• Bilimlar
  • Toshkent gumanitar fanlar universiteti amaliy va gumanitar fanlar fakulteti amaliy va gumanitar fanlar kafedrasi




    Download 225,84 Kb.
    bet5/10
    Sana15.06.2024
    Hajmi225,84 Kb.
    #264015
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Kompyuter texnologiyalari yordamida o\'qituvchilarning kasbiy malakalarini oshirib boorish

    Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi.
    Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni tay- yorlashning standart shakllari mavjud bo‘lib, ularga bibliografiya,statistik ma’lumotlar, referatlar kiradi. Ma’lumotlar bazasi axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko‘rinishli axborotlarni cheksiz ko‘p miqdorda va albatta, belgilangan shakllardagi ko‘rinishlarini qabul qiladi. Bilimlar bazasi esa, yopiq tizimda, mazkur mavzu bo‘yicha qo‘shim-
    cha axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi, mantiq jihatdan bog‘langan boshqa elementlarga chiqa olishi bo‘yicha tuzilmali axborotlashtirilgan tizimga ega bo‘ladi. Bunda ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi elementlarga murojaat qilini- shiga imkon bo‘lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o‘x- shashliklari sifatida turli ens iklopediyalar, lug‘atlar xizmat qiladi.
    O‘quvchilar bilimi sifatlarini test savollari yordamida aniqlash va psixofiziologik rivojlanayotganligini tashxis qilish maqsadida kompyuter tizimiga eksport tizimi qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, bu tizim yordamida elektron tarmoq orqali bilimlarni baholash va bu masala bo‘yicha yetar- licha natijalarni aniqlash mumkin.
    Bunday dasturiy vositalardan, ta’limdagi holat va uning maqsadiga ko‘ra, ba’zan o‘quvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq anglash zaruriyati nuqtai nazaridan, ularning ma’lum fan sohasida bilimlarini tahlil qilish bo‘yicha boshqa bir hollarda esa, o‘qitishning psixologik tamoyillarini hisobga olish maqsadida keng foydalaniladi.
    Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o‘quv materiallari bo‘- yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan ta- nishish, turli fanlar bo‘yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar, madaniyat va ijtimoiy ongga dahldor bilimlarni kiritish, ta’lim mazmu- nini sezilarli o‘zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi, uni faol- lashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi.
    Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuq- tai nazaridan tahlil etadigan bo‘lsak, aksariyat uning interfaolligini, bevosita muloqot yordamida o‘quvchi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan, istal- gan fan sohasida maxsus o‘quv dasturlari yordamida bilim olish imko- niyatiga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Kompyuter vositasi, o‘quvchi yo- xud o‘qituvchi murojaatlariga «javob beradi», ular bilan bemalol «mulo- qotga kirishadi», bular kompyuter ta’limi metodikasining asosiy xusu- siyatlaridan biri sanaladi.
    Ayniqsa, kompyuter texnologiyasining ma’lum mavzuni o‘qitish bo‘yicha yoki alohida didaktik masalalarni hal etishda foydalanish kabi holatlar («kirib boruvchi» texnologiya nomi bilan mashhur), shuningdek,o‘qitishda ma’lum texnologiyaning asosiy, aniqlovchi va eng muhim tavsiflovchisi sifatida kompyuterni qo‘llanish holatida kompyuter va boshqa texnologiyalar orasidagi munosabatlar masalasi juda dolzarb sanaladi.3
    Kompyuterli o‘qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati, u o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan, yangi o‘quv mate- rialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o‘quvchilarning ma’lum fan bo‘yicha erishgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshi- rishda namoyon bo‘ladi. Bunday jarayonda o‘qituvchi kompyuterning o‘quvchi uchun turli vazifalarni, xususan o‘qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim obyekti, o‘zaro muloqot kabi funksiyalarni bajarishini bilishi kerak. Bunda o‘qituvchining vazifasi dars jarayonida o‘quvchilarni kompyu- terdan to‘g‘ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat:



    Download 225,84 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 225,84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent gumanitar fanlar universiteti amaliy va gumanitar fanlar fakulteti amaliy va gumanitar fanlar kafedrasi

    Download 225,84 Kb.