Ko‘z tomchilarni sifatini aniqlash
Bunda xujjatlarning tug‘riligi, asosiy va yordamchi yorliqlar borligi, shishalarning og‘zi qopqoqlar bilan jips berkitilganligi, rangi, mexanik iflosliklar yo‘qligi va boshqalar tekshiriladi.
Ko‘z tomchilar yoki primochkalar tarkibida zaxarli va narkotik moddalar bo‘lsa kimyoviy, ya’ni sifat va miqdoriy jixatdan taxlil qilinishi shart.
Ko‘z tomchilari sterilligi to‘g‘risida xar kvartalda ikki marta nazoratdan o‘tishi kerak. Dorixonada tayyorlangan ko‘z tomchilarning saqlash muddati normativ texnik xujjatlarda /DF XI, buyruqlarda/ ko‘rsatilgan muddatlardan o‘tmasligi lozim.
|