Tovarlarning “hayotiylik davri” va ularning asosiy bo‘ginlari




Download 2,06 Mb.
bet104/202
Sana19.12.2023
Hajmi2,06 Mb.
#123817
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   202
Bog'liq
marketing

Tovarlarning “hayotiylik davri” va ularning asosiy bo‘ginlari


Tovarning hayotiylik davri – tovarning bozorda paydo bo‘lgan davridan boshlab, to uning sotilmay qolishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘idir. Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi har qanday tovar qanchalik darajada mukammal bo‘lmasin, bu tovar bozordan ertami- kechmi undan ham mukammalroq tovar tomonidan siqib chiqarilishiga asoslanadi. Amaliy faoliyatda tovarning hayotiylik davri diapazoni


ancha keng bo‘lib, u bir kunlik tovardan bozorda o‘z o‘rnini uzoq vaqt davomida saqlab qoluvchi tovargacha bo‘lishi mumkin.
Tovarning hayotiylik davrini tariflashda 2 xil nuqtayi nazar mavjud:

      1. Menejmentda – tovarni ishlab chiqarishdan to uning iste’moli- gacha bo‘lgan davr tushuniladi. Tasavvur (g‘oya-idea), dizayn (sinov), ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish.

      2. Marketingda tovar o‘z xaridorini topa olishi mumkin bo‘lgan o‘zining ma’lum hayotiylik davri tushuniladi.

Tovarning hayotilik davrini boshqarish tizimi korxonalar uchun hozirgi global bozorlardagi kuchli raqobat ichida tirik qolish uchun yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga intilishga undaydi. Har bir korxona o‘z mijozlari va mol yetkazib beruvchi hamkorlariga oid ma’lumotlarni, ular bilan aloqa va munosabatlarni boshqara olishi kerak. Menejment – tovarning hayotiylik davrini boshqaradi, bozorga kirish vaqtini kamaytiradi, mahsulot sifatini oshiradi, boshlang‘ich mahsulot chiqarish tannarxini kamaytiradi, oldindan o‘z xaridorini topadi, mahsulot shaklini yaxshilashga yordam beradi, isrofgarchilikni kamaytiradi.
Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi ilk bor amerikalik marketolog T.Levitt tomonidan 1965–yilda tariflangan edi. Ushbu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o‘ziga xos tirik organizm kabi hayotiylik davrini o‘taydi. Ma’lumki, tirik organizm rivojlanish, keyin tug‘ilish, so‘ngra yetuklik, qarilik bosqichlarini o‘tib, o‘z yashash davrini o‘lim bilan tugatadi. Shunga o‘xshash tovar hayotiylik davri jarayonida ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o‘sish, yetuklik va chiqish kabi bosqichlarni o‘taydi.Tovarning tipik hayotiylik davrini 9.5 - rasmda ko‘rsatilgan egri chiziqlar bilan tasvirlash mumkin.
Tovarning hayotiylik davri bosqichlari quyidagicha: 1.Kirish. 2.O‘sish. 3.Voyaga yetish. 4.Pasayish.



        1. Download 2,06 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   202




Download 2,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tovarlarning “hayotiylik davri” va ularning asosiy bo‘ginlari

Download 2,06 Mb.