• Bozorga kirish bosqichi
  • Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing




    Download 2,06 Mb.
    bet105/202
    Sana19.12.2023
    Hajmi2,06 Mb.
    #123817
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   202
    Bog'liq
    marketing

    Sotish va foyda
    bosqich 2-bosqich 3-bosqich 4-bosqich




    9.5.-rasm. Tovarning hayotiylik davri mobaynida uning sotilishi va foydaning tavsifi
    Tovarning hayotiylik davri bosqichlarini to‘laroq tushuntirishga harakat qilamiz.
    Tadqiqotlar va tovarning yaratilishi bosqichi. Tovarning hayoti uning mahsulot sifatida shakllanishidan ancha oldin – g‘oyalar, ishlanmalar ko‘rinishida boshlanadi. Yuqorida keltirilgan rasmda bu bosqichga tartib raqami qo‘yilmagan, chunki hali tovarning o‘zi mavjud emas. Bu bosqichda tadqiqotchilar marketing yordamida iste’molchining mazkur mahsulotga muhtojligini, potensial iste’molchilar kimlar bo‘lishini va g‘oyani amalga oshirishda qanday bozorni mo‘ljallash mumkinligini atroflicha o‘rganadilar. Korxona uchun tovarni yaratish- ning mazkur bosqichi – bu faqat xarajat va kelajakda kutiladigan daromadlardir. Bu yerda marketingning vazifasi potensial iste’mol- chilarga yangi g‘oya asosida yaratilajak tovar ular uchun qanday foyda keltirishini tushuntirib berishdan iborat.

    1. Bozorga kirish bosqichi. Bu bosqich tovarni tarqatish va uning bozorga kelib tushishi bilan boshlanadi. Bu bosqichda sotishning asta- sekin o‘sishi kuzatilsada, tovarni tarqatish xarajatlari ko‘pligi tufayli foyda hali hosil bo‘lmaydi. Bu yerda marketingning maqsadi aniq, ya’ni yangi tovar uchun bozorni yaratishdan iborat (ayniqsa, agar bu mutlaq yangi tovar va unga ehtiyoj hali bozorda namoyon bo‘lmasa). Bu bosqichda raqobatchilar deyarli yo‘q yoki ular juda kam sonni tashkil etadi. Bu bosqichda deyarli shular novatorlar bo‘lganligi uchun dastlab reklama aynan iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Bu bosqichda marketingning asosiy vazifasi birlamchi talabni tez shakllantirish va potensial xaridorlarni haqiqiy xaridorlarga aylan- tirishdan iborat. Shuningdek, bu bosqichda sotishni rag‘batlantirish, reklamani tashkil etish va tovarni taqsimlashning ishonchli kanallarini shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


    Download 2,06 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   202




    Download 2,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing

    Download 2,06 Mb.