|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi
|
bet | 80/125 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #106152 |
Bog'liq Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafeRFP davolovchi
Oxirgi o‘n yillar davomida shishlarni (zlokachestvennыe novoobrazovaniy) terapiyasida radioaktiv izotoplar keng qo‘llaniladi. Davolash bilan tibbiyotda radiobiologiya va nur terapiyasi bo‘yicha mutaxassislar shug‘ullanadi. Qalqon bezi yuqori differensiyalangan rakni davolash uchun 131J yuqori samarali hisoblanadi. Bunga sabab preparat tanlab (yo‘naltirilgan ravishda) aynan shu bezning to‘qimalariga shimiladi. SHunda rak bilan zararlangan to‘qimalar 131J ko‘proq o‘ziga shimib oladi.
Suyak metastazlarini davolashda 89Sr keng qo‘llaniladi. Bu preparatning farmakokinetikasi Sa ga o‘xshash.
89Sr osteogenez zonalarida yig‘iladi va suyakning mineral moddasiga o‘tadi. Dastlabki suyak rakida va osteoplastik metoztazlarida 89Sr rak to‘qimalarining samarali nurlanishini ta’minlaydi, ammo normal to‘qimalar bunda zarar ko‘rmaydi.
DIAGNOSTIK RFP
RFP ning diagnostik qo‘llanilishi ularning farmakokinetikasining o‘ziga xosligiga asoslangan. Ular yordamida kerakli a’zolarning ko‘rinishini (izobrajenie) olish imkoniyati tug‘iladi va ularning anatomo-topografik ko‘rsatkichlari, funksional xolati taxlil qilinishi mumkin.1
Diagnostika uchun, radiometrik usul bilan qayd etiladigan va tanaga kiritilganda tekshirilayotgan modda almashinuv turi yoki a’zo va tizim faoliyatida qatnashadigan radioizotoplar qo‘llaniladi.
Radiofarmatsevtik preparatlar yordamida tashhiz qo‘yish bajarilishi oson, yuqori samarador va
bemor organizmi uchun bezarar hisoblanadi. Radiofarmatsevtik preparatlarni tashhiz qo‘yishda (vitro) kichik dozasi ishlatilsa, davolash uchun (vivo) katta dozalar qo‘llaniladi.
Bunda , , -nurlar atom qobig‘idagi elementlarga ta’sir ko‘rsatib “+” va “—“ ionlarni hosil qilishi va ular havo yoki gazda elektr o‘tkazuvchanlikni namoyon etishi va ularni radiometrik asboblar yordamida o‘lchash imkoni paydo bo‘ladi. Ularni yurak qon-tomir tizimi, buyrak, jigar, o‘t yo‘llari, qalqonsimon bez, o‘pka, qorataloq, skelet suyaklari va saraton kasalliklarida tashhiz qo‘yich va davolash uchun ishlatiladi.
RFP ning asosiy diagnostik xossalari radionuklidga bir tarafdan va kimyoviy birikmaga va uning tanada o‘zini tutishiga bog‘liq.
RFP ning farmakokinetikasi radionuklid bilan bog‘langan asosiy kimyoviy birikma bilan belgilanadi. RPF farmakokinetikasining ko‘rsatkichlariga uning tanada (a’zolarda) yig‘ilishi, a’zolarda ushlab qolinishi, a’zolardan va organizmdan chiqib ketishi, kimyoviy trasformatsiya. Bu ko‘rsatkichlar RPF ni radiodiagnostik testlarda qo‘llash mumkinligini yoki terapevtik vosita sifatida ishlatilishini belgilaydi. RPF ning ko‘rsatkichlari va sifatining nazorati MILLIY komissiyalar tomonidan belgilanadi.
RFP qo‘llanilishi indikatsiya prinsiplariga asoslangan. Radionukleidlar fiziologik va bioximik jarayonlarni nazorat qilishga imkoniyat beradi, ularning tabiiy ketishiga aralashmaydi. SHu xususiyat radionuklid diagnostikaning prinsipial muxim afzalligi.
RFP ni klinik qo‘llash usullarining asosiy fiziologik va biokimyoviy mexanizmlarga quyidagilar kiradi:
A’zo yoki to‘qimaning metabolitik faolligi (masalan qalqonsimon bezining radioaktiv yodni shimishini o‘lchash);
Organizmning kerakli qismida lokalizatsiya. Bu esa, masalan, sirkulyasiya qilinadigan qon, plazmani, eritrotsitlarning xajmini, suv miqdorini organizmda aniqlash imkoniyatini beradi;
Diffuziya - bu xususan bosh miyadagi, gematoensefalitik barerni o‘tkazuvchanligi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan patologiyalarni aniqlash;
Antigen – radionuklid saqlovchi antitelo reaksiyasi shishlarni (novoobrazovanniy), yallig‘lanish jarayonlarini vizualizatsiya qilishda universal yondashish.
Xozirda diagnostik maqsadida qo‘llaniladigan RFP lar soni oshib bormoqda. Ular radionuklid angiokardiografiyada, radiokardiografiyada qonning sirkulyasion xajmini aniqlashda qo‘llaniladi. Bunda asosan
Albumin 99 Tc
Albumin 125I (131I)
Indiy sitrat 113Jn
DTPA 99Tc
Talliy xlorid 201Tl qo‘llaniladi.
Buyrak faoliyatining taxlili uchun dimerkaptoyantar kislota (DMYAK), O – yodgippurat natriy - 125I (131I), kalsiy glyukonat - 99Tc va boshqalar qo‘llaniladi.
Rak to‘qimalarini (novoobrazovanniy).
Galliy sitrat 67Ga
Natriy fosfat 37R
Stronsiy (85Sr)izotonik eritmasi
Qalqon bezi faoliyati NaJ123 eritmasi bilan tahlil qilinadi.
RFP – qo‘llanilishi chambarchas organizmga nurlanish yuklamasi bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘ladi va somatik, genetik o‘zgarishlarining ro‘y berishi potensial extimoli bor.
Diagnostik tekshirishlarda nurlanish dozasi, ko‘pincha radning yuzlik yoki o‘nlik qismlarini tashkil etadi.
Tegishli muassasalar S.S.V. tomonidan radioaktiv moddalarni diagnostik maqsadida qo‘llashda radioaksion havfsizlik normalari (me’yorlari) reglamentlanadi. Bunda nurlanish dozalarini (radioaktiv preparatlarda), diagnostikada mumkin bo‘lish miqdorini bemorning yoshi, kasallik diagnozi, protseduraning turiga bog‘liqligi belgilanadi. Asosiy qoida bunda nurlanish dozasini minimal darajaga kamaytirish..
RFP tasniflanadi:
1. YOpiq RFP
2. Ochiq RFP
|
| |