• Kashalot yog’i
  • Treska yog’i
  • Dengiz hayvonlari va baliq yog’lari




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/105
    Sana19.12.2023
    Hajmi3,92 Mb.
    #123471
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
    Bog'liq
    YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik
    kkkkk, parchin mixli birikmalar, Дастурлаш 2 рус, Электроника ва схема 1. ўзб, Веб дастурлашга кириш рус, Веб дастурлашга кириш узб, PPT Presentation, Klasterizatsiya-fayllar.org (1), Gat da malumotlar strukturasi va modellari, HARAKATNING MUSKULSIZ FORMALARI, Pedagogik faoliyatda muloqot, 2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja, Matematika o\'qitish metodikasi, linux server 5, Doc2111
    Dengiz hayvonlari va baliq yog’lari. Dengiz hayvonlari yog’larining asosiy 
    qismini kit yog’lari tashkil qiladi. Biroq kitlarni ovlash qisqartirilganligi va shu bilan 
    bir qatorda kit yog’lari ishlab chiqarishning qisqarishi sanoatda ularni ahamiyatini 
    kamayishiga olib keldi. Hozirgi kunda asosan oz miqdorda kashalot va boshqa 
    dengiz hayvonlari yog’lari olinmoqda. Tibbiyot maqsadida ko’proq treskaning 
    buyrak yog’laridan foydalanilmoqda. 
    Dengiz hayvonlari va baliq yog’lari ularni yog’li to’qimalaridan eritish yoki 
    ekstraksiyalash yo’li bilan ajratib olinadi. 
    Dengiz hayvonlari va baliq yog’lari bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega 
    bo’lib, bu xususiyati bilan ular yer hayvonlari va o’simlik moylaridan ajralib turadi. 
    Baliq va dengiz sut emizuvchi hayvonlari lipidlari tarkibida yuqori 
    to’yinmagan essensial yog’ kislotalari mavjud bo’lib, ularning biologik aktivligi 
    qo’shbog’larning o’zaro joylashuvi va oraliq konfigurasiyasiga qarab belgilanadi. 


    18 
    Biologik aktiv kislotalarning bu yog’larda mavjudligi ularning oziqaviy qiymatini 
    oshiradi, ammo lipidlarning to’yinmaganlik darajasi yuqori bo’lgani uchun bu 
    yog’larning havo kislorodi ta’sirida tez oksidlanishi ro’y beradi. 
    Dengiz hayvonlari va baliq yog’lari o’ziga xos badbo’y hidga ega. 
    Gidrogenlash va boshqa yog’larni qayta ishlash jarayonlarida yog’larning badbo’y 
    hidlari yo’qoladi va bu yog’lar oziqa yog’lariga aylanadi. 
    Kit yog’i xar xil turdagi kitlarning teri osti va tanasini a’zolari xom 
    yog’laridan eritib olinadi. Hom ashyo manbai va uni tananing qayerdan olinganiga 
    qarab yog’ning sifati va ko’rsatkichlari xar xil bo’ladi. 
    Kashalot yog’i ishlab chiqarish va istemol qilish jihatdan dengiz 
    hayvonlaridan olinadigan yog’lar ichida birinchi o’rinda turadi. Kashalot yog’ida 
    sovunlanmaydigan lipidlarni ko’p bo’lishi, tarkibida yuqori molekulali yog’ spirtlari 
    bo’lgan mumlarni mavjudligi bilan boshqa yog’lardan ajralib turadi. Past haroratda 
    kristallash usuli bilan ajratib olingan mumsimon moddalar spermaset deyiladi. Ular 
    oziqa maqsadida ishlatilmaydi, asosan texnik maqsadda, yuvuvchi moddalar ishlab 
    chiqarishda va tibbiyotda ishlatiladi. 
    Treska yog’i – eng ko’p tarqalgan baliq yog’laridan biri bo’lib, oziqa 
    maqsadida ishlatiladi. U treska balig’ini jigaridan olinadi. Bu yog’ tarkibida yog’da 
    eruvchi A, D va Ye vitaminlarni borligi, sovunlanmaydigan lipidlar ko’pligi bilan 
    ajralib turadi. Ushbu yog’da A vitamini 3-6 mg % (30-60 mg/kg), Ye-vitamini 26% 
    (260 mg/kg) gacha, D vitamini 100-150 mg % (1000-1500 mg/kg)ni tashkil etadi. 
    Baliq yog’ining o’ziga xos tomoni, unda uch va undan ortiq qo’shbog’li 
    kislotalarni ko’pligi va shu sababli oson oksidlanishidir. 
    Yuqori to’yinmagan yog’ kislotalari va ularning oksidlanish mahsulotlari 
    miqdorining ko’pligi yog’ga o’ziga xos hid beradi. Shuning uchun bu yog’larni 
    qayta ishlash qiyin kechadi. 

    Download 3,92 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish