|
Toshkent gumanitar fanlar universiteti amaliy va gumanitar fanlar fakulteti amaliy va gumanitar fanlar kafedrasi
|
bet | 3/10 | Sana | 15.06.2024 | Hajmi | 225,84 Kb. | | #264015 |
Bog'liq Kompyuter texnologiyalari yordamida o\'qituvchilarning kasbiy malakalarini oshirib boorishdars jarayonini zamonaviy texnik vositalar asosida tashkil etish uchun maxsus ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi;
masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo‘lgan
talablar va o‘quv materiallarining sifatini nazorat qilishga ehtiyoj paydo bo‘ladi;
|
lashadi, dars jarayonining samaradorligi o‘qituvchidan o‘quv- chiga ko‘chadi;
|
o‘quv jarayonini tashkil etishda, o‘quvchining tashkilotchiligi va shaxsiy ishtiroki ortadi;
|
zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish aso-
sida o‘qituvchi pedagogik faoliyatida har bir o‘quvchi bilan teska- ri aloqasi vujudga kelishi ta’minlanadi.
|
Jamiyatning har bir a’zosi, o‘zining kundalik faoliyatida, uzluksiz ravishda turli axborot resurslaridan foydalanadi. Doimiy ravishda ortib borayotgan axborotlar hajmi jamiyatdagi intellektual salohiyatning oshi- shiga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, o‘qituvchi ham o‘z kasbiy va pedagogik mahoratini zamonaviy axborot texnologiyalari oqimi aso- sida oshirib borishi mumkin. Har bir o‘qituvchi mehnat faoliyati jarayo- nida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi uchun avvalo o‘z axborot muhitini shakllntirishga zamin yaratishi kerak. Zamonaviy axborot texnologiyalari o‘z muhitida axborot obyektlarini, ularning o‘za- ro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to‘plash texnologiyalari va vositalarini, shuningdek, axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi.
Hozirgi kunda o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. O‘qituvchi tomonidan targ‘ib etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi shaxsga yo‘naltirilgan xarak- terda bo‘lishi, ya’ni shaxsning har xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda tabaqalashtirilgan bo‘lishi kerak.
Har qanday ta’lim va tarbiya tizimi ma’lum bir ijtimoiy, ilmiy-tex- nik, iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi va rivoj- lanadi. Bu muhitlarning eng ustuvori ijtimoiy-iqtisodiy omillardir. Ilmiy- texnik taraqqiyot, madaniy va siyosiy muhit ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarish- larni rivojlantirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Ta’lim tizimi jami- yatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishining asosiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi, chunki umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari insonni iqtisodiyot, madaniyat, siyosiy jihatdan hayotda qizg‘in faoliyat ko‘rsatish uchun tayyorlaydi. Shuning uchun ham ta’lim muassasalari o‘qituvchisi ta’lim-tarbiya jarayonining tayanch bo‘g‘ini sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan bir qatorda, hozirgi kunda umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va ilmiy-texnik taraqqiyot o‘zining ifodasini kechikib topmoqda. O‘qi- tuvchi va o‘quvchilarning fikrlashi va qabul qilish faoliyatida yangi g‘o- yalar, yangi zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish ma’lum bir vaqtni talab etadi.
asr – axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish, har bir ta’lim muassasasidan:
o‘qitish va o‘qish jarayonining;
ta’lim muassasasi boshqarilishining;
ta’lim muassasasi bo‘linmalarining;
ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi. Hozirgi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalaridan foyda-
lanish imkoniyatlarini takomillashtirish, ta’lim jarayonida bunday texno- logiyalarni qo‘llashning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi pedagog olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Jumladan, U.Sh.Begim- qulov ta’lim muassasalarida kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasini yaratish zaru- rligini, gipermatn va multimedia, o‘qitishda immitatsiya, kommunikat- siya tizimlarini rivojlantirishni, zarur axborotlarni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilinadigan ma’lumotlar bazasini yaratishni taklif etadi. Shu boisdan, o‘qituvchi kadrlarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyat- laridan foydalanib bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish maq- sadida hamda o‘qituvchilar pedagogik mahoratlarini hozirgi zamon talab- lari asosida takomillashtirishga mo‘ljallangan masofaviy malaka oshirish kurslarini tashkil etish tashabbusi bilan chiqadi.
U.Sh.Begimqulov zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida erishilayotgan yutuqlarni inobatga olib, kompyuter texnologiyasini quyidagi jihatlarda ta’lim muassasalari pedagogik faoliyati jarayonlarida qo‘llash samarali bo‘lishini ta’kidlaydi:
|
| |