• Tarqatma material
  • Kattalarga mo‘ljallangan doza asosida turli koeffitsientlar yordamida hisoblash
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi




    Download 1,8 Mb.
    bet85/125
    Sana27.11.2023
    Hajmi1,8 Mb.
    #106152
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   125
    Bog'liq
    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafe

    VAZIYATLI MASALALAR
    1. Quyida keltirilgan dori vositalarida ta’sir etuvchi moddalarni dozalari to‘g‘ri berilganligi haqida o‘z fikringizni keltiring. Javobni hisob-kitob bilan tasdiqlang:
    1.Rp:Dimedroli
    Ephedrinihydrochloridiana 0,03 g
    Sacchari 0,3 g
    M.f.pulv.
    D.t.d. N 10
    S. Bir poroshokdan kuniga 3 mahal (8 yoshli bolaga).
    2.Rp: Solutionis Kalii iodidi 1% - 50,0
    D.S. Bir choy qoshiqdan kuniga 3 mahal (1 yoshli bolaga).
    3.Rp: Solutionis Natrii bromidi 3% - 100,0
    Analgini 3,0
    Sirupi sacchari 5,0 ml
    M.D.S. Bir choy qoshiqdan kuniga 3 mahal (5 yoshli bolaga).

    4. Rp: Streptocidi 3,0


    Sirupi sacchari 5,0 ml
    Aquae purificatae 100,0 ml
    M.D.S. Bir desert qoshiqdan kuniga 3 mahal (7 yoshli bolaga).
    5. Euphyllini 0,003
    Sacchari 0,2
    M.f.pulv.
    D.t.d. N 10
    S. Bir poroshokdan kuniga 3 mahal (1 yoshli bolaga).


    Tarqatma material
    Bolalar uchun mo‘ljallangan dorilarga, bolaning yoshini hisobga olgan holda dozalangan, korrigirlangan, kerakli faollikga ega bo‘lgan va bolalar uchun qulay jihozlangan dorilar kiradi.
    Dorilarni pediatriya amaliyotida dozalash
    Bolalarga mo‘ljallangan dorilarni dozalashda albatta ularni organizmining o‘ziga xos taraflari hisobga olinadi. Balalarga mo‘ljallangan dori turlari albatta dori moddalarning dozalari bilan ham farqlanadi. Hozirgi vaqtda bolalarga mo‘ljallangan dorilar dozasini hisoblash uchun bir necha usullar taklif etilgan. Dozalarni ikkita asosiy yo‘nalish bo‘yicha hisoblash mumkin:
    1. Emperik yo‘li – ya’ni kerak bo‘lgan doza bolaning har bir yoshiga tajriba asosida klinik sinovlarda aniqlanadi.
    2. Kattalarga mo‘ljallangan dozani asos qilib, turli koeffitsientlar va formulalar yordamida, bolalarga kerak bo‘lgan dozani hisoblash.
    Amaliyotda ko‘proq ikkinchi usul qo‘llaniladi.
    Kattalarga mo‘ljallangan doza asosida turli koeffitsientlar yordamida hisoblash
    1. Koeffitsient (dozis-faktor) yordamida hisoblash:
    Bolaning yoshiga qarab quyidagi dozis-faktor (koeffitsientlar) taklif etilgan:
    1 yoshgacha – 1,8
    1-6 yoshgacha – 1,6
    6-10 yoshgacha – 1,4
    10-14 yoshgacha – 1,2
    Misol: Paratsetamolning dozasini 1 yoshli va vazni 10 kg li bolaga hisoblash uchun kattalarga mo‘ljallangan paratsetamolning dozasini asos qilib olish kerak. Bu doza 0,5 g tashkil etadi. Uni odamning o‘rtacha vazniga (70 kg) bo‘lib preparatning 1 kg vazniga beriladigan preparatning dozasini hisoblab chiqamiz: 0,5 : 70 = 0,0071.
    So‘ng topilgan massani tegishli koeffitsientga (1,8) ko‘paytirib, bolaning 1 kg vazniga beriladigan preparat dozasini hisoblab chiqamiz:
    0,0071 x 1,8 = 0,001278 g
    Bolaning vazni 10 kg bo‘lishini hisobga olib, paratsetamolning kerakli dozasini topamiz: 0,01278 x 10 = 0,1278 g.
    2. X–DF da ham dori moddalarni dozasini bolalar uchun hisoblash jadvali keltirilgan.
    X–DF bo‘yicha





    Bolaning yoshi

    Bolaga mo‘ljallangan doza (katta odamlarga mo‘ljallangan dozaning qismi)

    1

    1 yoshgacha

    1/24-1/12

    2

    1 yosh

    1/12

    3

    2 yosh

    1/8

    4

    4 yosh

    1/6

    5

    6 yosh

    1/4

    6

    7 yosh

    1/3

    7

    14 yosh

    1/2

    8

    15-16 yosh

    3/4

    Harnack V. tomonidan taklif etilgan usul







    Bolaning yoshi



    Bolaga mo‘ljallangan doza (katta odamlarga mo‘ljallangan dozaning qismi)

    1

    1/12

    1/10

    2

    ¼

    1/6

    3

    ½

    1/5

    4

    1

    ¼

    5

    3

    1/3

    6

    7,5

    1/2

    7

    12

    2/3

    3. Kattalarga mo‘ljallangan dozasi asosida turli fomulalar yordamida hisoblash:



    1. Augsberger tomonidan taklif etilgan usul

    A= (4 x bolaning yoshi + 20)
    A – kattalarning dozasidan olinadigan qismi, %.



    1. Lenart G. tomonidan taklif etilgan usul.

    a) K = 2 x bolaning yoshi x bolaning vazni
    K– kattalarning dozasidan olinadigan qismi, %.
    b) K+ = (2 x bolaning yoshi x bolaning vazni + 12)
    v) K- = (2 x bolaning yoshi x bolaning vazni - 12)


    Download 1,8 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   125




    Download 1,8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi

    Download 1,8 Mb.