O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
Y.Q. Qodirov, A.T. Ruziboyev, A.A. Abdurahimov
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA
KATALITIK MODIFIKASIYALASH
Oliy o’quv yurtining 5A321001 – «Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va
qayta ishlash texnologiyalari (Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi)» magistratura
mutaxassisligi talabalari uchun
DARSLIK
Toshkent-2020
2
Taqrizchilar: “O’zyog’moysanoat” uyushmasi xizmt boshlig’i
b.f.n. S.A. Yusupov
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, “Kimyo” kafedrasi dotsenti,
t.f.n., dots. A.N. Axmedov
Yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash. 5A321001 –
«Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyalari
(Yog’larni qayta ishlash texnologiyasi)» magistratura mutaxassisligi talabalari
uchun darslik sifatida tavsiya etiladi / Y.Q. Qodirov, A.T. Ruziboyev,
A.A. Abdurahimov
Darslikda yog’
va moylarni gidratlash, rafinatsiyalash, oqlash,
hidsizlantirish, gidrogenlash va pereeterifikasiyalash texnologiyalariga oid
ma’lumotlar keng yoritilgan. Yog’larni katalitik modifikasiyalash katalizatorlari
haqida ma’lumotlar berilgan. Yog’ va moylarni rafinatsiyalash
hamda katalitik
modifikatsiyalashning barcha bosqichlari bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot
ishlaridan sharxlar keltirilgan.
3
KIRISH
Dunyo miqyosida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sishi
aholi soni va ehtiyojlarining ko’payishidan ortda qolayotgani sohada amalga
oshirilishi lozim bo’lgan ishlarning ko’lami kengligidan dalolatdir. Shu bois
yuritilayotgan islohotlar
samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har
tomonlama, jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni
modernizasiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha
ustuvor yo’nalishlarni amalga tatbiq etish maqsadida
Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev 2017 yil 7 fevral kuni “O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish
bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida” gi farmonini imzoladi va 2017-2021
yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi
. Ayniqsa, Prezidentimizning agrar
sohaga ilg’or agrosanoat texnologiyalarini jalb etish, qishloq xo’jaligi
infratuzilmasi, irrigasiya va meliorasiya tizimlarini rivojlantirish va rekonstruksiya
qilish, marketing va jahon bozorlariga chiqish bo’yicha yangi texnologiyalarni joriy
qilish zarurati va bunda xorijiy investisiyalarning tutgan o’rni haqidagi mulohazalari
e’tiborga molikdir[1].
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili,
bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida
raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar
bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni
ishlab
chiqish va ro’yobga chiqarishni taqozo etmoqda. Dunyoda bugungi kunda aholini
oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda va oziq-ovqatga bo’lgan maqbul darajadagi
ehtiyojini qondirishda oziq-ovqat sanoati muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning
uchun mahalliy oziq-ovqat va xomashyo ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish,
bozorga xavfsiz va sifatli oziq- ovqat mahsulotlarini iste’mol me’yorlarida
o’rnatilgan assortimentda yetkazish asosiy vazifalardan biri bo’lib qolmoqda.
Mamlakatning kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan asosiy
talablardan biri o’sib
borayotgan yosh, barkamol avlodni tegishli yo’nalishdagi
ixtisosliklar bo’yicha darslik va o’quv adabiyotlari bilan ta’minlashdan iboratdir.
4
Ushbu darslik “Yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikatsiyalash”
fanining dasturi hamda professor Y.Q. Qodirov qo’lyozma ma’lumotlari asosida
yozilgan.
«Yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash» fanining vazifasi
magistrantlar tomonidan texnologik jarayonlarni nazariy asoslarini o’simlik
moylarini rafinatsiyalash, gidrogenlash va pereeterifikasiyalashni
texnologik
rejimlari, shuningdek mahsulotning sifatini boshqarish asoslari, xomashyo, chiqindi,
oraliq va tayyor mahsulotlarning analiz usullarini chuqur va har tomonlama
o’rganishdir.
Fanning vazifasiga nafaqat yuqori malakali kadrlarni, balki korxona yoki uni
bo’limlarini hukumat qarorlaridan kelib chiqqan vazifalarni tez va to’g’ri bajarishni
tashqi qila oladigan qobiliyatli rahbarlarni ham tayyorlash kiradi.
Darslik ikki bobdan iborat bo’lib, birinchi bobida yog’ va moylarni gidratlash,
ishqoriy rafinatsiyalash, oqlash, hidsizlantirish texnologiyalariga oid ma’lumotlar
hamda olimlar tomonidan rafinatsiyalash texnologiyasini takomillashtirish bo’yicha
olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlaridan sharxlar keltirilgan.
Ikkinchi bobda yog’ va moylarni gidrogenlash, pereeterifikasiyalash, vodorod
ishlab chiqarish texnologiyalariga oid ma’lumotlar keng yoritilgan. Yog’larni
katalitik modifikasiyalash katalizatorlari haqida ma’lumotlar berilgan. Yog’ va
moylarni katalitik modifikatsiyalash bo’yicha olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy
tadqiqot ishlaridan sharxlar keltirilgan.
Darslik zamonaviy va xorijiy adabiyotlar asosida tuzilgan bo’lib, talabalar,
magistrlar, doktorantlar, ilmiy xodimlar va ishlab
chiqarish korxonalarining
mutaxassislari foydalanishlari mumikin.
Darslik birinchi marta o’zbek tilida tayyorlanganligi sababli unda ayrim
nuqson va kamchiliklarni bo’lishi tabiiydir. Binobarin, bu borada o’z fikr-istaklarini
va tanqidiy mulohazalarini bildirgan kitobxonlarga mualliflar o’z minnatdorchiligini
bildiradi.