|
5-amaliy ish: Avtomobil yo‘l qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalarining yo‘l qurilish materiallar reglamentini ishlab chiqish
|
Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 85,91 Kb. | | #231476 |
Bog'liq 5-amaliy ish (3)
5-amaliy ish:
Avtomobil yo‘l qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalarining yo‘l qurilish materiallar reglamentini ishlab chiqish.
Ishdan maqsad: Avtomobil yo‘l qurilishga xizmat qiladigan ishlab chiqarish korxonalarining quvvatini, bosh rejasini, talab etilgan ish unumdorligini hisoblashni o‘rganish.
Bajariladigan topshiriqlar:
Avtomobil yo‘l qurilishga xizmat qiladigan korxona “shagal toshni kazib olish va kayta ishlash zavodi”ni o‘rganish.
Avtomobil yo‘l qurilishga xizmat qiladigan korxona “asfaltbeton zavodining talab etilgan ish unumdorligini” (yillik dasturini) hisoblash.
Avtomobil yo‘l qurilishga xizmat qiladigan ishlab chiqarish korxonalariga omborlar, rels bo‘yi bazalar, temir yo‘l va boshqa qatnov yo‘llari, dastlabki maxsulotni tayyorlash uchun qurilmalarlar kompleksi – asfaltbeton va sementbeton zavodlari, emulsiya bazalari, ishchilar yashashi va xizmat qilishi uchun binolar va xonalar (oshxona, garderob, yotoqxona va boshqalar) kiradi. Korxonalar quvvatiga, bir joyda ishlash muddatiga qarab doimiy (statsionar), yarim statsionar (buzib quriladigan) va ko‘chma turlarga bo‘linadi. Asfaltbeton zavodining talab etilgan ish unumdorligini (yillik dasturini) hisoblash
Shagal toshni kazib olish va kayta ishlash zavodi.
Ushbu korxonaning asosiy maksadi shagal toshni kazib olib undan (sheben va klinis) yo‘l qurilish maxsuloti ishlab chikarishdan iborat. Yer maydoni 33 gektar. Shagal bor maydon 33 gektar, ustki katlami 20- 40 sm tuprok, 3 metrdan 6 metr chukurlikda shagal kazib olinadi. Loyixa kiymati: 320 000 $, shu jumladan: • Ekskavator: 50 000 $ (1 ta); • Pogruzchik: 45 000 $ (1 ta); • Kamaz: 50 000 $ (2 ta); • Drobilka: 120 000 $ (1 ta puskgacha); • Boshka xarajatlar. Daromad xakida malumot: 1 kamaz sheben = 500 000 sumdan - 1 000 000 sumgacha;
1 kunda 20 kamaz *500 000 sum = 10 000 000 sumdan - 20 000 000 sumgacha;
1 kamaz klinis = 900 000 sumdan - 1 300 000 sumgacha;
1 kunda 20 kamaz * 900 000 sum = 18 000 000 sumdan - 26 000 000 sumgacha;
Xarajat xakida malumotlarni hisoblash ishlarini bajarish:
Kunlik xarajatlar (yokilgi + ishchilar + transport xarajatlari) = 2 000 000 sum;
Boshka xarajatlar (svet + remont + kutilmagan xarajatlar) = 1 000 000 sum;
Solik = 5 600 000 sum kunlik xarajat. Sof foyda xakida malumot:
1 kunlik sof foyda = 18 000 000 sum;
1 oyda (18 000 000 sum * 25 kun) = 450 000 000;
1 yilda (450 000 000 sum * 10 oy) = 4 500 000 000 sum..
Asfaltbeton zavodining talab etilgan ish unumdorligini (yillik dasturini) hisoblash.
Yo‘l to‘shamasining pastki qatlami uchun zarur bo‘lgan asfaltobeton aralashmasi miqdori qo‘yidagi formula bilan aniqlanadi.
Qiaia = L*B*hi*pi*kn ;
bu yerda:
L- qurilayotgan yo‘l uchastkasi uzunligi; m
B- avtomobil yo‘lining material yotqiziladigan eni, m
hi - yotqiziladigan qatlam qalinligi, m
pi - material zichligi, kg/m3
kn - tashishda va yotqizishda materialni yo‘qotish koeffitsient, 1,03-1,05
Pastki asfaltbeton qoplama qatlami uchun ABZ ning bir smenadagi ish unumdorligi:
Qni = ;
bu yerda:
Qi - asfaltobeton aralashmasi miqdori, tn;
Nni - bir yildagi ish kunlari soni.
Yuqori asfaltbeton qoplama qatlami uchun ABZ ning bir semenadagi ish unumdorligi:
Qni = ;
bu yerda:
Qi - asfaltobeton aralashmasi miqdori, tn;
Nni - bir yildagi ish kunlari soni.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
5-amaliy ish: Avtomobil yo‘l qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalarining yo‘l qurilish materiallar reglamentini ishlab chiqish
|