Toshkent iqtisodiyot va pedagogika




Download 44,21 Kb.
bet2/2
Sana09.01.2024
Hajmi44,21 Kb.
#133231
1   2
Bog'liq
2. Kompyuter tarmoqlari 3-kurs sirtqi SILLABUS ( )
Yakuniy nazorat, Jahon tarixi. II-qism , 897135, 16. конф, Reference-459231103895, annotatsiya, Документ Microsoft Word, 444, Reja Ma\'lumotlarni qidirish. Chiziqli qidiruv. Binar qidiruv. C, Mustaqil ish, 13-maktab Yillik reja (9), 1. Ekolgik ta\'lim va tarbiyaning tarixiy shakllanishi Ekologik t-fayllar.org, 30303, 2023 2024 ўқув йили Информатика уктиш мет йўналиши ДАК дастури
Fan/modul kodi
CMNT56MBS

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
5

ECTS - Kreditlar
6

Fan/modulturi
Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
8

1.


Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)


KOMPYUTER TARMOQLARI



3-kurs 5-semestr
Jami: 28 soat
ma’ruza - 14 soat
amaliy - 14 soat

152

180


Jami:
28 soat

Jami:
152 soat

Jami:

  1. soat


  1. Fanning mazmuni

Fanni o’qitishdan maqsad talabalarga kompyuter tarmoqlarining qurish tamoyillari, tarmoqni loyihalash usullari, ma’lumotlarni uzatish texnologiyalari kompyuter tarmoqlari ierarxiyasi tarmoq arxitekturasi va topologiyasi tarmoqani boshqarish usullari, asosiy tarmoq protokollari, tarmoqda marshrutlash va ma’lumotlarni uzatish jarayonlarini o’rganish shuningdek turli xil turdagi tarmoq infratuzilmasini qurish va o’zaro ma’lumot almashishini ta’minlash masalalari bo’yicha ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.




Fanning maqsadi
Fanni o‘qitishdan maqsad – zamonaviy kompyuter tarmoqlarini qurish usullari va texnologiyalari , tarmoq protokollari haqidagi bilimlarni xosil qilish, marshrutlash protokollari, tarmoqni boshqarish va turli hil tarmoqlarni loyihalsh haqidagi amaliy ko’nikamalar hosil qilish talabalrning amaliy faoliyatida olgan bilim ko’nikmalarini kasbiy faoliyatda qo’llay olishga erishish. Fanning nazariy konsepsiyalari asosan o‘rganiladigan barcha konsepsiyalarga erishish uchun sekin-asta murakkablashib boradigan mashq va m asalalarni bajarish orqali o‘rganiladi.

Ta’lim berish usullari



  • Ma’ruzalar;

  • Tezkor savol-javoblar);

  • Guruhlarda ishlash;

  • Taqdimotlar qilish;

  • Individual loyihalar.

II. Ma’ruza mashg‘ulotlari
Kompyuter tarmoqlari” fani bo‘yicha
ma’ruza mashg‘ulotlari taqsimoti:







Ma’ruza mavzulari

Dars soatlari hajmi



IV-semestr


Kompyuter tarmoqlari fanining rivojlanish bosqichlari

2


Tarmoq modellari va tarmoq arxitekturasi.

2


Kompyuter tarmoqlarining tasnifi.Kanal sathi.

2


Transport sathi protokollari. Tarmoq sathi.

2


Tarmoq boshqaruvi.

2


Tarmoq xavfsizligi.

2


Yangi tarmoq texnologiyalariga o’tishning zaruriy shartlari.

2

Jami

14



III. Amaliy mashg‘ulotlari
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritm” fani bo‘yicha
amaliy mashg‘ulotlari taqsimoti:







Amaliy mashg‘ulot mavzulari

Dars soatlari hajmi



IV-semestr


Tarmoq simulyatorlari haqida umumiy tushunchalar, ularning imkoniyatlarini o’rganish.

2


Tarmoqda manzillilik tamoyillari. Sinfli manzillash va tarmoq osti manzillariga taqsimlash.

2


Cisco marshrutizatorlarining buyruqlar interfeysi bilan ishlash va boshlang’ich konfiguratsiyani o’rnatish.

2


DHCP ishlash tamoyillari CISCO packet Tracerda VLANni loyihalash va qurish.

2


Tarmoqda marshrutlashni o’rganish, statik marshrutlash tamoyillari.

2


Tarmoq serverining ishlash tamoyillarini o’rganish.

2


Pochta xizmatlari tarmog’i modelini qurish. Cisco Packet Tracerda serverda pochta sahifasini yaratish.

2

Jami

14



IV. Fan bо‘yicha kurs ishi

Fan bo‘yicha kurs ishi o‘quv rejada nazarda tutilmagan.


V. Mustaqil ta’limning shakli va mazmuni
Mustaqil ta’lim talabalarga avvaldan berib qo‘yiladigan mavzular asosida tashkil etiladi. Talabalarning o‘zlashtirishlari amaliy mashg‘ulot va seminar mashg‘ulotlari davomida nazorat qilinadi.
Mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;

  • seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik;

  • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  • tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish;

  • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  • o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;

  • faol va muammoli o‘qitish metodlaridan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;

  • masofaviy ta’lim.


Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular





Mustaqil ta’lim mavzulari

Dars soatlari hajmi

IV semestr

1

Kompyuter tarmoqlarining rivojlanish evalyutsiyasi.

6

2

Kompyuter tarmoqlarining asosiy pratokollari.

6

3

Kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari

6

4

Tarmoq arxitekturalari.

4

5

Kompyuter tarmoqlarining asosiy elementlari

6

6

OSI modeli

6

7

TCP/IP sathi, vazifalariqo’llaniladigan asosiy protokollari

6

8

Tarmoq topologiyalari

6

9

Tarmoq standartlarini tartibga soluvchi qo’mitalar

6

10

Lokal tarmoq (LAN) va ularning qurilish usullari

6

11

“ETHERNET” texnologiyasi

6

12

Shahar tarmoqlari(MAN) va ularning qurilish usullari

6

13

ATM, ISDN, ADSL texnologiyalari

6

14

Global tarmoq (WAN) va ularning qurilish usullari

6

15

WAN tarmoqlarida qo’llaniladigan standart texnologiyalar.

6

16

Mobil tarmoqlari va ularning texnologiyalari.

6

17

Transport tarmoqlari

6

18

PON texnologiyasi

6

19

Ipv4 va Ipv6 protokollari va ularning paket strukturalari

6

20

Ipv4 va Ipv6 protokollari va ularningimkoniyatlarini taqqoslash ba tahlil qilish

6

21

Kliyent-server arxitekturalari

6

22

Tarmoqni boshqarish

6

23

Simsiz sensor tarmoqlari

6

24

SDN texnologiyasi

6

25

OpenFlow texnologiyasi

6

26

NDN texnologiyasi

4




Jami:

152 soat

VI. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari
Bilimlarni baholash usullari, mezonlari va tartibi:



Baholash usullari

Og‘zaki so‘rov, taqdimotlar, yozma topshiriqlar

Fan bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilish va baholash

Nazorat shakllari:
Baholash turlari fan xususiyatidan kelib chiqqan holda so‘rovlar, og‘zaki savol-javob, yozma ish, taqdimotlar ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin




  1. Nazoratlarni amalga oshirish tartibi:

Oraliq nazorat: o‘tilgan mavzular bo‘yicha test yoki ogzaki, yozma shaklda o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat: Fan bo‘yicha semestr davomida o‘tilgan mavzular bo‘yicha yozma shaklida o‘tkaziladi.
2.Talabalarning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagilarga amal qilinadi:
A’lo – “5” baho (90-100 ballik shkala) olish uchun talaba nazariy jihatdan chuqur bilimga ega bo‘lishi, qo‘yilgan nazariy muammoga ijodiy yondashib, uning mohiyatini tushunib, mustaqil ravishda mushohada yurita olishi, uni hal etish usullarini puxta bilishi va uni amaliyotda qo‘llay olishi shart.
Yaxshi – “4” baho (80-89 ballik shkala) olish uchun uchun talaba nazariy jihatdan chuqur bilimga ega bo‘lishi, qo‘yilgan nazariy muammo mohiyatini tushunishi, tahlil usullarini bilishi va uni amaliyotda qo‘llay olishi shart.
Qoniqarli – “3” baho (60-79 ballik shkala) olish uchun uchun talaba qo‘yilgan nazariy muammoning mohiyatini tushunishi, tahlil usullarini bilishi shart.
Qoniqarsiz – “2” baho (0-59 ballik shkala) talabaga fan bo‘yicha aniq tasavvurga ega bo‘lmasligi va fanni o‘zlashtirmaganligi uchun qo‘yiladi.


3. Nazorat o‘tkazish muddatlari:
IV semestr
Oraliq nazorat:
ON: “__”_____ 20_ -yildan “__”_____ 20_ -yilgacha


Yakuniy nazorat:
YN: “__”_____ 20_ -yildan “__”_____ 20_ -yilgacha
4. Baholash tartibi va mezonlari:



t/r

Kurs

Semestr

Maksimal ball

Fan soati

Mustaqil ta'lim

ON



YN



Maksimal
baho

Minimal (saralash)
baho

1.

2

3

5
(100 ball shkala)

28/152

5
(100 ball shkala)

5
(50 ball shkala)

5
(50 ball shkala)

5
(100 ball shkala)

3
(60 ball shkala)



VII. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaаlari


Asosiy adabiyotlar

  1. Andrew S.Tanenbaum Compyuter Networks Fourth Edition Publisher Prentice Hall 2011

  2. James Kutose.Kenth.W.Ross. A Top-Down Approach Compyuter Networking 2017-y Pearson Education Limited

  3. Musayev M.M. Kompyuter tizimlari va tarmoqalari. Toshkent. Aloqachi nashiryoti 2013-yil X bob 394 bet Oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma.

  4. Miryusupova Z.Z. Djumanov J.X. KOmpyuter tarmoqlari o’quv qo’llanma. Muhammad Al-Xorazmiy nom.TATU –T Aloqachi 2020-yil 144b

  5. Н.А.Одифер, В.Т. Одифер “ Комютерные сети Принципы технологии. Протоколы. Юбилейное издание издатель СПБ Питер 2020-1008 с



Qo‘shimcha adabiyotlar

  1. Mirziyoyev SH.M Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent “O’zbekiston” NMIU 2017-488b

  2. Белов В.В.Чистякова В.И.Алгоритмы и структуры данных учебник – М.Курс ИнФРА – М, 2020 -240 с- ДМК [ 1 экз.]

  3. Douglas p.Coner Computer Networks and and Internets Edition. 2016

  4. Назиров Ш.А, Бабакулов И.Х, Арипова Н.А, Миндулина Л.Х. “Методические пособие для практических занятий по дисциплине” Структуры данных и алгоритмов. Метод пособие – 1:ТУИТ. 2008-140с [ 74 экз.]



Asosiy manbalar



  1. www.library.tuit.uz

  2. www.intuit.uz

  3. www.ziyonet.uz - O’zbekiston Respublikasi axborot ta’lim portali.

  4. www.intuit.ru - Rossiya milliy ochiq universiteti sayti

  5. www.lib.washington.edu - Washington universiteti kutubxonasi sayti



VIII. Talabalar bilimini baholash

Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish mezonlari


Talabalar bilimlarini nazorat qilish va baholash talabaning faolligi, oraliq nazorat, yakuniy nazorat hamda mustaqil ta’limni baholash 5 ballik tizim orqali amalga oshiriladi.

  • Oraliq nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning modulning birinchi qismi bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning muhim bosqichi bo‘lib, kelajakda shu fan bo‘yicha o‘zlashtirishni prognoz qilish ko‘rsatkichidir. Oraliq nazoratda talabalar bilimini baholash og‘zaki savol-javob va yozma ish orqali amalga oshiriladi. Talaba oraliq nazoratdan o‘tmagan taqdirda unga yana 2 marta qayta topshirish imkoni beriladi. Umumiy baholashning 20 foizi.

  • Mustaqil ta’limni baholash – bu talabalarning jamoaviy tartibda va yakka tartibda berilgan amaliy loyihalarni bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir talabaga bitta jamoaviy loyiha va ikkita yakka tartibda bajariladigan loyiha beriladi. Talaba berilgan loyihaning maqsad va vazifalarini, mohiyatini tushungan holda qo‘yilgan masalani o‘rganib, izlanishlar olib boradi. Olingan natijalarni tahlil qilib, hulosalari bilan taqdimotlar tayyorlab himoya qiladi. Ishchi fan dasturida loyihalarning soni, mavzusi, mazmuni bajarish usullari va topshirish muddatlari to‘liq ochib beriladi. Umumiy baholashning 50 foizi.

  • Yakuniy nazorat - bu professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning kurs bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning umumlashtiruvchi bosqichi hisoblanadi. Yakuniy nazorat yozma ish va test shakllarida o‘tkaziladi. Umumiy baholashning 30 foizi.

Baholash, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari (vazifalari) kurs professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi, oldindan moderatsiyadan o‘tkaziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis, shaffof va aniq baholashga imkon berishi kerak.
Talaba akademik huquqbuzarlikka (qoidabuzarlik) olib keladigan har qanday harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Masalan, plagiat, o‘zaro kelishib olish, natijalarni qalbakilashtirish, imtihon jarayonida qoidabuzarlik, ya’ni konspekt va shpargakalardan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishi, imtihon olinadigan xonaning ichida yoki tashqarisida boshqalar bilan muloqot qilishi ta’qiqlanadi. Bunda aybdor talabalar nazorat yoki imtihon jarayonidan chetlashtiriladi to‘plagan bali yoki bahosi nolga aylantiriladi.
Fan (kurs) xususiyatlaridan kelib chiqib baholash va nazorat qilish mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Download 44,21 Kb.
1   2




Download 44,21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent iqtisodiyot va pedagogika

Download 44,21 Kb.