Qizilgurdagi nikel’ tipidagi katalizator. Ozuqaviy salomasni olish uchun yog’larni gidrogenlashda, asosiy katalizator
bo’lib, qizilgur yuzasiga cho’ktirilgan kukunsimon nikel’ hisoblanadi. Bu
katalizatorni ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi.
Zarrachalarini o’lchami 5*10
-5
m (50mkm)gacha maydalangan, qizilgurdan
8-12% solib suspenziyalangan, 5-8%li nikel’-sul’fatni suvli eritmasini tayyorlash;
10-20%li sodani suvli eritmasi bilan 20-30% ortiqcha olib nikel’ karbonatni
qizilgur yuzasiga cho’ktirish va cho’kmani yuvish, quritish, hamda maydalash;
Nikel’ – karbonatni 250-300º C da nikel’ oksidigacha parchalash va nikel’
oksidini 400-450 ºC da metall nikelgacha vodorod bilan qaytarish (vosstanovleniye)
Nikel’ – mis katalizatorlari. Yog’larni gidrogenlashda ishlatiladigan nikel’ – mis katalizatorlari 2 xil usul
bilan olinadi. Nikel’ – mis karbonatlarini soda bilan birgalikda chuktirish yoki nekil’
– mis karbonatlarining mexanik aralashmasini ammiakning suvli eritmasi bilan
qayta ishlash yo’li bilan.
200
Nikel’mis katalizatorlarini birgalikda chuktirilgan asosiy karbonatlarini olish
uchun nikel’ va mis sul’fatning 3:1 nisbatda suvli eritmasi tayyoorlanadi. 40 – 80
0
C da unga 10 % li soda eritmasi 20 – 30 % ortig’i bilan solinadi. Zaruriyat
tug’ilganda shu eritmaga eltuvchi (yoyuvchi)lar – kizilgur, perling, aktivlangan
kumir solinadi. Chuktirish yakunida chukma filtrlanadi va soda va sulfat
qoldiklaridan yuviladi. Sung chukma 120 º C haroratda quritiladi va maydalanadi.
Cho’ktirilgan karbonatning tarkibi cho’ktirish va so’nggi quritish sharoitiga
bog’liq. Qayta tiklanmagan cho’ktirilgan katalizatorlarning komponentlari bo’lib,
metallarning karbonatlari aralashmasi hisoblanadi.
Masalan, 2:1 nisbatdagi nikel’ – mis karbonatining struktura formulasi
qo’yidagicha ifodalanishi mumkin.
O
O = C
O
Cu
O
O=C
O
NiOH
Agar chuktirish jarayonida yoyuvchi ishtirok etsa qayta tiklanmagan
katalizator tarkibida yoyuvchidan tashqari nikel’ – mis silikatlari bo’ladi.
Bundan tashqari unda har doim nikel’ va mis sul’fatlarning oz miqdori qoladi.
Agar sul’fatning qoldiq miqdori 1% dan oshib ketsa katalizatorning faolligi tezda
pasayadi.
Keyingi vaqtlarda olimlar gidrogenlash katalizatorlarning xossalarini, ayniqsa
ularning aktivligini oshirish ustida ko’pgina tekshirishlar olib bordilar.
Metall qotishmalaridan tayyorlangan katalizatorlar yuqori darajadagi aktivligi
bilan ajralib turadi. Bunday katalizatorlar skelet holatidagi katalizatorlar deyilib,
ularni tayyorlash usuli birinchi marta Reyen tomonidan 1924-1925 yillarda ishlab
chiqilgan. Bu olim katalitik aktiv bo’lgan nikel, kobalt kabi metallarning alyuminiy
201
yoki kremniy bilan qotishmasini tayyorlab, so’ngra oxirgi elementlarni ishqorlar
ta’sirida batamom yo’qotib, skelet holatidagi katalizatorlar rayyorlashni taklif etdi.