Mavzu: Biozararlanish fanining maqsad va vazifalari, dolzarbligi. Biozaralanish, ekologik-texnologik muammo sifatida. Litotrof va Organotrof bakteriyalar va ularning tuzilishi. Reja




Download 0,96 Mb.
bet1/6
Sana13.12.2023
Hajmi0,96 Mb.
#118003
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 ma\'ruza

Mavzu: Biozararlanish fanining maqsad va vazifalari, dolzarbligi. Biozaralanish, ekologik-texnologik muammo sifatida. Litotrof va Organotrof bakteriyalar va ularning tuzilishi.


Biozararlanish – atrof muhitni inson tomonidan unga kiritilgan yangiliklarga javob reaksiyasidir. Biozararlanish bilan bog’liq bo’lgan barcha holatlarda bir tarafdan organizm va atrof muhit boshqa tarafdan inson qo’li bilan yaratilgan bunyodkorlik mahsuli bir-biriga ta’sir qiladi. Bu komponentlarning o’zaro ta’sirini avvalambor ularning xo’jalik faoliyati va inson turmushi nuqtai nazaridan o’rganishda biozararlanish muammosi kompleks ekologik-texnologik yondoshishlarga asoslanadi.
Mashhur olim Van der Kerk biozararlanishga quyidagicha ta’rif beradi: biozararlanish - organizmlar hayot faoliyati tufayli yuzaga kelgan materiallar xususiyatlaridagi o’rinsiz o’zgarishlardir.
Rus olimi G.I.Karavayko bu tushunchani kengaytirib biozararlanish deganda organizmlar faoliyati tufayli materiallar xususiyatlarida sodir bo’ladigan kerakli va keraksiz o’zgarishlarni atashni taklif etgan. Ikkala tushuncha ham organizmlar zararlaydigan ob’ektlarni xilma-xilligini to’liq qamrab ololmaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ekologik-antropogen-texnologik omillarning o’zaro ta’siri asosida biosferani inson faoliyati natijasida kelib chiqqan mahsulot bilan to’ldirishi (ifloslanishi) bilan bog’liq biotsenotik, landshaft-zonal va keng ma’noda biosferik hodisa-biozararlanishdir.
Biozararlanuvchi vaziyat, barcha zarur bo’lgan komponentlar va omillar mavjudligida kelib chiqib, biozararlanish mumkinligini ko’rsatadi. U biozararlanishning eng muhim tushunchalaridan biridir.
Biozararlanish vaziyatini vujudga keltiruvchi eng muhim komponentlar tirik organizmlardir, biozararlantiruvchi vaziyatni yaratadi.
Biozararlanishlarning manbai deb
material
buyum
inshoot
tabiiy homashyolarga hujum qiluvchi va ularning xossalarini inson uchun nomaqbul qiluvchi organizmlarga ataladi.
Bunday organizmlar biozararlanish agentlari yoki zararlantiruvchi organizmlar deb ham yuritiladi.

Download 0,96 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 0,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Biozararlanish fanining maqsad va vazifalari, dolzarbligi. Biozaralanish, ekologik-texnologik muammo sifatida. Litotrof va Organotrof bakteriyalar va ularning tuzilishi. Reja

Download 0,96 Mb.