Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Tarmoq xavfsizligi asoslari.
REJA:
1 Tarmoq xavfsizligi asoslari
2 Tarmoq xavfsizligi vositalari va texnikasi.
3Tarmoq xavfsizligi nima?
Bajardi: Ashrapova G Dumaboev X
Tekshirdi: Avazova G
Tarmoq xavfsizligi asoslari
Umumiy axborot kengligining yaratilishi va shaхsiy kompyuterlarning amaliy jihatdan keng qoʻllanilishi va kompyuter tizimlari va tarmoqlarining tatbiq etilishi axborotni himoya qilish muammosini yechish zarurligini keltirib chiqaradi.
Axborotni himoya qilish deganda zamonaviy kompyuter tizimlarida va tarmoqlarida uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotning ishonchliligini va butunligini tizimli taʻminlash maqsadida turli хil vositalarni va usullarni ishlatish, choralarni koʻrish va tadbirlarni oʻtkazish tushuniladi.
Axborotni himoya qilish - bu:
axborotning fizik butunligini taʻminlash, yaʻni axborot elementlarini toʻsiqlarga uchrashiga va yoʻqolishiga yoʻl qoʻymaslik;
axborot butunligini saqlashda uning elementlarini almashtirishga (modifikasiyaga) yoʻl qoʻymaslik;
mos vakolatlarga ega boʻlmagan shaхslar yoki jarayonlar tomonidan taqiqlangan axborotni olinishiga yoʻl qoʻymaslik;
egalariga uzatilayotgan resurslar faqatgina tomonlar kelishgan shartlarga mos ravishda ishlatilishiga ishonch hosil qilinishi kerak.
Global tarmoqlarning rivojlanishi va axborotlarni olish, qayta ishlash va uzatishning yangi tеxnologiyalari paydo boʻlishi bilan Internet tarmogʻiga har xil shaxs va tashkilotlarning eʻtibori qaratildi. Koʻplab tashkilotlar oʻz lokal tarmoqlarini global tarmoqlarga ulashga qaror qilishgan va hozirgi paytda WWW, FTP, Gophes va boshqa sеrvеrlardan foydalanishmoqda. Tijorat maqsadida ishlatiluvchi yoki davlat siri boʻlgan axborotlarning global tarmoqlar boʻyicha joylarga uzatish imkoni paydo boʻldi va oʻz navbatida, shu axborotlarni himoyalash tizimida malakali mutaxassislarga ehtiyoj tugʻilmoqda.
Global tarmoqlardan foydalanish bu faqatgina «qiziqarli» axborotlarni izlash emas, balki tijorat maqsadida va boshqa ahamiyatga molik ishlarni bajarishdan iborat. Bunday faoliyat vaqtida axborotlarni himoyalash vositalarining yoʻqligi tufayli koʻplab talofotlarga duch kеlish mumkin.
Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkor maʻlumot almashish vaqtdan yutish imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va uning zamirida davlat boshqaruv organlari hamda aholi oʻrtasidagi oʻzaro aloqaning mustahkamlanishini tashkil etish tarmoqdan foydalangan holda amalga oshadi. Tarmoqdan samarali foydalanish demokratik axborotlashgan jamiyatni shakllantirishni taʻminlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish boʻyicha tezkor natijaga ega boʻlinadi.
Biroq tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va oʻzgartirish, yoʻqotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala boʻlib qoldi. Ish faoliyatini tarmoq bilan bogʻlagan korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari maʻlumot almashish uchun tarmoqqa bogʻlanishidan oldin tarmoq xavfsizligiga jiddiy eʻtibor qaratishi kerak. Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotni ishonchli tizimli tarzda taʻminlash maqsadida turli vositalar va usullarni qoʻllash, choralarni koʻrish va tadbirlarni amalga oshirish orqali amalga oshiriladi. Tarmoq xavfsizligining uchta asosiy yo'nalishi
Tarmoq xavfsizligi doirasida har qanday tarmoq xavfsizligi strategiyasining asosi bo'lishi kerak bo'lgan uchta asosiy yo'nalish mavjud: himoya qilish, aniqlash va javob berish. Himoya tarmoq xavfsizligiga tajovuzni oldini olish uchun mo'ljallangan har qanday xavfsizlik vositalari yoki siyosatlarini o'z ichiga oladi. Aniqlash tarmoq trafigini tahlil qilish va muammolarni zarar yetkazishidan oldin tezda aniqlash imkonini beruvchi resurslarni nazarda tutadi. Javob berish aniqlangan tarmoq xavfsizligi tahdidlariga javob berish va ularni imkon qadar tezroq hal qilish qobiliyati.Afsuski, aksariyat korxonalar siyosatga qanday amal qilishni va buni to'g'ri bajarishni bilishmaydi. AQSH va Yevropa bo ylab 4100 nafar rahbar, bo limʻʻ boshliqlari, IT-menejerlari va boshqa muhim mutaxassislar ishtirokida otkazilganʻ sorovda malum boldiki, har tort tashkilotdan deyarli uch nafari (73 foiz) 3 nafariʻʼʻʻ yangi darajadagi kiberxavfsizlik strategiyasini ishlab chiqmoqda. Bu tobora kuchayib borayotgan tahdiddir, chunki tarmoq buzilishi sodir bo'lganda va zararli tahdidlar paydo bo'lganda, faqat ma'lumotlarning o'zi emas, balki ko'proq xavf tug'diradi.
|