|
Polimerlarni sintez qilishning texnologik usullari
|
bet | 7/9 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 459,5 Kb. | | #244395 |
Bog'liq Тошкент кимё – технология институти5. Polimerlarni sintez qilishning texnologik usullari
Texnikada polimerlarni sintez qilshning uch xil usuli, ya’ni massada polimerlanish, erituvchi muhitida polimerlanish va emulsion polimerlanish usullari keng tarqalgan.
Massada polimerlanish usuli (blok usuli)
Suyuq holdagi monomerlarni hech qanday erituvchisiz o‘z holida polimerlanish usuli massada polimerlanish deyiladi. Bu usulda yaxlit va qattiq polimer bloki hosil bo‘ladi, uning shakli esa reaksiya olib borilgan idishning shakliga kiradi.
Odatda, massada polimerlanish reaksiyasi, ko‘pincha organik peroksidlar ishtirokida, qisman, issiqlik va nur ta’sirida olib boriladi.
Bu usulning asosiy kamchiligi shundaki, bunda reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan issiqlikni hosil bo‘lgan polimer blokidan o‘z vaqtida yo‘qotish qiyin. Buning natijasida polimerlanish reaksiyasi sistemaning har xil nuqtalarida turli harorat va turlicha tezlik bilan davom etadi. Haroratning haddan tashqari ortib boishi, ayniqsa, idishning o‘rta qismida polimer zanjirlarini destruksiyalaydi (parchalaydi) va ularning o‘rtacha molekula massasini kamaytiradi.
Usulning yana bir kamchiligi shuki, reaksiya natijasida hosil bo‘lgan qattiq va yaxlit polimer namunalarini ajratib olish hamda ularni qayta ishlab buyum olish anchagina texnologik jarayonlarni qo‘llashni talab qiladi. SHuning uchun ham blok usulidan polimerni qayta ishlash talab qilinmaydigan hollardagina foydalaniladi.
Jumladan, metilmetakrilatdan polimetilmetakrilat (organik shisha) olishda, stirolni polistirolga aylantirishda bu usul qo‘llaniladi. Masalan, samolyotsozlikda ko‘p qo‘llaniladigan material - organik shisha massada polimerlash usuli bilan hosil qilinadi.
Erituvchi muhitida polimerlanish
Erituvchi muhitida polimerlanish ikki xil bo‘ladi. Birinchi usulda olingan erituvchida monomer ham va hosil bo‘ladigan polimer ham yaxshi eriydi (lok usuli).
Ikkinchi usulda, olingan erituvchida monomer eriydi, ammo hosil bo‘lgan polimer erimaydi va, natijada, polimer cho‘kmaga tushadi.
Erituvchi muhitida olib boriladigan polimerlanish jarayonida haroratni rostlash imkoniyati bor. SHunday bo‘lsa ham, amalda bu usul unchalik ko‘p ishlatilmaydi, chunki birinchidan, bunda erituvchi molekulalari reaksiyada qatnashib, zanjirning tez uzilshiga yoki aktiv markazni uzatilishiga olib keladi. Natijada hosil bo‘lgan polimerning o‘rtacha molekula massasi kamayadi. Ikkinchidan, hosil bo‘lgan polimer tarkibidan erituvchi moddani yo‘qotish ancha qiyin.
|
| |