• Suyak yog’i
  • Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/105
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,92 Mb.
    #123471
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
    Bog'liq
    YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

    Cho’chqa yog’i. Cho’chqa yog’i kovsh qaytarmaydigan sut emizuvchi – 
    hayvonlar oilasiga kiruvchi xonaki cho’chqalarning xom yog’laridan eritib olinadi. 
    Bu yog’larni tarkibi va hossalari hayvonning turi va zoti, jinsi va yoshi, 
    semizligi, omuxta yem tarkibi, iqlim sharoitiga va boshqa omillarga bog’liq. 
    Cho’chqa yog’ining yog’ kislota tarkibida to’yinmagan transizokislotalar miqdori 
    1,0 % atrofida bo’lib, bu qiymat boshqa kovsh qaytaruvchi hayvon yog’larinikidan 
    kichik hisoblanadi. 
    Qo’y yog’i honaki qo’ylarning xom yog’larini eritib olinadi va qo’y 
    organizmining qaysi qismidan olinganiga qarab farqlanadi: 
    Qo’y yog’ini o’zi xos xususiyatlarining har xil bo’lishi ya’ni o’zgaruvchanligi 
    undagi buyrak, dumba, teri osti va boshqa xildagi xom yog’larning o’zaro miqdoriy 
    nisbati turli xil bo’lishi bilan tushuntiriladi va o’z navbatida bu yog’larning 
    ko’rsatgichlari ham turlicha bo’ladi. 


    17 
    Qo’y yog’ini to’yinmagan yog’ kislotalari tarkibida elaidin kislotasi hisobida 
    11%gacha trans kislotalari bo’ladi. 
    Mol yog’i honaki hayvonlar oilasiga mansub qoramol hom yog’larini eritib 
    olinadi va mol yog’i qoramol organizmining qaysi qismidan olinganiga qarab xar xil 
    bo’ladi. 
    Mol yog’ida umumiy yog’ kislotalar miqdoriga nisbatan 5-10% elaidin 
    kislotasi hisobida trans kislotalar mavjud. 
    Mol va boshqa hayvon yog’larida (cho’chqa yog’idan tashqari) o’simlik 
    moylariga xos bo’lgan yog’ kislotalarning “normal” taqsimlanishi kuzatiladi. 
    To’yingan yog’ kislotalari (S
    16
    -S
    18
    ) asosan triasilgliserin (TAG)da birinchi va 
    uchunchi holatda mavjud bo’lib, uglerod soni 16dan kichik bo’lgan to’yinmagan 
    yog’ kislotalari ikkinchi holatda joylashgan bo’ladi. 
    Suyak yog’i turli xil hayvonlarning asosan qo’y, mol va cho’chqalarning 
    suyaklaridan ajratib olinadi.
    Yuqorida sanab o’tilgan barcha hayvon yog’lari, hamda go’shtni qayta ishlash 
    korxonalaridan yig’ib olingan har xil tarkibdagi yog’lar ko’proq texnik maqsadlarda, 
    asosan sovun ishlab chiqarishda ishlatiladi. 

    Download 3,92 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent kimyo-texnologiya instituti y. Q. Qodirov, A. T. Ruziboyev, A. A. Abdurahimov yog’larni rafinatsiyalash va katalitik modifikasiyalash

    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish