PEG asosida polioksidin 1,5% eritma yaratilgan. U uzoq ta’sir etish vaqti bilan va qonning reologik xossalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan ajralib turadi.
III DEZINTOKSIKATSION INFUZION ERITMALAR
Organizmda turli sabablarga ko‘ra(ovqatdan zaxarlanish, dizenteriya, dispepsiya, salmonellyoz, infeksion kasalliklar, jigar va buyrak faoliyatini etishmovchiligi) toksinlar yig‘iladi SHuning uchun dezintoksikatsiyalash muxim. PVP—ta’sir mexanizmiga kura toksinlarni bog‘lab organizmdan chiqarish xossasiga ega.
PVP(s.m.m.20000-40000 ) asosan I.E kerakli qovushqoqligini ta’minlaydi.Lekin M.M 20000gacha bo‘lgan PVP (past molekulali) organizmda toksinlarni bog‘lab tez chiqib ketishini ta’minlaydi.
Vakillari:
GEMODEZ
Gemodez –suv-tuzli eritma, tarkibida 6%li kuyimolekulyar PVP ni saqlaydi
Tarkibi:
PVP 60,0
Natriy xlorid 5,5
Kaliy xlorid 0,42
Kalsiy xlorid 0,50
Magniy xlorid 0,005
Natriy gidrokarbonat 0,23
Suv in’eksion 1 l gacha
Venaga yuborish uchun
rN=5,2-7,0ga teng.
Tayyorlash texnologiyasining moxiyati.
500ml suvda tuzlar ketma-ket eritiladi. PVP 400 ml suvda eritiladi. Ikkala eritma bir-biri bilan aralashtirilib 1000ml hajmga etguncha suv qo‘shiladi. So‘ng 200,250,450 ml hajmli flakonlarga filtrlanadi. Flakonlar germetik yopilib, 1100C 45 dakika davomida sterillanadi. Saqlash muddati 5 yil .
Qo‘llanilishi: Organizmda toksik ko‘rinishda o‘tkir oshqozon–ichak kasalligiga chalinganda (dizenteriya, ich ketishi, dispepsiya, ovqatdan zaxarlanish, kuyishda) uni dezintoksikatsiyalashda qo‘llaniladi. Gemodezning ta’sir mexanizmi kuyidagicha: tarkibidagi kuyimolekulyar PVP qonda aylanib yurgan toksin moddalarni bog‘laydi. Preparat organizmdan 80%tezlikda chiqib ketadi.
Reamberin
N- (1-dezoksi- D-glyusitol -1 il) – N-metilammoniy
Natriy suksinat 1,5%
Natriy xlorid 0,6%
Kaliy xlorid 0,03%
Magniya xlorid 0,012 %
IV. Parenteral oziqlantirish uchun IE
To‘qima va a’zolarni uzoq vaqt davomida hayotini va kerakli oksidlovchi-qaytaruvchi potensialini ta’minlash va oziqlantirish uchun. Parenteral oziqlantiruvchi I.E.: (gidrolizin, aminopeptid, poliamin, lipofundin, infuzamin, nitralipid)
Bu turdagi IE asosan ikki guruxga tasniflanadi:
1. Oqsil manbalari;
2.Parenteral oziqlantiruvchi emulsiyalar.
|