• Mazkur bitiruvoldi amaliyoti hisobotining maqsadi va vazifalari
  • Toshkent kimyo xalqaro universiteti kimyo international university in tashkent




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/10
    Sana22.06.2024
    Hajmi0,61 Mb.
    #265171
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    amaliyot hisoboti AB

    IV 
    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
     


    KIRISH 
    O’zbekiston Respublikasining bank tizimi 1991 yildan rivojlana boshladi.. 
    Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida banklarning va bank tizimining ahamiyati 
    yuqori ekanligini hisobga olgan holda davlatlarning Markaziy banklari tomonidan 
    moliyaviy holatni barqaror ushlab turishga qaratilgan chora tadbirlar amalga oshirilib 
    turiladi. Bank tizimining moliyaviy holatini va shoklarga bardoshini tahlil qilishda 
    uning kapital monandlilik koeffitsiyenti, bank tizimida likvidlikni qoplash 
    koeffitsiyenti (LCR), bank aktivlari rentabelligi (ROE) kabi indikatorlardan 
    foydalaniladi. Iqtisodiyotning muhim subyekti bo‘lgan banklar faoliyatini o‘rganish, 
    ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini bilish iqtisodiyotni samarali 
    boshqarishda muhim omil sanaladi. Aynan shu o‘rinda bankning barcha faoliyati bilan 
    bog‘liq bo‘lgan buxgalteriya hisobi muhim hisoblanib, bu faoliyat nafaqat banklar 
    tomonidan amalga oshirilayotgan barcha faoliyat turlarining hisobini yuritibgina 
    qolmay, bank va bank xodimlariga operatsiyalarni nazorat qilish hamda xatoliklarning 
    oldini olish va ularni o‘z o‘rnida bartaraf etishga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Shu 
    sababli bugungi kunning dolzarb masala va sohalaridan biri bu albatta banklarda 
    buxgalteriya hisobi sanaladi. Hozirgi jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan global 
    integratsiyalashuv hamda taraqqiyot asrida bank buxgalteriya hisobini mukammal 
    bilish, uni tahlil qila bilish va uning asosida xulosa chiqara olish muhim bo‘lib 
    bormoqda va bunday talablardan kelib chiqib talabalarni hamda xodimlarni yangi davr 
    talablari asosida tayyorlash yetakchi vazifaga chiqmoqda.
    Mazkur bitiruvoldi amaliyoti hisobotining maqsadi va vazifalari: 
    Bugungi 
    kunda milliy va xalqaro bank tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar va taraqqiyot 
    sur’atlarini hisobga olib, banklar, bank tizimi hamda bank faoliyati oid barcha 
    normativ-huquqiy qonunchilik hujjatlarini chuqur o‘rgangan holda talabalarda 
    mamlakatimiz bank tizimining a’zolari, tijorat banklari va bank buxgalteriyasi faoliyati 
    haqida olingan to‘liq tushuncha, ko‘nikma va malakalarni taqdim etish hisoblanadi. 
    uning maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagilardan iborat:


    tijorat banklari passivlari operatsiyalari va bank faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarining 
    dinamikasi va tahlili; tijorat banklari aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda 
    sifatining tahlili; bank tomonidan xo‘jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni 
    kreditga layoqatliligini baholash tahlili; pul muomilasi tashkil etish, ular bo‘yicha 
    ma’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o‘rganish; tijorat banklari tomonidan 
    valyuta operatsiyalrini amalga oshirish tartibi va tahlili; bankning daromadlari, 
    xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularining tahlili, mavjud muammolar va ularni 
    hal etish maqasadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va 
    mazmunini o‘rganish; zijorat banklarining yangi xizmat turlari va uning qo‘llanishi 
    amaliyoti hamda xorijiy davlatlarining ayni shu tizimdagi ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy 
    tahlilini amalga oshirish. 

    Download 0,61 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent kimyo xalqaro universiteti kimyo international university in tashkent

    Download 0,61 Mb.
    Pdf ko'rish