Mavzu: Konservalangan mahsulotlar texnologiyasi. Tomat mahsulotlari tayorlanish texnologiyasi




Download 32,26 Kb.
bet3/5
Sana15.01.2024
Hajmi32,26 Kb.
#137421
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Konservalash tog risida umumiy malumot. Konservalashning u-fayllar.org

Meva va sabzavotlarni tozalash ularning fiziologik xususiyatlariga va qayta ishlash maqsadiga ko‘ra turli usulda tozalanadi. Masalan, ko‘k no‘xatni aralashmalardan tozalash tebranadigan elaklash sistemasi bilan jihozlangan donni tozalash separatorlarida amalga oshiriladi. Tuganakli va ildizmevalilar po‘stlog‘idan mexanik usulda, qirg‘ichli yuzaga ega mashinalarda; termik usulda-bug‘ va issiqlik (bosimi 0,3- 0,5 MPa, 140-180 °C haroratda) ta’sirida; kimyoviy usulda-mevalar yuzasiga issiq ishqor eritmasi (7-12% li eritma, 90-95 °C haroratda, 5-6 minut davomida) ta’sirida tozalanadi. Tozalashda meva va sabzavotlarning yeb bo‘lmaydigan qismlari (po‘stlog‘i, mevabandi, urug‘lari danaklari, urug‘ uyachali kameralar va boshqalar) olib tashlanadi. Xomashyoni maydalash va qirqish. Konservalarning ko‘p turlarini ishlab chiqarishda xomashyo maydalanadi. Maydalash darajasi keyingi texnologik jarayonlar jadalligi, mahsulot sifatini belgilaydi. Mevalarni mayin maydalash, presslash jarayonida sharbat chiqishini oshiradi, lekin katta miqdordagi kichik zarrachalarning mavjudligi sharbatni meva etidan ajratib olishni qiyinlashtiradi. Qattiq strukturali olmani tez harakatlanadigan pichoqli maydala- gichlarda bo‘tqasimon holatgacha maydalash va bolg‘ali maydalagich to'rlari (elagi)dan o‘tadigan holatgacha maydalash mumkin. Maydalash mashinalari xomashyoni belgilangan granulometrik tarkibga ega holatgacha maydalashi maqsadga muvofiq. Meva va sabzavotlarni ma’lum o'lchamlarga va shaklga ega bo'lak- chalarga maydalash qirquvchi mashinalarda amalga oshiriladi. Xomashyo kubiklar, doirachalar, to‘rtburchak va boshqa ko'rinishlarda qirqiladi. Ayrim meva va sabzavotlardan danaklari, mevabandi, urug‘larini olib tashlash talab qilinadi. Bu jarayonlar maxsus mashinalarda amalga oshiriladi. Qoldiqlarni tozalash qo‘lda bajariladi.

Xomashyoga termik ishlov berish. Yuvilgan, tozalangan, mayda- langan yoki qirqilgan xomashyoga odatda bug‘, suv yoki tuz, shakar yoki organik kislotalar eritmalari bilan qisqa muddatli termik (issiqlik) ishlovi beriladi. Bu jarayon blanshirlash deb ataladi. Jarayonning maqsadi o‘simlik to‘qimalari fermentlari, birinchi navbatda oksidlovchi- qaytaruvchi kompleksini susaytirish, xomashyoni mikroorganizmlar bilan ifloslanganligini pasaytirish, to‘qimalardan havoni qisman chiqarish hamda xomashyoga yoqimsiz ta’m va hid beruvchi moddalarni bartaraf etishdan iborat. Blanshirlash mahsulotga xos rangni saqlab qolish, uning konsistensiyasi va ta’mini yaxshilash imkonini beradi. Suvda eriydigan qimmatli komponentlarning yo‘qotilishini oldini olish maqsadida blanshirlash, asosan, bug‘ yordamida amalga oshiriladi. Ko‘k no‘xat, dukkaklilar barabanli yoki shnekli blanshirlash mashinalarida 70-90 °C haroratda 1-5 minut davomida blanshirlanadi. Gulkaram rangi oqlanguncha 2 minut davomida 97 °C haroratda 1 % li osh tuzi eritmasida limon kislota (0,015%) qo‘shib blanshirlanadi. Shirin qalampir bug‘ bilan 1-2 minut, oq karam -3-4 minut, baqlajon va kabachkilar 3-5 minut davomida blanshirlanadi. Urug‘li mevalar to'qimalari rangi qorayishining oldini olish maqsadida limon kislotasi (0,1-0,2% li eritma) bilan nordonlashtirilgan suvda blanshirlanadi, bu esa nafaqat fermentlarni nofaollashtirishni tezlashtiradi, balki have kislorodi ta’sirida fenol birikmalarining oksidlanishini oldini oladi. Alohida texnologik sxemalarda meva va sabzavotlar to‘qimalarini buzish va qirg'ichlashni osonlashtirish maqsadida bug’ yoki qaynoq suv yordamida pishirish ko‘zda tutilgan.

Pishirish jarayoni sabzavotli pyure, eti bilan sharbatlar, povidio, bachkana va parhezbop konservalarni tayyorlashda amalga oshiriladi. Pishirish 100-110 °C haroratda 15- 25 minut davom etadi. Gazak konservalari, umumiy ovqatlanish uchun yarimtayyor mahsulotlar va boshqalarni tayyorlashda sabzavotlarni qovurish yoki yengilgina qovurish ko‘zda tutilgan. O‘simlik moyi yoki hayvon yog‘ida qovurish sabzavotlarga o‘ziga xos ta’m, tillarang jilo beradi, ularni kaloriyaliligini oshiradi. Bunda xomashyo massasi 30 dan 50% gacha kamayadi, sabzavotlar o‘z massasiga nisbatan 4 dan 27% gacha yog‘ni singdirib oladi. Qovurishda yog'ning harorati 120-150 °C ni tashkil etadi. Qirg'ichlash, gomogenizatsiyalash, deaeratsiyalash. Quyultirilgan tomat mahsulotlari, eti bilan sharbatlar, bolalar ovqatlanishi uchun mahsulotlar tayyorlashda maydalangan va qizdirilgan xomashyo qirg'ichlash mashinalaridan o‘tkaziladi. 75-90 °C haroratgacha qizdirish qisman erimaydigan protopektinni eruvchan pektinga o‘tkazish, fermentlarni nofaollantirish, mikrorganizmlar hayot faoliyatini to‘xtatish imkonini beradi. Xomashyo po‘stloq va urug‘larni ajratib olish va mayin maydalangan bir jinsli massa olish uchun qirg‘ichlanadi. Buning uchun ketma- ketlikda 2-3 qirg'ichlash mashinalari ishga tushiriladi. Mashinalar to’rli (teshikchalarining diametri 1,2-1,5; 0,8-0,5; va 0,4-0,5 mm) barabanlar va qamchinlardan iborat bo‘lib, ular yordamida massa ishqalanadi. Konservalar ishlab chiqarishda ko'pincha mahsulot sifatiga ijobiy ta’sir etuvchi ikki jarayon amalga oshiriladi. Bularga massani 10- 15 MPa bosim ostida zarrachalar o'lchami 20-30 mkm ga ega may in dispersli holatga gomogenizatsiya va mahsulotdan havoni chaqnash-deaeratsiya jarayonlari kiradi. Birinchi jarayon pyuresimon mahsulotlarni qatlamlarga ajralmasligini ta’minlansa, ikkinchisi-oksidlovchi-qaytariluvchi fermentlarning ta’sirini bartaraf etish natijasida rangining o‘zgarmasligi va qimmatli komponentlarini yo‘qotmasligini ta’minlaydi. Gomogenizatsiyalashda mahsulot o‘lchami 30-100 mm bo‘lgan tirqishdan 15-20 MPa bosim ostida siqib chiqariladi. Mahsulotning tirqishdan o'tish tezligi 150-200 m/s ni tashkil etadi. Deaerator vertikal silindrdan iborat bo‘lib, uning ichida teshikchali listdan tayyorlangan silindr joylashgan. Sharbat yon tomondan beriladi va forsunkalar yordamida sachraydi. Suyuqlik oqimining kichik tomchilarga parchalanishi va silindr ichida vakuum hosil qilinishi hisobiga kislorodning jadal chiqarilishi sodir bo‘ladi. Silindr ichidagi vakuum 93 MPa (qoldiq bosim 8 kPa) ni tashkil qiladi, mahsulotning harorati esa 35 °C dan yuqori bo‘lmasligi lozim.


Tomat mahsulotlari, povidlo, djem, sharbatlar konsentratlarini ishlab chiqarishda quruq moddalarni konsentratsiyalash maqsadida namni bug‘latish amalga oshiriladi. Bu suyuq yarimtayyor mahsulotlar hajmini kichraytirish va tayyor konservalangan mahsulot olish imkonini beradi. Namni mahsulotdan qochirish turli usullarda olib boriladi. Bulardan eng tarqalgan usul-qaynatish jarayonida namni bug'latish hisoblanadi. Bug'latishda mahsulotning zichligi va qovushqoqligi oshadi, murakkab moddalarning gidrolizi sodir bo‘ladi, strukturasi oddiy bo'lgan moddalar reaksiyaga kirishib, turli rangga, ta’mga va xushbo‘ylikka ega murakkab birikmalarni hosil qiladi. Bug'latishning asosiy maqsadi suyuq ma)isulotlarning sifatini saqlagan holda, fizik-kimyoviy xossalarini o‘zgartirmasdan namni qochirishdan iborat. Bug'latishni vakuum ostida amalga oshirish hisobiga bu maqsadga erishish mumkin. Bunda suyuqlikning qaynash harorati 100 dan yuqoridan 75-80 °C gacha pasayadi. Vakuum-apparatlar issiqlikni atrof-muhitga yo‘qotishini kamaytiradi, qizdiruvchi bug‘ va qaynatadigan suyuqlikning orasidagi foydali haroratning oshishini ta’minlaydi. Sharbatlar quruq moddalarini konsentratsiyalashni-10-12°C haroratda muzlatish usulida (kriokonsentratsiyalash) ham amalga oshirish mumkin. Bunda suv sof muz shaklida kristallanadi va ajratiladi, konsent- ratsiyalangan sharbat esa qoladi. Bu usul mahsulot sifatini saqlagan holda quruq moddalar miqdorini 40-55 % gacha yetkazish imkonini beradi. Namni muzlatish qurilmalari muzning kristallari hosil qiluvchi kristallizator va muz kristallarini quyultirilgan sharbatdan ajratuvchi sentrifugadan iborat. Zamonaviy konsentratsiyalash usullariga teskari kosmos usulini kiritish mumkin. Bu usul faqat suvni o‘tkazib, molekular massasi uncha katta bo‘lmagan quruq moddalarni saqlab qoluvchi selektiv membranalar qobiliyatiga asoslangan.
Suyuq va pyuresimon mahsulotlarni konsentratsiyalash (quyultirish).

Oziq-ovqat mahsulotlarini buzilmasdan uzoq muddat saqlash uchun barcha mikroorganizmlar hayot faoliyatini to'xtatish bilan bog'liq ishlov berish kerak. Bu jarayon «sterilizatsiya» deb nomlanadi. Sterilizatsiyalash samarasiga, odatda, ishlov berishning qattiq rejimlarida erishiladi, lekin bunda mahsulotning rangi, ta’mi, hidi o‘zgarib, uning oziqaviylik qiymati pasayadi. Shuning uchun ham sterilizatsiya rejimini tanlash uchun nafaqat bu jarayonni amalga oshirish, balki konservalanadigan mahsulot sifatini saqlab qolishga ham alohida e’tibor berish lozim. Issiqlik bilan sterilizatsiyalash rejimini harorat va ishlov berish davomiyligi belgilaydi. Yuqori haroratlar sterilizatsiya davomiyligini qisqartiradi, bu esa mahsulot sifatini saqlash imkonini beradi. Ammo haddan yuqori haroratlar ba’zi konservalar sifatining yomonlanishiga olib keladi. Shuning uchun ham konservalanadigan mahsulotlarning xususiyatini hisobga olish talab qilinadi. Sterilizatsiyaning harorati faol kislotalilik (pH qiymati)dan mikroorganizmlarning xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, nordon mahsulotlarda (kompotlar, tomat mahsulotlari, ba’zi meva-rezavorli sharbatlar) mikrofloraning asosiy qismini issiqlikka chidamsiz mog‘or va achitqi zamburug‘lari tashkil etadi, ularni sterizatsiyalash harorati 100°C dan oshmaydi. Sabzavot, go‘sht konservalarida pH ning qiymati 4,2 dan yuqoriroq, ularda issiqlikka chidamli mikroflora mavjudligi sababli sterilizatsiya yuqori haroratlarda olib boriladi. Sterilizatsiyalashning optimal haroratini bilib turgan holda uning davomiyligini aniqlash lozim. Ma’lum haroratda mikroorganizmlarni yo‘qotadigan vaqt «halokatli» yoki «letal» vaqt deyiladi. Bu vaqt mahsulotning konsistensiyasi, qovushqoqligi, issiqlik sig'imi, issiqlik o‘tkazuvchanligi va boshqalar, ya’ni issiqlikni mahsulot ichiga kirishini belgilovchi omillar bilan bog‘liq. Bu omillarga idishlarning turi (tunuka, shisha) va ularning o'lchamlari ham kiradi. Issiqlik bilan sterilizatsiyalashning ikki asosiy usullari mavjud- atmosfera bosimida va atmosferanikidan yuqori bosimlarda. Asmosfera bosimida va 100 °C gacha haroratda o'tkazilgan pasterizatsiya deb ataladi. Bu usulda yuqorida ta’kidlan- ganidek, konservalarning ba’zi nordon turlariga issiqlik bilan ishlov beriladi. Buning uchun ochiq tipdagi apparatlar-vannalar yoki avtoklavlar qo‘llaniladi. Bankalar 80-100 °C haroratli suvga botiriladi, suv kerakli harorat- gacha isitiladi va ma’lum vaqt davomida pasterizatsiya amalga oshiriladi. Bug‘, issiq suv yoki havo bilan qizdiriladigan pasterizator sovituvchilar ham mavjud. Atmosferanikidan yuqori bosimlarda va 100°C dan yuqori haroratlarda sterilizatsiyalashda germetik yopiq apparatlar-gorizontal avtoklavlar yoki uzluksiz ishlaydigan apparatlar qo'llaniladi. Sterili- zatsiya haroratini (110-125°C) ta’minlash uchun konservalar to‘yingan bug‘ yoki atmosferanikidan yuqori bosim ostida issiq suv bilan sterilizatsiyalanadi. Tunuka bankalardagi konservalar ham bug* bilan, ham suv bilan sterilizatsiyalanadi. Shisha bankalardagi konservalar suvda sterilizatsiyalanadi, bunda avtoklavda kerakli bosimga suv yoki siqilgan havo bosimi orqali erishiladi. Tunuka qopqoqlar chetlarining ezilishi va shisha bankalar ichida bosimning ortishi natijasida qopqoqlarning uzilib ketishini oldini olish maqsadida sterilizatsiyalash va sovitish jarayonida suv yoki siqilgan havo yordamida ortiqcha bosim yaratiladi. Sterilizatsiyalash va xona haroratigacha tezda sovitishdan keyin konservalar yuviladi, quruqlanadi, tamg‘alanadi va saqlashga yuboriladi.

Turli meva va sabzavotlardan tayyorlanadigan konservalar har xil mazali xossalarga va oziqaviylik qiymatiga ega bo‘lib, turli maqsadlar uchun ishlatiladi. Ular ovqatlanishda bevosita, oshpazlik ishlovi berishdan keyin foydalanish yoki xom yarimtayyor mahsulot sifatida qo‘shimcha ishlov berish uchun qo‘llaniladi. Barcha konservalar standartlar yoki texnik shartlar, texnologik yo‘riqnomalar, retsepturalar asosida va talablarga binoan ishlab chiqari- ladi. Bular me’yoriy hujjatlar deb ataladi. Me’yoriy hujjatlarda xomashyo va materiallar, tayyor mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari aniq me’yorlangan, sifatni nazorat qilish uslublari, qabul qilish, tashish va saqlash qoidalari, retseptura va ishlab chiqarish texnologiyasi ko‘rsatilgan. Konservalash korxonalarida sabzavotli konservalarning quyidagi turlari ishlab chiqariladi: asl sabzavotli konservalar, sabzavotli marinadlar, sabzavotli gazak konservalar, sabzavot sharbatlari, sabzavotli ovqatlanish taomlari va umumiy ovqatlash uchun yarimtayyor mahsulotlar, konsentrat- siyalangan tomat mahsulotlari, tomat souslari va boshqalar. Meva va rezavorlardan kompotlar, sharbatlar, pyure, souslar, marinadlar, sulfitlangan meva-rezavorli mahsulotlar, jele, povidlo, jem, konfitur, murabbo tayyorlanadi. Meva hamda sabzavotlardan bolalar ovqatlanishi uchun, parhezbop mahsulotlar va maxsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan konservalar ishlab chiqariladi.

Asl sabzavotli konservalar-butun qirqilgan yoki qirg‘ichlangan sabzavotlardan kuchsiz tuz eritmasi (2,5-3%), ba’zida biroz limon yoki sirka kislotasi bilan shakar eritmasi (2,5-3%) quyib tayyorlanadi. Ular ko‘k no‘xat, gulkaram, lavlagi, sabzi, shirin qalampir, ismaloq, shovul va boshqa sabzavotlardan tayyorlanadi. Qadoqlashda eritmaning harorati 85°C dan past bo‘lmasligi kerak. Asl sabzavotli konservalar ishlab chiqarish texnologik sxemasi quyidagi bosqichlardan iborat: sabzavotlarni yuvish, saralash, kalibrlash, blanshirlash, qirqish yoki qirg‘ichlash (kerakli hollarda), idishni to‘ldirish, germetik yopish, sterilizatsiyalash, sovitish va saqlash. Sabzavotli marinadlar. Sirka kislotasi saqlovchi eritma quyilgan mahsulotlar marinadlar deb ataladi. Marinadlarning kuchsiz va kuchli nordon turlari mavjud. Birinchisining kislotaliligi 0-0,6%, ikkin- chisiniki - 0,6-0,9 %. Texnologik sxema bo‘yicha dastlab tayyorlangan sabzavotlar banka- larga solinadi, marinad eritmasi quyiladi, qopqoq bilan mahkam yopiladi va sterilizatsiyalanadi yoki pasterizatsiyalanadi. Marinadlar xomashyoning bir yoki bir necha (2-6 ta) turidan tayyorlanishi mumkin. Marinadlar tayyorlash uchun bodring, patisson, shirin qalampir, baqlajon va kabach- kilar ishlatiladi. Sabzavotli gazak konservalar. Iste’mol qilish uchun tayyor mahsulot bo‘lib, qo'shimcha oshpazlik ishlovi berish talab qilinmaydi. Sabzavotli gazak konservalar dastlab qovurilgan mahsulotdan tayyorlanadi. Ularning quyidagi turlari ishlab chiqariladi:

- ustiga tomat sousi quyilgan qovurilgan ildizmevalilar, piyoz (ba’zida guruch) aralashmasi bilan to'ldirilgan sabzavotlar. Bularga qiymali qalampir, baqlajon, pomidor, karam do‘lma kiradi;

- bo‘lakchalarga kesilgan sabzavotlar (baqlajon, kabachki, pomidor) yoki tilimchalar shaklida kesilgan qalampir; bu konservalar alohida sabzavotlar yoki ularning aralashmasidan qiyma bilan yoki qiymasiz, ustiga tomat sousi yoki qirqichlangan pomidor quyib tayyorlanadi;

- doirachalar shaklida kesilgan baqlajon yoki kabachki, qiyma bilan yoki qiymasiz holda ustiga tomat sousi quyib tayyorlanadi. Sabzavotli gazak konservalarni tayyorlashda ko‘pgina jarayonlar bajariladi, chunki qiyma tayyorlash va uni qovurish, quyiladigan eritmani tayyorlash, retsepturaga binoan bankalarga solish, ularni qopqoq bilan mahkamlash, pasterizatsiyalash talab qilinadi. Sabzavotli ovqatlanish taomlari. Bular birinchi va ikkinchi taomlarga bo'linadi.

Birinchi taomlarga borshlar, shi, svekolniklar, rassolniklar, sabzavotli sho‘rvalar; ikkinchisiga-turli solyankalar, go‘sht bilan sabzavotlar, karam bilan cho‘chqa go‘shti va boshqalar kiradi. Sabzavotli ovqatlanish taomlari ishlab chiqarishda yangi sabzavotlar, tuzlangan karam, bodring, konservalangan ismaloq va shovul pyuresi, quritilgan piyoz, zamburug‘, go‘sht, loviya, makaron mahsulotlari, guruch, tomat pasta, yog‘lar, moylar, qizil shirin qalampirning pyuresi, limon va vino kislotasi, natriy glutamat ishlatiladi. Ishlab chiqarish jarayoni xomashyoni tayyorlash, xushxo‘r qiladigan aralashmani tayyorlash, komponentlarni aralashtirish, qadoqlash va sterilizatsiyalashdan iborat. Konsentratsiyalangan (quyultirilgan) tomat mahsulotlari. Ular qirg'ichlangan tomat massasini quyultirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Tomat- pyure 12, 15, 20%, tomat-pasta esa 30, 35 40% quruq moddalarga ega. Quyultirilgan tomat mahsulotlaridan, asosan, tomat-pasta ishlab chiqariladi. Bu mahsulotlarni ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat: xomashyoni yuvish, maydalash va urug‘larini ajratish, massani isitish va qirg‘ichlash, uni bug‘latish apparatlarida quyultirish, bankalarga quyish (alumin tublar va bochkalarga ham qadoqlanadi). Agar tomat-pasta issiqligida (92-95 %) quyilsa, u shu haroratda 20-25 minut saqlanadi, keyin sovitiladi. Tomat souslari tomat-pastasiga osh tuzi, shakar, sirka va turli ziravorlar qo‘shib quyultirilgan mahsulotlardir. Sabzavotli sharbatlar. Bular asl mahsulotlar hisoblanadi. Sabzavotli sharbatlar pomidor, sabzi, lavlagi, tuzlangan karam va boshqalardan tayyorlanadi. Sabzavotli sharbatlarni ishlab chiqarish-sabzavotlarni maydalash, massani isitish va qirg‘ichlash, sharbatni siqib olish, sharbatdagi osilgan holdagi zarrachalarni mayin maydalash (gomogenizatsiyalash)ni ko‘zda tutadi. Наг bir jarayonning o‘ziga xos maqsadi bo‘lib, ular sharbat chiqishini oshirishga, uning qatlamlarga ajralishi va konservalarning bombajlanishini oldini olishga qaratilgan.



Download 32,26 Kb.
1   2   3   4   5




Download 32,26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Konservalangan mahsulotlar texnologiyasi. Tomat mahsulotlari tayorlanish texnologiyasi

Download 32,26 Kb.