• Sof monopoliya Bozorda tovar sotadigan bitta sotuvchi ishtirok etadi
  • Monopoliya.
  • Oligopoliya
  • Bozordagi raqobatli vaziyat turlari




    Download 2,06 Mb.
    bet54/202
    Sana19.12.2023
    Hajmi2,06 Mb.
    #123817
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   202
    Bog'liq
    marketing

    Bozordagi raqobatli vaziyat turlari



    Sof monopoliya

    Bozorda tovar sotadigan bitta sotuvchi ishtirok etadi

    Oligopoliya

    Tarmoqda hukmronligi

    bir

    nechta

    yirik

    kompaniyalarning

    Monopolistik raqobat

    Farqlanuvchi takliflar bilan chiquvchi ko‘p sonli raqobatchilar (differensiyalangan tovar, turlicha namoyish qilish)

    Sof raqobat

    Bir turdagi tovarlarni taklif qiluvchi (differensiya- lanmagan) ko‘p sonli raqobatchilar

    Raqobatli vaziyatning har biri marketing faoliyatiga o‘z cheklash- larini kiritadigan to‘rtta asosiy turini ajratish qabul qilingan. Marketolog uchun bozordagi raqobatli vaziyatni bilish shuning uchun muhimki, shu yo‘l bilan u samarali tovar, narx, sotish (o‘tkazish) va kommunikatsion siyosatni ishlab chiqadi.


    Monopoliya. Monopoliya sharoitida firma orttirilgan bozorga oid kuchga ega bo‘ladi. Qisqa muddatli monopoliya vaziyatida kompaniya- lar ularning bevosita raqobatchilari bo‘lmasa, yangi tovarni bozorga olib chiqishda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Monopoliyada bozorda bittagina ishlab chiqaruvchi ustunlik qiladi va u xaridorlarning katta qismiga xizmat ko‘rsatadi. Natijada uning tovari qisqa muddat davomida bevosita raqobatchilarga ega bo‘lmaydi. Bu – novatorning monopoliya- sidir. Bunday vaziyat hayot siklining tovarning bozorga kirib kelishiga to‘g‘ri keladigan bosqichiga, endi vujudga kelayotgan, texnologik innovatsiyalar bilan tavsiflanadigan sektorlarga to‘g‘ri keladi.
    Monopoliya vaziyatida firmaning bozordagi mavqeyi juda yuqori bo‘ladi. Biroq unga bozorning o‘sib borayotgan potensialini va yuqori daromadlarini qo‘lga kiritishga intilayotgan yangi firmalar tahdid sola boshlaydi. Natijada monopoliyaning kutilayotgan muddati muhim omilga aylanadi, bu omil innovatsiyaning miqyosiga va yangi raqobatchilar uchun kirish to‘siqlarining yuqoriligiga bog‘liq bo‘ladi.
    Oligopoliya – bu raqobatchilar soni kam yoki bozorda bir necha firmalar o‘zaro kuchli bog‘liqlikni yaratib hukmronlik qilish holatidir. Bunday bozorda har bir firma amal qilayotgan kuchlar bilan yaxshi tanish va istalgan raqobatchining qiyofasini qolgan firmalar his etadi. Strategik qiyofaning natijasi unga raqobatchilar ta’sir ko‘rsatishi yoki ko‘rsatmasligiga kuchli bog‘liq.
    Oligopoliya vaziyati eng ko‘p standartlashtirilgan va differensial- langan mahsulotlar bozorida uchraydi. Qoidaga ko‘ra ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar (xomashyo, materiallar, mashinalar, asbob- uskunalar) standartlashtirilgan, iste’mol tovarlari esa differensiallan- gandir. Raqobatchilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ularning tovarlari qanchalik kam differensiyalangan bo‘lsa, shunchalik kuchlidir. Oligopoliya vaziyati ko‘proq tovarlar bozori yetilish darajasida bo‘lga- nida uchraydi, bunda birlamchi talab kengaytirilib bo‘lmaydigan hisoblanadi.

    Download 2,06 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   202




    Download 2,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bozordagi raqobatli vaziyat turlari

    Download 2,06 Mb.