,6% ni, nordon marinadlarda 0,6-0,8% ni tashkil etadi. Qandning miqdori kuchsiz nordon marinadlarda 6-12%, nordon marinadlarda-14-20%. Meva- rezavorli marinadlar 100 °C haroratda sterilizatsiyalanadi. Meva-rezavorli sharbatlar. Meva va rezavorlardan siqish yoki diffuziyalash yo‘li bilan olinadi. Sharbatlar ichimlik sifatida hamda qiyomlar, jele, likyorlar, alkogolsiz ichimliklar tayyorlashda foydalaniladi. Sharbatlarning asl, kupajlangan, shakar yoki uning qiyomi qo'shilgan, karbonizatsiyalangan (uglerod dioksidi bilan to‘yintirilgan), quyultirilgan (konsentratlar) va boshqa turlari ishlab chiqariladi. Jele, jem, povidlo, konfitur, murabbo. Meva va ularning pyurelari hamda sharbatlaridan shakar bilan yuqori miqdorda quruq moddalarga ega bo‘lguncha (70% atrofida) quyultirib tayyorlanadi.
Jele yangi yoki sulfitlangan sharbatlardan, qiyomlar va konsentratlardan tayyorlanadi. Jele olish uchun kamida 1 % pektin, 65 % shakar va pH 3,2-3,4 bo‘lishi kerak. Povidlo meva-rezavorli pyure va shakarni quyultirish yo‘li bilan tayyorlanadi. 1 qism shakarga 1,25 qism 10-11% quruq moddalarga ega pyure olinadi. Povidlo quyuq konsistensiyali mahsulot, uni hattoki pichoq bilan kesish mumkin. Unda quruq moddalarning miqdori 66%, qandniki-60% ni tashkil etadi. Jemjelesimon konsistensiyaga ega bo‘lib, meva va rezavorlarni shakar qiyomida pishirish yo‘li bilan olinadi. Tayyor mahsulotda mevalar qiyomdan ajralmaydi, ular yumshoq, ammo qirg‘ichlanmagan boiishi kerak. Jemda qandning miqdori 62-62,5%, quruq moddalarniki 68-70%, pektinniki 1 %, pH 3,2-3,6 ni tashkil etadi. К о n f i t u r-jemning bir turi bo‘lib, yangi yoki muzlatilgan mevalardan tayyorlanadi. U jeleda bir tekis taqsimlangan butun yoki maydalangan meva bo'lakchalaridan iborat. Pishirishda mevalarning shakarga nisbati 1,1 ga yoki 1 ;2 ga teng bo‘lishi kerak. Konfet tayyorlash uchun pektin va oziqaviy kislotalar qo'shiladi. Mahsulot kamida 42% qandga ega, kislotaliligi-0,4% dan past bo‘lmasligi lozim. Murabbo-bu meva va rezavorlarni shakar qiyomida pishirilgan mahsulotdir. Unda meva va rezavorlar o‘ta pishgan bo'lmasligi, qiyom mevalardan erkin ajralishi, qiyom jelelanmasligi, meva va qiyomning nisbati 1:1 bo‘lishi darkor. Murabbo tayyorlashda xomashyoga qo‘yiladigan talablar va uni ishlab chiqarishga tayyorlash xuddi kompotnikiday. Murabboning qaynatilishi xomashyoning turiga qarab bir martali va ko‘p martali bo'lishi mumkin. Qaynatilgandan keyin qiyomning konsent- ratsiyasi 70-73%, mevalarniki-65-70%, tayyor murabboniki-68%. Murabboning qandlanishini (kristallar hosil bo'lishini) oldini olish uchun texnologik jarayonning to‘g‘ri olib borilishini ta’minlash lozim. Qandlanishning oldin olish uchun qiyomga invert qandi (qiyomi), patoka solinadi, qaynatilgandan keyin tayyor mahsulotni tezda sovitmaslik va past haroratlarda saqlamaslik lozim.
Bolalar ovqatlanishi uchun konservalar. Bu konservalarning alohida guruhi bo‘lib, sabzavotli, mevali, meva-sabzavotli va go‘sht-sabzavotli mahsulotlar keng assortimentini qamrab oladi. Mahsulot xushxo'r, xushta’m yuqori kaloriyalilikka ega, tarkibida vitaminlar, mineral moddalar va boshqa qimmatli komponentlar mavjud. Bu konservalarning assortimenti 200 dan ko‘proq mahsulotlarni qamrab oladi. 2 oy dan 5 oylikkacha bo‘lgan bolalar uchun zarrachalar olchamlari 100 mkm dan katta bo‘lmagan mayin maydalangan pyure hamda meva va sabzavotli sharbatlar; 8 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun zarrachalar o‘lchamlari 2 mm gacha bo‘lgan; 1,5 yoshdan 4 yoshgacha 2-4; mm; 4 yoshdan 7 yoshgacha-5-10 mm bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Pyuresimon konservalarning quyidagi tiplari ishlab chiqariladi:
- ko‘k no‘xat, sabzi, oshqovoq, qirg'ichlangan pomidorlardan asl sabzavotli pyurelar;
- sho‘rva-pyurelar (sabzavotli, tomatli, go‘sht-sabzavotli, tovuq- sabzavotli, jigardan), bularni tayyorlashda gulkaram, oshqovoq, pomidor, kabachki, ko‘k no‘xatdan ham foydalaniladi. Bundan tashqari turli sabzavotlardan guruch, manniy yormasi, sut; meva-rezavorli pyure yoki meva-rezavorli va sabzavotli pyurelar aralashmasini qo‘shib pyurelar tayyorlanadi. Bolalar ovqatlanishi uchun ishlab chiqariladigan konservalarni tayyorlashda xomashyoning sifati va sanitariya tozaligiga qattiq talablar qo'yiladi. Ishlab chiqarish texnologik rejimlari ham qattiq nazorat ostiga olinadi. Parhezbop ovqatlanish uchun konservalar. Bu konservalarning kimyoviy tarkibi davolash maqsadlari bilan bog‘liq. Sabzavotlar odatda oqsilga boy emas, shuning uchun sabzavotli konservalar oqsilni iste’mol qilish chegaralangan hollarda qo‘llaniladi. Agar konservalarda oqsil miqdorini oshirish talab qilinsa, u holda sut, smetana, tuxum hamda oqsilga boy ko‘k no‘xatdan foydalaniladi. Gazakli konservalarda yog’ miqdorini kamaytirish maqsadida qovurish jarayoni o'rniga blanshirlash amalga oshiriladi, yog‘ miqdorini oshirish kerak bo‘lganda sariyog‘, smetana, sut, tuxum kiritiladi. Diabet (qand) kasalligiga uchragan bemorlar uchun kam miqdorda qand saqlovchi (karam, baqlajon, kabachki) ishlatiladi va shakar maxsus preparatlar bilan almashinadi. Kerak bo‘lgan holda kletchatga boy bo‘lmagan xomashyo (kabachki, guruch), boshqa hollarda unga boy bo‘lgan kepak, sabzi, lavlagi, karam tanlab olinadi. Retsepturalardan osh tuzi ziravorlar, o‘tkir souslar chiqariladi.
XULOSA
Yurtimizda ayni pishiqchilik vaqti. Bozor-u do‘konlardan meva va sabzavotlarni uyda konserva yopish uchun xarid qilayotgan yurtdoshlarimizni ko‘rganda, nahotki faqat bankaga yopish yo‘li bilan mahsulotlarni qishga g‘amlash mumkin deb o‘ylaydilar, degan xayolga boramiz.
O‘z navbatida ishlab chiqaruvchilarimiz ham xalqimiz dasturxoniga xilma-xil mahsulotlar yetkazib berish maqsadida keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda. Bugun yurtimizdagi qaysi bir savdo majmuasi va bozorga kirsangiz ulardagi mahsulotlarning xilma-xilligini ko‘rib ko‘zingiz quvonadi. Xususan, gipermarket, supermarket va minimarketlar, bozorlarda sanoat usulida, texnologik jarayonlar hamda belgilangan talablar asosida ishlab chiqarilgan konserva mahsulotlarining barcha turlari mavjud. Ularni saqlash sharoitiga ham to‘la rioya etiladi. Ushbu mahsulotlarning deyarli barchasi mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va sifati muvofiqlik sertifikati bilan kafolatlangan.
Dasturxonlarimizni bezatish uchun ana shunday zamonaviy savdo maskanlariga tashrif buyurish maqsadga muvofiqdir. Sotib olingan har bir oziq-ovqatning saqlanish sharoitiga va muddatiga ham qat'iy rioya etish zarur. Iste'mol uchun yaroqlilik muddati o‘tib ketgan kolbasa, tort, pishiriqlar va boshqa qandolat mahsulotlari hamda salatlarni iste'mol qilish ham sog‘liqqa zarar yetkazadi.
Xulosa qilib aytganda, har kim o‘zi va oilasining sog‘lig‘i uchun avvalo, o‘zi mas'ul ekanini unutmasligi kerak.



Download 32,26 Kb.
1   2   3   4   5




Download 32,26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MEVA VA SABZOVOTLAR KONSERVALARINING ASSORTIMENTI

Download 32,26 Kb.