• Kompyuter sathlari
  • Toshkent Irrigatsiya qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy Tadqiqotlar universiteti 1-kurs 114-guruh talabasi Qosimov Shohjahonning




    Download 139,45 Kb.
    bet3/4
    Sana14.05.2024
    Hajmi139,45 Kb.
    #232900
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Qosimov Shohjahonning Kompyuterni tashkil etish fani “Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli mantiqiy asoslari” mavzusida mustaqil ishi

    Kompyuter sathlari

    Ikkinchi sath – buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathi deb ataladi. Kompyuter ishlab chiqaruvchi har bir firma, o‘z kompyuterida ishlatilgan protsessorga mos mashina tiliga oid qo‘llanma ham taqdim etadi. U tavsifi keltirilgan buyruqlar to‘plami interpretator-mikrodastur yoki apparat ta’minoti tomonidan bajarilishi va bu sathga oid ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.

    Kompyuter sathlari

    Uchinchi sath – operatsion tizim sathi. Ushbu sath gibrid sath hisoblanadi. Operatsion tizim sathining bunday deb atalishiga sabab, uning tilidagi ko‘pchilik buyruqlar, undan pastroqda joylashgan buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathida ham, mavjuddir. Biron bir sathga tegishli buyruqlar, boshqa bir sathda ham ifodalanishi va ishlatilishi mumkin.

    Kompyuter sathlari

    To‘rtinchi va beshinchi sathlar – dasturchilar uchun ishlab chiqilgan quyi va yuqori sath tillaridan iboratdir. To‘rtinchi sath - turli xil protsessorlar uchun ishlab chiqilgan turli xil assembler tillaridan iborat bo‘ladi. Beshinchi sath esa amaliy dasturchilar uchun mo‘ljallangan yuqori sath tillari - C, C++, Java kabi tillardan tashkil topgan bo‘ladi.

    Yuqorida keltirilgan har bir sathga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, amallar va tavsiflar xillarining to‘plami arxitektura deb ataladi.

    Yuqorida keltirilgan har bir sathga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, amallar va tavsiflar xillarining to‘plami arxitektura deb ataladi.


    Dastlabki kompyuterlar
    Dastlabki EХMlarning yaratilishi davrida, mashhur matematik Jonfon Neyman1945-yildayoq kompyuter qurilmalari ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qanday tarzda universal va maqbul bo’lishi kerakligini aytib o’tgan edi.Shu bois kompyuter tuzilishining asoslari Fon Neyman prinsipi deb yuritiladi. Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlar mazkur prinsip asosida ishlaydi. Fon Neyman prinsipiga ko’ra kompyuter qo’ydagi qismlardan tashkil topgan bo’lishi lozim:
    * Arifmetik
    -mantiqiy qurilma
    –arifmetik va mantiqiy amalllarni bajaradi.
    * Boshqarish qurilmasi
    -dastur bajarilish jarayonini tashkil qiladi va barcha boshqaruv vazifalarini bajaradi.
    * Yodda saqlash qurilmasi yoki joriy xotira
    –ma’lumot yoki dasturlarni o’zida saqlaydi.
    *
    Тashqi qurilmalar ma’lumotlarni kiritish va chiqarishni taminlaydi. Hisoblash uchun yaratilgan kompyuterlarning imkonyatlari xozirgi kunda behisob desak adashmaymiz. Shunday imkonyatlarga IBM PC kompyuterlari ham egadir. Bu kompyuter mashhur Inernational Business Mashines Corporation korxonasining mahsulidir. IBM PC tipidagi shaxsiy kompyuterlar qo’ydagi asosiy qurilmalardan tashkil topgan:
    Sistem blok (tizimli qism)
    -kompyuter ishini boshqarishni ta’minlaydigan asosiy qism
    hisoblanadi;
    Hozirda APPLE firmasi «MAKINTOSH» rusumidagi kompyuterlari bilan, ayniqsa,

    AQSH ning o’zida tanilgan bo’lsa, IBM kompyuterlari dunyoda keng tarqalgan. Shu sababli aynan IBM kompyuterlarining arxitekturasi va asosiy qurilmalari ustida to’xtalib o’tamiz.Kompyuterning arxitekturasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
    Kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilar:
    sistemali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha bilan).Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, kontrolerlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi.
    Markaziy protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor, (ya'ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma'lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma —protsessor deb ataladi.
    Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi
    ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Bir so’z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarini bajaradi. Mikroprotsessor. IBM rusumli kompyuterlarda protsessor sifatida odatda Intel firmasi yoki unga muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o’rnatiladi. Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi.
    Mikroprotsessorlarning Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, 80486 kabi turlari ma'lum. 1993-yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorlarini ishlab chiqarib, IBM kompyuterlariga o’rnatmoqda. Hozirda Respublikamizda IBM rusumli kompyuterlardan PIII keng tarqalgan. Ayrim korxona va tashkilotlarda, xususan ta'lim muassasalarida, jumladan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida PIVkompyuterlari ham o’rnatilib foydalanilmoqda. Kontrolerlar (maxsus elektron sxemalar) kompyuter tarkibiga kiruvchi turli qurilmalar (monitor, klaviatura va boshqalar) ishini boshqaradi. Kiritish-chiqarish portlari orqali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma'lumot almashadi.Ichki qurilmalar bilan ma'lumot almashuvi uchun maxsus portlar hamda umumiy portlar mavjud. Umumiy portlarga printer, «sichqoncha» ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 xil bo’ladi:
    Parallel — LPT1 — LPT4 deb belgilanadi va ketma-ket —COM1—COM3. Parallel portlar kirish-chiqishni ketma-ket portlarga nisbatan tezroq bajaradi.
    Klaviatura.IBMPC klaviaturasi foydalanuvchi tomonidan ma'lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo’ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy ko’rinishi undagi tugmachalar soni va joylanishiga qarab turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o’zgarmaydi.
    Sichqoncha va trekbol.
    Sichqoncha va trekbol kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular klaviaturaning o’rnini to’laligicha almashtiraolmaydi. Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga ega.
    Sichqonchani ulanishining uch usulini ko’rsatish mumkin. Eng ko’p tarqalgan usul ketma-ket port orqali ulanishdir. Shinali interfeysli sichqonchalar kamroq tarqalgan. Ularni ulash uchun maxsus interfeys yoki «sichqoncha» porti kerak bo’ladi. Uchinchi ko’rinishdagi ulanish PSG`2 stilidagi sichqonchalarda amalga oshirilgan. Hozirgi kunda ular portativ kompyuterlarda ishlatilmoqda.
    Trekbol — «ag’darilgan» sichqonchani eslatuvchi qurilmadir. Trekbolda uning korpusi emas, balki sharcha harakatga keltiriladi. Bu esa kursorni boshqarish aniqligini sezilarli ravishda oshirishga imkon beradi. Shu bois trekbolga ega bo’lgan sichqonchalarga qiziqish ortib bormoqda.

    Download 139,45 Kb.
    1   2   3   4




    Download 139,45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent Irrigatsiya qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy Tadqiqotlar universiteti 1-kurs 114-guruh talabasi Qosimov Shohjahonning

    Download 139,45 Kb.