• MASALALAR, TOPSHIRIQLAR VA MUAMMOLI VAZIYATLAR
  • Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing




    Download 2,06 Mb.
    bet168/202
    Sana19.12.2023
    Hajmi2,06 Mb.
    #123817
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   202
    Bog'liq
    marketing

    Nazorat uchun savollar





    1. Reklama nima?

    2. Marketing kommunikatsiya vositalaridan qaysi biri samarali hi- soblanadi?

    3. Marketing kommunikatsiyalariga nimalar kiradi?

    4. Reklama vositalariga nimalar kiradi?

    5. “Reklama to‘g‘risidagi” qonun qachon qabul qilingan va nechta moddadan iborat?

    6. Sotishni rag‘batlantirish deganda nimani tushunasiz?

    7. Sotuvchilarni rag‘batlantirish usullarini ayting.

    8. Iste’molchilarni rag‘batlantirishning asosiy usullarini ayting.


    MASALALAR, TOPSHIRIQLAR VA MUAMMOLI VAZIYATLAR




    Vaziyatli topshiriqlar 1-masala
    Dunyoda ustara (britva) dan foydalanuvchilar soni olti yuz million erkak va to‘rt yuz million ayoldan iborat, deb belgilash mumkin. Erkaklar bir yilda o‘rtacha 12 ta (oyiga bitta) ustaradan foydalanadilar. Ularning har birining narxi 50 sent. Ayollar yiliga taxminan 10 ta ustaradan foydalanishadi va ularning xarajati erkaklardan taxminan 40 sentga kam. Ustaradan foydalanuvchilarning jahon bozori hajmini jismoniy (necha kishi) va moddiy (qiymat) shaklda aniqlang.


              1. masala


    Rossiya bozorlarida 2009 – yilda 31,7 million dona mobil telefonlar sotildi shundan Nokia – 8,5 mln., Samsung-7,3mln., Motorola-4.7mln., Benq-siemens-3,8 mln. Sony Ericsson-3,6 mln. Boshqa kompaniyalar 3,8 mln telefon sotishdi. Har bir bozor qatnashchisining hissasi ulushini hisoblab chiqing. Mobil telefonlar bozoridagi raqobat holatini baholang.




              1. masala


    Dunyoda birinchi bo‘lib issiq pitsalarni uyga yetkazib berish g‘oyasi bilan chiqqan «Domino» firmasi endigina ochilgan davrda haftasiga bor- yo‘g‘i 15 dollar daromad olgan xolos. Bu firma o‘z qarzlaridan 10 yil davomida qutula olmagan. Lekin, keyinchalik, bu firma yuzlab shaxob- chalarga ega bo‘lgan, aylanma kapitali 2 millard dollardan oshib ketgan yirik kompaniyaga aylangan. Bu firma faoliyatining boshlang‘ich davrida muvaffaqiyatga uchray olmaganligining asosiy sababi nimada edi, deb hisoblaysiz? Bu kompaniyaning keyinchalik muvaffaqiyat qozonishiga nimalar sabab bo‘ldi?



              1. Download 2,06 Mb.
    1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   202




    Download 2,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing

    Download 2,06 Mb.