Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat mahsuloylari texnologiyasi fakulteti C15-19 guruh talabalari Norqobilov Baxriddin Saidova Moxruxsorning Oziq-ovqat xafsizligi asoslari fanidan yozgan




Download 1.24 Mb.
bet4/9
Sana13.02.2023
Hajmi1.24 Mb.
#42011
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
sut maxsulotiii
2-topshiriqqa andoza (Шаблон к 2-заданию), o-ova-suvlarni-tozalash-dolzarb-masaladir, Yusupbekov N R Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalari, Шиша, 30 (1), Elaksimon tarelkali, Toshmurodov Uchqunbek (1)

O`zbekistonda sut zavodlarida sutdan separatsiya usulida qaymoq, sariyog` olinadi, pasterlangan va qaynatilgan ichimlik sut, sut kukuni, quyultirilgan (konservalangan), vitaminlar qo`shilgan sutlar va boshqa maxsulotlar ishlab chiqariladi. Sut maxsulotlari sutdan tayyorlanadigan oziq – ovqat maxsulotlaridir. Aksariyat sut maxsulotlari katta energetik qiymatga ega. Sut maxsulotlari asosan, sigir sutidan tayyorlanadi, biroq echki, qo`y, yilqi va tuya suti ham ishlatiladi. Sut sanoati – sutdan turli sut maxsulotlari ishlab chiqaradigan oziq – ovqat sanoati tarmog`i. Sut sanoati tarkibiga sariyog`, sut, qatiq, qaymoq, smetana, quruq sut, sut konservalari, pishloq ( sir ), tvorog, brinza, muzqaymoq, kazein va boshqa maxsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. O`zbekistonda 20 – asrning 20 – yillari oxirlariga qadar sutdan xonaki usullarda qaymoq, qatiq, ayron, suzma, qag`anoq, pishloq, qurt kabi maxsulotlar, qatiqni kuvda pishib sariyog` tayyorlangan. So„nggi paytlarda iste‟molchilarning haqli e‟tirozlariga sabab bo„layotgan muammolardan biri bu- sut va sut mahsulotlarining ayrim turlari belgilangan me‟yoriy hujjat talablariga mos kelmayotganligi hisoblanadi. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyulda 474-sonli qarori bilan “Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi to„g„risida”gi umumiy texnik reglament qabul qilingan.

Umumiy texnik reglament: - inson xayoti va sog„lig„ini ximoya qilish va sut va sut mahsulotlarining iste‟molchilarini chalg„ituvchi harakatlarning oldini olish; - texnik jihatdan tartibga solish qoidalari va prinsplarini amaliyotga joriy etish; - sut va sut mahsulotlariga belgilangan talablar, shu jumladana xavfsizlik talablarini uyg„unlashtirish masalalarini qamrab olgan. Umumiy texnik reglamentning talablari O„zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan barcha sut va sut mahsulotlariga taaluqli. Texnik reglamentda sut va sut mahsulotlarining atamalariga, xavfsizligiga, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utelizatsiya qilish talablari, namunalarni tanlab olish qoidalari va sinov uslublari, belgilangan talablarga muvofiqligini baxolash tartibi, dadavlat nazoratini o„tkazish hamda sut va sut mahsulotlarini qadoqlash va yorliqlashga bo„lgan talablar belgilangan. Hozirgi kunda sut mahsulotilariga bo‟lgan talablarning kuchayganligini hisobga olgan holda sut mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda uning me„yoriy xujjatlarga mos kelishini o‟rganish, tahlil va tadqiq qilish muammolarini hal etish yechimlarini topish muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Download 1.24 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1.24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat mahsuloylari texnologiyasi fakulteti C15-19 guruh talabalari Norqobilov Baxriddin Saidova Moxruxsorning Oziq-ovqat xafsizligi asoslari fanidan yozgan

Download 1.24 Mb.