• 2. MUSTAQIL ISHNI BAJARISH USULLARI BOʻYICHA KOʻRSATMALAR 2.1. Referat tayyorlash Referat tayyorlash boʻyicha uslubiy tavsiyalar.
  • Talabalarning auditoriyadan tashqari bajargan mustaqil ta’limi natijalarini baholash mezonlari




    Download 98.86 Kb.
    bet3/17
    Sana03.11.2022
    Hajmi98.86 Kb.
    #28910
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    ИИКТ-Мустакил ишларни тайёрлаш учун қўлланма
    1 (3), 1 topshiriq, rasmiy ish qog\'ozi, 011. II kurs 2 semestr 011 11-Silinder va konusning yon va to’la sirti hisoblash, hujjatlashtirish va invertaziyatsiya, Biznes va texnologiya (1), Tadbirkorlik va kichik biznes boshqaruvi, 1-variant
    1.2. Talabalarning auditoriyadan tashqari bajargan mustaqil ta’limi natijalarini baholash mezonlari:

    • mavzuni rejalashtirishda toʻg’ri yondashilganligi;

    • talabaning oʻquv materialini oʻzlashtirganlik darajasi;

    • talabaning nazariy bilimlarni amaliy mashg’ulotlarni bajarishga qoʻllash koʻnikmasi;

    • umumi oʻquv koʻnikmalarini shakllanganligi;

    • javoblarni asoslangan va tushunarli izohlab berishi;

    • materialni talablarga asosan rasmiylashtirilganligi;

    • mavzunin dolzarbligini izohlashi;

    • matn tarkibini mavzu mazmuniga mos kelishi;

    • mustaqil holda olgan ma’lumotlarga ishlov berish koʻlami, maqsadga yoʻnaltirilganligi va mazmundorligi;

    • manbaalardan foydalanish malakasi va toʻliqligi;

    • turli koʻrgazmali vosita va chizmalarning mavjudligi.



    2. MUSTAQIL ISHNI BAJARISH USULLARI BOʻYICHA KOʻRSATMALAR
    2.1. Referat tayyorlash
    Referat tayyorlash boʻyicha uslubiy tavsiyalar. Talaba belgilangan mavzu boʻyicha referat ko‘rinishidagi mustaqil ish mavzusini bajaradi. Bunda turli – darslik va o‘quv qo‘llama, monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona manbaalaridan foydalanib mavzu yuzasidan materiallar yig’adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu boʻyicha referatni shakllantiradi. Zarur hollarda oʻqituvchidan maslahat va koʻrsatmalar oladi.
    Yakunlangan referat himoya qilinadi.
    Referat koʻrinishidagi auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim talaba tomonidan mustaqil individual bajarilgan ish hisoblanadi.
    Odatda, referat quyidagi tarkibiy elementlardan tashkil topadi:

    1. titul varog’i;

    2. mundarija;

    3. kirish;

    4. asosiy qism;

    5. xulosa;

    6. Mavzu bo’yicha test savollari;

    7. foydalanilgan manbaalar roʻyxati;

    8. ilovalar (zarur boʻlganda).

    Bosma varoqdagi referatning namunaviy hajmi jadvalda keltirilgan.
    Referat tarkibiy qismlarining tavsiya etilayotgan hajmi:

    Referat qismlarining nomlanishi

    Varoqlar soni

    Titul varog’i

    1

    Mundarija (betlar raqami koʻrsatiladi)

    1

    Kirish

    1,5-2

    Asosiy qismi

    10-18

    Xulosa

    1-2

    Test savollari

    15-20 dona

    Foydalanilgan manbaalar roʻyxati

    1-2

    Ilovalar

    xohlagancha

    Mundarijada referatning tuzilmaviy qismlarining, asosiy qismidagi bob, boʻlimlar nomi va boshlanadigan betlar tartib raqami koʻrsatilgan holda keltiriladi.
    Kirish qismida mavzuning umumiy tavsiflari koʻrsatiladi;

    • tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslanadi;

    • maqsadga erishish uchun echilishi kerak boʻlgan maqsad va vazifalari aniqlanadi.;

    • tadqiqot ob’ekti va predmeti, axborot bazasi yoritiladi;

    • mavzuning tuzilish boblari (reja) boʻyicha qisqacha tavsiflar beriladi.

    Asosiy qism mavzuni bajarish jarayonida qoʻyilgan maqsad va masalalarga erishishda zarur boʻlgan materiallarni oʻz ichiga oladi. Asosiy qism bir nechta paragraf yoki 2-3 bobdan iborat boʻlib, oʻz navbatida bu boblarning har biri 2-3 boʻlimga ajratiladi (1-jadval).
    1-jadval.
    Mavzuni rejalashtirish tuzilishi

    Oddiy koʻrinishdagi reja tuzilishi

    Murakkab koʻrinishdagi reja tuzilishi

    1.
    2.
    3
    .
    .
    .
    Xulosa
    Test savollari
    Foydalanilgan manbaalar
    Ilovalar

    Kirish
    1.
    1.1.
    1.2.
    1.3.
    1.4.
    2.
    3.
    4.
    5.
    .
    .
    Xulosa
    Foydalanilgan manbaalar
    Ilovalar

    Asosiy qismda keltirilgan matn mazmuni loyiha mavzusiga aniq mos kelishi va uni toʻliq qamrab olishi kerak. Mavzuning bob va paragraflari kirish qismida koʻrsatilgan masalalarni echishni izohlashni qamrab olishi kerak. Mundarijada “Asosiy qism” degan nomlanish kiritilmaydi.
    Asosiy qism boblari nazariy, uslubiy va analitik tavsifga ham ega boʻlishi mumkin.
    Boblar oʻrtasida mantiqiy bog’liqlik mavjudligi va butun ish davomida asosiy mavzuni rivojlantirib borilganligi, materialni mustaqil bayon etilganligi, xulosalarni argumentlarga asoslanganligi musatqil ta’lim referati uchun majburiy hisoblanadi. Shuningdek, asosiy qismda foydalanilgan manbaaga iqtibos –ilova keltirilganlik maqsadga muvofiq boʻladi.
    Oxirida talabaning mavzuni tayyorlashi natijasida kelgan xulosasi ketma-ketlik asosida beriladi. Xulosada kirish qismida qoʻyilgan barcha masalalar va maqsadga erishish echimlarini qisqacha tavsifi beriladi.
    Foydalanilgan manbaalar roʻyxati ham ishlanmaning asosiy qismi hisoblanadi va koʻrib chiqilgan mavzuning oʻrganilganlik darajasini ifoda etadi. Manbaalar soni talaba tomonidan mustaqil aniqlanadi, referat uchun tavsiya etiladigan soni 10 tadan 20 tagacha. Bunda roʻyxatda oxirgi 5 yilda nashr etilgan yoki Internet tarmog’ida e’lon qilingan manbaalar, shuningdek, hozirgi kunda mavzu yuzasidan munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar oʻrin olishi kerak.
    Ilovalarga asosiy qismga kiritilganda matn hajmini koʻpaytirib yuboradigan yordamchi materiallar (jadvalla, yordamchi ma’lumotlar, koʻrsatmalar, usullar, hujjatlar shakli va shu kabilar) kiritish lozim boʻladi.

    Download 98.86 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 98.86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalarning auditoriyadan tashqari bajargan mustaqil ta’limi natijalarini baholash mezonlari

    Download 98.86 Kb.