Izogidrik xolati
Ko‘z tomchilarga shifokor ko‘rsatmasiga binoan izogidrik bo‘lishi talabi qo‘yiladi. Izogidrik, demak tomchilar ko‘z suyuqligining rN yaqin bo‘lishi kerak, ya’ni rN-5,0-8,5- oralig‘ida. Bunga erishish uchun bufer eritmalar qo‘shiladi (borat va fosfat eritmalari). Ko‘pincha 4,5-9,0 intervallarida bo‘lishi mo‘ta’dil. CHegaradan oshsa og‘riq, achitish xolatlari kuzatiladi.
Ko‘z tomchilarining ta’sir kuchini uzaytirish
KTning kamchiligi, ularni ta’sir vaqti qisqa bo‘lishi. SHunda ularni qayta, qayta tomizish qator salbiy ta’sir ko‘rsatish mumkin, masalan lizotsimni yuvilishiga va uning oqibatida infeksiyaga yo‘l ochilishi.
KT dagi dori moddalarni ta’sirini uzaytirish maqsadida vrach bilan kelishgan xolda prolongatorlar kiritiladi. Ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Prolongatorlar sifatida YUMB qo‘llash maqsadga muvofiq.Ularning eritmalari qovushqoqligini oshirish xususiyatiga ega, ko‘z suyuqligining qovushqoqligiga yaqin 5-15 SPZ bo‘lgan eritmalar xosil qiladi.
Asosan shu maqsadda:
-natriy karboksimetilsellyuloza 0,5-2%;
metilsellyuloza 0,5-1%;
polivinil spirt 1-2%
poliakrilamid 1-2 %
polivinilpirrolidon;
kollagen 0,5%
mikrob polisaxaridi-aubazidan 0,1-0,3%;
poliglyukin qo‘shish mumkin.
KTga ta’sirni uzaytiruvchi moddalar qo‘shishda oldindan xozirlangan eritmalari tayyorlab qo‘yib, zarur paytda ishlatiladi. Ta’sirni uzaytiruvchi lar esa erituvchining yarim qismida eritiladi.
KT ta’sirini uzaytirish suvsiz erituvchilarni qo‘llash yo‘li bilan xam erishish mumkin. Xozirda maxalliy anestetiklar ( dikain, novokain) KT ta’sirini uzaytirish PEG-400 erituvchisini ishlatish bilan ta’minlanadi.
Misollar: Pilokarpin suvli KT ni ta’siri maksimum 2 soat, sh.u, kuniga 6 marta preparatni qo‘lash zarur. YUMB qo‘shilgan pilokarpin KT ( natriy KMS 2%) kuniga faqat 3 marta tomizishga mo‘ljallangan.
Ko‘z tomchilar xozirda ko‘pincha ko‘p komponentli dorivor moddalarni aralashmasidan tashkil topgan. Zamonaviy oftalmalogiyada ko‘zni davolash uchun taxminan 100 ta dorivor moddalar qo‘llaniladi. Oftalmalogiyada qo‘llaniladigan dori moddalarining asosiy guruxlari:
Antibiotiklar (penitsillin, neomitsin)
Vitaminlar (riboflavin, askorbin kislotasi)
Antiseptik moddalar (sulfatsil natriy, rux sulfat, borat kislotasi)
Alkaloidlarning turli tuzlari (pilokarpin gidroxlorid, atorin sulfat)
Gormonal preparatlar (gidrokortizon, kortizon saqlovchi suspenziyalar)
Ko‘z tomchilari oz miqdorda tayyorlanganligi sababli va moddalarning konsentratsiyasi kichik bo‘lgani uchun, ularning dozasini to‘g‘ri saqlash qiyinchilik tug‘diradi. SHuning uchun ko‘z tomchilarini tayyorlashda konsentratlar ishlatish maqsadga muvofiq. Ular bir komponentli va ko‘p komponentli bo‘lishi mumkin:
Bir komponentlik konsentratlardan 20% glyukoza, 10% kaliy yod, 10% kalsiy xlorid, 4% borat kislotasi, 2%, askorbin kislotasi,10% natriy xlorid, 10% natriy yodid, 0,02% riboflavin, 1,2% sink sulfat, 0,02% sitral eritmalari qo‘llaniladi. Undan tashkari 0,02% riboflavin eritmasida tayyorlanadigan konsentratlar xam ishlatiladi: 20% glyukoza,10% kaliy yodid, 10% askorbin kislotasi,4% borat kislotasi,10% natriy xlorid.
Ko‘z tomchilarini tayyorlashda konsentratlar va dorixonada oldindan xozirlangan eritmalarni ishlatish juda katta axamiyatga ega, chunki ularning filtrlash,taxlil qilish va sterilizatsiyalash jarayonlari osonlashadi xamda dorixonalardan bemorga berish vaqti ancha qisqaradi. Xar xil muddatga tayyorlanadigan ko‘z tomchilarini tarkiblari №195 buyrug‘ining ilovasida berilgan.
Ko‘z tomchilarini tayyorlash
Ko‘z tomchilarini texnologiyasiga quyidagi asosiy bosqichlar kiradi:
a/Dorivor va izotonik xolga keltiruvchi moddalarni xisoblash;
b/Eritish va filtrlash;
v/tayyorlangan eritmani mexanik iflosligi bormi yoki yo‘qligini tekshirish;
g/berilgan moddalar xususiyatiga ko‘ra sterilizatsiyalash;
d/tayyor bo‘lgan ko‘z tomchilarni mexanik ifloslikdan xolisligini ikkinchi marta tekshirish;
e/ko‘z tomchilarining joylashganini va sifatini tekshirish;
|